Pedagogika fakulteti


-  Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish tamoyillari



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix14.06.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#129954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
1-Ma’ruza. Maktabgacha ta’lim-uzluksiz ta’limning alohida turi s

1.3- 
Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish tamoyillari 
Uzluksiz taʼlim - oʻzaro mantiqiy izchillik asosida bogʻlangan hamda 
soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir-birini taqozo etuvchi 
bosqichlardan iborat yaxlit taʼlim tizimi.Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar 
tayyorlash tizimining asosi, taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy 
tamoyillaridan biri. 1997-yil 29 avgustda qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi 
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida 
tamoyil sifatida qayd etilgan. Uzluksiz taʼlim milliy modelning asosiy tarkibiy 
kismlaridan biri (qarang 
Taʼlimning milliy modeli
), Oʻzbekiston Respublikasining 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, 
ijtimoiy, ilmiy texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. 
Uzluksiz taʼlim ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxs shakllanishi va yuqori 
malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. 
Uzluksiz taʼlim tizimining faoliyat olib borishi davlat taʼlim standartlari asosida, 
turli darajalardagi taʼlim dasturlarining izchilligi asosida taʼminlanadi va 
maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy 
taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlimni oʻz ichiga oladi. 
Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish tamoyillari quyidagilardan iborat: 
taʼlimning ustuvorligi — uning rivojlanishining 1darajali ahamiyatga ega ekanligi, 
bilim, taʼlim va yuksak intellektning nufuzi; taʼlimning demokratlashuvi — taʼlim 
va tarbiya uslublarini tanlashda oʻquv yurtlari mustaqilligining kengayishi, taʼlimni 
boshqarishning davlat jamiyat tizimiga oʻtilishi; taʼlimning insonparvarlashuvi — 
inson qobiliyatlarining ochilishi va uning taʼlimga boʻlgan turlituman 
ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining 
taʼminlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit oʻzaro munosabatlarining 
uygʻunlashuvi; taʼlimning ijtimoiylashuvi — taʼlim oluvchilarda estetik boy 
dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni 
shakllantirish; taʼlimning milliy yoʻnaltirilganligi — taʼlimning milliy tarix, xalq 
anʼanalari va urfodatlari bilan uzviy uygʻunligi, Oʻzbekiston xalqlarining 


18 
madaniyatini saklab qolish va boyitish, taʼlimni milliy taraqqiyotning oʻta muhim 
omili sifatida eʼtirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; 
taʼlim va tarbiyaning uzviy bog’likligi, bu jarayonning qar tomonlama kamol topgan 
insonni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga 
taʼlimning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim 
olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. 
Uzluksiz taʼlim taʼlim jarayonida samarali natijalarga erishish uchun asos 
boʻlib xizmat qiladi. 
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang’ich bo’g’ini bo’lib, mazkur 
ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. U 
o’quvchi shaxsini ta’lim olishga tayyorlaydi, har tomonlama kamol topishini, 
o’qishga hissini uyg’otadi va bolani muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. 
Maktabgacha ta’lim haqida so’z borar ekan uning tarixiga alohida to’xtalib o’tamiz. 
Dastavval bolalar bog’chasi 60 – yillarda Rossiyada ochilishni boshladi. Bu 
davrdagi bog’chalarning asosiy vazifasi ta’lim va tarbiya emas, balki bolalarni bir 
joyda qarovda saqlab turish bo’lgan. O’zbekistonda maktabgacha ta’limning yuzaga 
kelishi o’tgan asrning 10 - 20 – yillariga to’g’ri keladi. Bu davrda Turkistonda 
xususiy bolalar bog’chalaridan tashqari boshqa maktabgacha tarbiya muassasalari 
bo’lmagan. Biroq 1919 – yilda davlatdagi siyosiy va iqtisodiy holat munosabati 
bilan o’sib kelayotgan avlod sog’lig’ini saqlash, oziq –ovqat bilan ta’minlash 
masalalari bilan shug’ullanuvchi “ Bog’chalarni himoyalash” kengashi tuzilgan. Bu 
ish qaysidir ma’noda aholining maktabgacha ta’lim muassasalariga bo’lgan 
talabning oshishiga va bu sohaning rivojlanishiga turtki bo’lgan. Ammo shunga 
qaramay bu davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmoqlarining kamligi, yetuk 
kadrlarning yetishmasligi, bolalarga ta’lim tarbiya berish sifati va bolalar qamrov 
darajasining pastligi asosiy muammolardan biri bo’lib qolavergan. Hozirgi kunda 
O’zbekistonda balki, boshqa ko’plab davlatlarda maktabgacha ta’lim bo’yicha 
samarali islohotlar olib borilmoqda. Izchil islohotlarning natijasi sifatida yurtimizda 
ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-
son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish 


19 
to‘g‘risida”gi Qarori imzolandi va maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining 
ajralmas bo’lagiga aylanganligi, ta’lim xizmatlarini yaratish orqali sifat darajasini 
oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi buning yorqin dalilidir. Bugungi kunda 
ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson hayoti davomida oladigan barcha 
ma’lumotlarning 70% ni besh yoshgacha bo’lgan davrda olishi aniqlangan. Shuning 
uchun ham maktabgacha ta’lim sohasida ta’lim va ilm fan ustuvorligini e’tirof etgan 
holda ta’limning sifati va erkinligini ta’minlash, davlat boshqaruvining samarali 
tizimini yaratish bo’yicha tizimli va keng doiradagi chora tadbirlarni amalga 
oshirmoqda. Jumladan: maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini oshirish, hozirgi 
62%dan kamida 80%ga yetkazish; 2022 – 2023 – yillarda olti yoshli bolalarni 
maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90% ga, 2024 -2025 – 
yillar o’quv yili yakuniga qadar 100% ga yetkazish; Maktabgacha ta’lim tizimiga 
xususiy sektor mablag’larini jalb qilish orqali 7000 dan ziyod yangi nodavlat 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish; Maktabgacha ta’lim tashkilot 
xodimlarining prosessional tayyorgarligi va mohoratini oshirib borishning 
takomillashtirilgan tizimini joriy etish; 2022 – 2026 – yillarda 160 mingdan ziyod 
pedagog kadrlar malakasini oshirish. Maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonlarining 
ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish kabi vazifalar keyingi yillar 
uchun asosiy vazifalar qilib belgilanib olindi. Mamlakatimizda 3 – 7 yoshdagi 
bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng ko’lamli 
ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yillar hisobiga nazar tashlasak 2017 – yilda 
27,7% tashkil etsa bu ko’rsatkich 2021 – yilga kelib 67,2% ni tashkil etgan. Bu 
albatta katta ko’rsatkich. Muhim o’zgarishlardan yana biri shundaki, davlat xususiy 
sheriklik doirasida oilaviy bog’chalar shaklida o’qitishning muqobil modeli amalga 
oshirildi. Butun respublika bo’ylab maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qisqa 
muddatli ya’ni, to’liq kunli bo’lmagan guruhlar kabi ta’limning muqobil shakllari 
joriy etilmoqda.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin