Pedagogika instituti maktab menejmenti kafedrasi maktabgacha ta


Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə18/73
tarix03.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#151603
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73
maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal

2. Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni

Bolalar bog‘chasida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish ma’lum maqsadga qaratilgan jarayon bo‘lib, uning vazifasi, mazmuni va metodi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyotini hamda ularning o‘ziga xos tomonlarini e’tiborga olgan holda tarbiyalashdir. Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab bo‘lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to‘g‘risidagi bilimlarni, ta’lim-tarbiya dasturini, ta’lim va tarbiyaning usullarini bilishni taqozo etadi.


Reja tarbiyachiga yil bo‘yi amalga oshiradigan ta’lim-tarbiya ishlarini bir tekisda taqsimlab, ma’lum izchillik bilan amalga oshirishga yordam beradi. Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rish usullarini yaxshilab o‘ylab olish, kerakli material va jihozlami tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi lozim. Shu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo’lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o‘zgartirishiar kiritish mumkin.
Shuning uchun bolalar bog’chasida bir-birini to’ldiradigan bir necha xil reja tuziladi: bolalar bog‘chasining yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachining pedagog rejasi.
Yillik reja, asosan, bog‘cha mudirasi, metodist-tarbiyachi tomonidan tuzilib, bolalar bog‘chasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni o‘z ichiga oladi.
Istiqbol rejasi — 1—3 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib boriladigan ta’limtarbiya ishlarini tartibga solish va uning ma’lum maqsadga qaratilgan va samarali boMishini ta’minlashdir. Unda «Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi»ning hamma bo‘limlari o‘z aksini topadi.
Istiqbol rejasida dasturning hamma bo’lumlari bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ta’lim-tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida aniq mavzular bo‘yicha belgilab chiqiladi.
Kalendar reja 10—12 kunga tuziladi. U kun davomida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlari mazmunini aks ettiradi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha tarbiya muassasasining ish sharoiti hisobga olinadi.
Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasawurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa, buyumlar to‘g‘risida umumlashgan bilimlarni shakillantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o‘stirish, axloqiy ongni shakillantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi. Bolalar bog’chasida tarbiya dasturini yaxshi bilish pedagog rejani muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir.
Pedagog va ruhshunos olimlarning olib pedagog ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari bolalarning malaka va ko‘nikmalarni egallashi ma’lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko’rsatdi. Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo‘ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog‘I zarur. Tarbiyachi o‘zi ishlayotgan guruh, shuningdek, o’zidan oldingi va edago guruhlar dasturi talablari hamda mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo‘limida bolalarni hayvonlar, o‘simliklar va shunga o‘xshashlar tog’risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.
O‘rta guruhda dastur bo’yicha bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va narsa-buyumlarga, voqea-hodisalarga nisbatan qiziqishni o‘stirish va shu asosda eng oddiy tasawur-tushunchalar hosil qilish, eng muhimi esa kuzatuvchanlikni, narsa-buyumlar, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog’liqlikni topa bilishga o‘rgatish bosh vazifa hisoblanadi. Katta va tayyorlov guruhi bolalarini narsa-buyumlar, voqea-hodisalar to‘g‘risidagi haqiqiy tasawur va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan bog‘liq ekanligini shakllantirish dasturning muhim vazifasidir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi bilishning o‘zi yetarli emas, shu bilan birga, har bir bola shaxsini rivojlantirish yo‘llarini yaxshi bilish, bolaning bilim, malaka va ko‘nikmalami egallab olish qobiliyati har xilligini ham e’tiborga olish kerak.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati — uning metodik qo‘llanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga o‘xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir.
Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikki tarbiyachi birgalashib, bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqt-vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. Kalendar reja bir-ikki haftaga tuziladi va tarbiyachining maxsus hujjati hisoblanadi.
Dasturga muvofiq hamma ta’lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha turlari: o‘yin, mehnat, maishiy faoUyat va mashg‘ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining jami turlarida aks ettiriladi. Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi. Bolalarning o‘yini ham, mehnat mashg’uloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi edagogi rejasidan o‘rin olishi lozim. Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib shakillanishi qay darajada borayotganligiga qarab baholanadi.
Ertalabki soatlarni rejalashtirish. Ertalabki soatlarga quyidagilar rejalashtiriladi:
1. Bolalarning og‘zaki nutqini tuzatish va rivojlantirish:
a)kitoblar, o’yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday o’tkazgani, uning oila a’zolari: ota-onasi, opa-singlisi, aka-ukasi va shunga o‘xshashlar to‘g‘risida jamoa tarzida va yakka tartibda suhbatlar o’tkazish;
b) albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, otkritkalar, rassomlarning yangi asarlarini ko‘rish;
d) she’rlarni takrorlash;
e) to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish, nutqning pedagogik tuzilishini shakillantiruvchi didiktik o’yinlar;
f) tovushlarni to‘g‘rilash bo‘yicha yakka tartibda shug‘ullanish.
2. Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan tanishtirish bo‘yicha didaktik o‘yinlarni rejalashtirish (kichik va o‘rta guruhlarda).
3. Bolalar xohlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalarning mustaqil rivojlanishi uchun plastilin, bo‘yoqlar, qalamlar, bo‘yashlari uchun rasmM kitobchalar va o‘zlarining chizgan rasmlari beriladi.
4. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o‘yinchoqlari, kiyimlar, kashtalar, idish-tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy kiyimdagi qo‘g‘irchoqlar beriladi.
5. Bolalarni madaniy-gigiyenik malakalarga o‘gratish bo’yicha yakka tartibdagi ishlar rejalashtiriladi, masalan, kichkina guruhda dastro‘molchadan foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha didaktik o‘yin o‘tkaziladi.
6. Koptokni dumalatish, gardishni aylantirish, tirmashib chiqish, sirpanib yurish kabi asosiy harakatlarni rivojlantiruvchi ishlar rejalashtiriladi.
7. Ashula va raqsning ayrim qismlarini takrorlash rejalashtiriladi.
8. Bolalarning о‘yin faoliyati rejalashtiriladi:
a) qurilish о‘yinlari: rol, sujet bilan bog’liq qurilish o‘yinlari rejalashtiriladi;
b) sujetli-rolli o‘yinlar, turmushni aks ettiruvchi va boshqa shunga o‘xshash o‘yinlar rejalashtiriladi;
d) stol usti bosma didaktik o‘yinlari, so‘zli buyumlar bilan o‘ynaladigan didaktik o‘yinlar, ermak o’yinlar, jo’rovoz o‘yinlar, xalq didaktik o‘yinlari rejalashtiriladi. Bolalarning sezgisini, idrokini, tovushlarni idrok etishini, rang, vaqt, didni, nutqni o‘stiruvchi islilar rejalashtiriladi. Dramalashtirish va sport o‘yinlari ham rejalashtiriladi.
9. Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat (ko‘chat o‘tqazish, suv sepish, o‘simlik, hayvonlarni parvarish qilish va shu kabilar);
b) xo‘jalik maishiy mehnat (idishlarni yuvish, xonani yig‘ishtirish, kitoblarni yopishtirish-yelimlash, o‘simliklar bargini artish);
d) qo‘l mehnati (tabiiy materiallar, daraxtlar mevasi, somonchalar, lattalar qiyqimi, yog‘och va kartondan har xil buyumlar yasash).
Har bir yosh guruhida mehnatning qaysi turi o ‘tkazilishi dasturda ko‘rsatilgan. Ertalab 2—3 xil faoliyat rejalashtiriladi. Ertalabki soatlarni rejalshtirishda shu kungi o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar e’tiborga olinadi. Mashg‘ulotda biror narsa o‘qib berish rejalashtirilgan bo‘lsa, ertalabki soatda rasm ko‘rish, onasi to‘g‘risida so‘zlab berish, o‘qish rejalashtirilmaydi, shu kungi ertalabki soatga mehnat, kattalik, shakl bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat rejalshtiriladi.
Tarbiyachi har xil mashg‘ulotlarni rejalashtiradi: bolalarga yangi bilim beruvchi mashg‘ulotlar ularning olgan bilimlarini, orttirgan tajribalarini mustahkamlovchi va tartibga soluvchi mashg‘ulotlar, kompleks mashg‘ulotlar va hisobot-nazorat (tekshiruv) mashg‘ulotlari bo‘ladi. Tarbiyachi o‘zining pedagog rejasiga mashg‘ulotning nomi va dastur mazmunini yozib qo’yadi. Dastur mazmuniga mashg‘ulotning ta’lim-tarbiyaviy vazifalari va bolalar egallab olishlari, aniqlash va mustahkamlash kerak bo‘lgan bilim, malaka, ko‘nikmalar ham yoziladi.
Mashg‘ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma’lum hajmdagi bilimlarni egallash va kengaytirish imkoniyatini yaratibgina qolmay, shu bilan birga ularning bilimlarini aniqlash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo‘llash imkonini beradi. Bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarning hajmi mashg‘ulotdan mashg‘ulotga kengaytirib, murakkablashtirib boriladi. Masalan, tarbiyachi birinchi mashg‘ulotda bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtiradi, bolalar ularni kuzatishadi, nomini aytishga o ‘rganadi. Keyingi mashg‘ulotda esa bilimlar mustahkamlanib, hayvonlarni kuzatish jarayonida yangi bilimlar hosil bo‘ladi. Bolalar bu hayvonlarning foydali belgilarini, xattiharakatlarini kuzatishsa, kelgusi mashg‘ulotda bolalar uy hayvonini odamlar qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar o‘z «minnatdorchiligini» qanday bildirishi to‘g‘risida gap boradi.
Dastur materillarini o‘rganish mashg‘ulotdan mashg‘ulotga mana shu izchillik bilan amalga oshirib boriladi.
Bolalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari aksariyat hollarda tarbiyachining qo‘llagan usullariga, shart-sharoitga bog’liq bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarning yosh xususiyati, asosan, ko‘rgazmali metoddan: kuzatish, namoyish qilish; so‘z metodi: hikoya, suhbat tushuntirish; amaliymetod: mashq, o‘yindan foydalanishni taqozo etadi.
Наг bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan yagona yo‘l bo‘lib, usullar yig‘indisidan tashkil topadi. Hamma usullarni shartli ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin: ko’rgazmali (ko‘rsatish), og‘zaki (savol, solishtirish, she’r aytish, topishmoqdan foydalanish), amaliy (topshiriq, o‘yin, vaziyat usullari va boshq.).
Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita metodlardan ham foydalaniladi (eslatish, maslahat, tanbeh berish, tuzatish). Ko‘p hollarda metod va usullardan kompleks tarzda foydalaniladi. Mashg‘ulot vaqtida beriladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni bolalar yaxshi o‘zlashtirib olishlari ularning hissiy holatini ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
Tarbiyachi o’zining pedagog rejasida mashg‘ulotda foydalaniladigan usulnigina yozib qolmasdan, shu bilan birga uning mazmunini ham ochib yozishi kerak. Bolalarga beriladigan savollar qanday izchillikda berilsa, shunday yozib qo‘yish zarur. Agar tarbiyachi mashg‘ilotda topishmoq yoki she’rdan parcha keltirmoqchi bo‘lsa, uning mazmunini yozib qo‘ygan ma’qul. Solishtirishga o‘rgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan, qanday savollardan foydalanish lozimligi ham yoziladi.
Tarbiyachining mashg‘ulotni rejalashtirishdagi ba’zi bir usullarini ko‘rib chiqamiz. Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rganda, albatta, yosh bolaning tafakkuri ko‘rgazmali-obrazli bo‘lishini e’tiborga oladi va, asosan, mashg‘ulotda ko‘rgazmali metodlarni rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida kuzatilayotgan obyektni bolaning hissiy idrok qilishini ta’minlaydi. Narsa va buyumlarni namoyish etish ham shunday ahamiyat kasb etadi. Ko‘p mashg‘ulotlarda, ayniqsa, nutqni o‘stirish mashg’ulotida tarbiyachining hikoyasidan foydalaniladi. Bu bolalarga tanish bo‘lgan badiiy asardan, tevarak-atrofdagi hayotdan olingan voqea-hodisalarni tarbiyachi his-hayajon bilan jonli, obrazli qilib bayon etishidir.
Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga awal egallagan bilimlari bilan yangisini bog‘lash imkonini yaratadi, shuningdek, yangi bilimlarni o‘zlashtirib olishlarini yengillashtiradi. Tarbiyachi mashg‘ulotlarida foydalanadigan so‘zli metodda uning ko‘pchiligini savollar tashkil etadi. Savollarni bolalarning bilish jarayonlari: sezgi, idrok, tafakkumi faollashtiradigan qilib tuzish kerak. Savollar bolalardan aqliy zo‘r berishga, sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan bo‘lishi zarur. («Sen qanday bilib olding?», «Nima uchun sen shunday deb o‘ylaysan?», «Sizlar qanday o‘ylaysizlar?», «Nodira to‘g‘ri gapirdimi?», «Nima uchun buni eman daraxti deb o‘ylaysiz?», «Nima uchun daraxtlar hozir barg yozgan» va h.k.). Bunday savollar bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatadi.
Mashg’ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham bolaning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilimlarni egallab olishlarini yengillashtiradi, ularning fahm-farosatli, mustaqil fikrlaydigan bo‘lishiga yordam beradi.
Mashg‘ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning bebaho aqliy xazinasi bo‘lib, u buyumlarni yaxshiroq o’rganish va tushunishga yordam beradi. Imkoni boricha har bir mashg’ulotda obyektning o‘xshash va o‘xshamasligini solishtirish usulidan foydalanish kerak, ayniqsa, ikki va undan ko‘p buyumni bir-biri bilan solishtirish bolalarning fikrlash doirasini faollashtirishda yaxshi natija beradi. Tarbiyachi kichik guruhdayoq solishtirish usullaridan foydalanadi. Bunda buyumlarning farqi ko‘zga yaxshi tashlanadigan bo’lishi kerak. Bular buyumlar va ular qismining katta-kichikligi, shakli, tuzilishi, rangi, tovushi, hidi va h.k.lardir.
Kichik guruhlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan ko‘p bo‘lmaydi. Tarbiyachi solishtirishni qanday izchillikda olib borishni o‘zining edagogi rejasida yozib qo‘yadi. o‘rta guruhlarda solishtirishga moMjallangan buyumlardagi belgilar soni ko‘payadi va bolalardan buyumlarni kuzatib, ulardagi belgilarni ma’lum izchillikda bayon qilish talab etiladi.
Katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalardan faqat ular ko‘rib turgan buyumlarning belgilarini so‘rash bilan chegaralanib qolmay, ularni solishtirishda tasawurlaridan foydalanish ham talab etiladi. Solishtirishning bu murakkab shakli — bolalarning yoshiga mos bo‘lib, ularning aqliy rivojlanib borishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachi mashg‘ulotlarda o‘yin usulidan keng foydalanadi. O‘yin usuli mashg‘ulotning qiziqarliroq, jozibaliroq, o‘tishini ta’minlaydi, mashg‘ulot jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bola osonlik bilan yengadi.
Mashg‘ulot rejasida bolalarning xulq-atvori, qiziqishi, rivojlanish darajasiga qarab, yakka tartibdagi ishlar ham rejalashtiriladi. Umumiy rivojlanish biroz orqada qolayotgan, diqqati tarqoq, o‘ziga ishonchi yo‘q yoki o‘zi to‘g‘risida yuqori flkrli bolalarga ko‘proq e’tibor berish kerak.
Shunday qilib pedagog rejaga mashg‘ulotning dastur mazmuni, metodik usul unga kerakli ko‘rgazma va tarqatma materiallar, bolalar bilan individual ishlash rejalashtiriladi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin