31
Vazirlik bilan birgalikda belgilangan tartibda maktabgacha ta’lim
muassasalarining O‘zbekiston Respublikasi
Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan keng polosali
internet tarmog‘idan foydalanishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar:
xorijiy sheriklar bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida
ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsion o‘qitish usullarini joriy etish hamda
maktabgacha ta’lim muassasalari
faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan,
maktabgacha ta’lim sohasida korxonalar tashkil qilish uchun olib kiriladigan
tovarlar;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Markaz,
Injiniring
kompaniyasi va Institut tomonidan olib kiriladigan maxsus texnika, uskunalar, shu
jumladan, asboblar, ehtiyot va butlovchi qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy
mahsulotlar belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha 2022-
yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod
etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, yuqorida ko‘rsatilgan
tovarlardan maqsadsiz
foydalanilgan taqdirda bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan to‘lanmagan
bojxona to‘lovlari summasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti foydasiga
undiriladi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda moliyaviy sanksiyalar
qo‘llaniladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi:
2019-yil 1-yanvardan Toshkent shahrining uchta tumanida jon boshiga
normativ moliyalashtirishning sinov rejimida
joriy etilishini;
2019-yil 15-iyulgacha bo‘lgan muddatda sinov tariqasidagi jon boshiga
normativ moliyalashtirish natijalarining batafsil tahlil qilinishini;
32
2019-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga o‘tkazilgan tahlil natijalarini hisobga olgan holda maktabgacha ta’lim
tizimida moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar
kiritilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi,
Vazirlik hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri
hokimliklari bilan birgalikda 2018-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda qishloq
joylarda bir nechta ko‘p qavatli turarjoy uylari yoki uylar guruhlaridan iborat yangi
majmualarni loyihalashtirish normativlari va tartibini ishlab chiqsin hamda ko‘p
qavatli turarjoy uylarining birinchi qavatlarida yoki alohida bino ko‘rinishida
maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lishini nazarda tutsin.
Dostları ilə paylaş: