22
II.BOB. O’ZBEKISTONDA UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMI
2.1. Xalq ta'limi tizimi respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
rivojlantirishda ustuvor soha
Xalq ta'limi tizimi deb muayyan mamlakatlar ichki va tashqi taraqqiyotiga
tavsif beruvchi hamda ma’lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta'Iim-
tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi.
O'zbekistonda Xalq ta'limi tizimi respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy rivojlantirishning ustuvor sohasi hisoblanadi. Xalq ta'limi
tizimi
respublikamizning ilm borasidagi kuch-quvvatini, jamiyat, oila va davlat oldidagi
o'z mas'uliyatini anglaydigan erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko'zlaydi.
Xalq ta'limi tizimi O'zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va
O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risidagi qonunga
muvofiq tashkil etiladi va nazorat qilinadi. Respublikamiz Konstitutsiyasining 18 va
41- moddalarida ko'rsatilganidek, barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini,
ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, bilim
olish huquqiga egadirlar.
Shuningdek, fuqarolarning bepul umumiy ta'lim olishi
davlat tomonidan kafolatlangandir. Bu huquq ilm olishning tekinligi,
yoshlarga
umumiy majburiy o'rta ta'lim berishni amalga oshirishni, o'qitishni hayot, unumli
mehnat bilan bog'lash asosida rivojlantirish negizida izohlanadi.
1991- yilning 31- avgustida respublikamiz hayotida tarixiy voqea yuz berdi:
Istiqlol e'lon qilindi. Shu munosabat bilan jahon
tajribalaridan kelib chiqib, eng
birinchi navbatda, mustaqil respublikamizning xalq ta'limi sohasida islohot o'tkazish
masalasi ko'tarildi. Nihoyat, O'zbekiston Respublikasining „Ta'lim to'g'risida"gi
qonuni ta'Iim tizimining yangilanishiga sabab bo'ldi. Oldingi qabul qilingan
qonunlardan farqli o'laroq, xalq ta'limi tizimi tuzilishida bir qancha yangi qoidalar
joriy etildi va bajarilishi majburiy, deb qayd qilindi.
Uzluksiz
ta'lim
kadrlar
tayyorlash
tizimining
asosi,
O'zbekiston
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va
davlatning
iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini
qondiruvchi ustuvor sohadir.
23
Uzluksiz ta'lim ijodkor,
ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar xam tayyorlanishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratadi.