Pedagogika instituti maktab menejmenti kafedrasi maktabgacha ta


Maktabgacha ta'limning ustuvor vazifalari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə3/73
tarix03.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#151603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal

2. Maktabgacha ta'limning ustuvor vazifalari

Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida hamda oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro


fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta'limni rivojiantirish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish zarur:
- yuqori malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni tayyorlash;
- maktabgacha ta'limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
- bolalarni oilada tarbiyalashning tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy zamonaviy o'quv-uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar, o'yinchoqdar va o'yinlar yaratish hamda ularni ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish;
- bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- maktabgacha ta'lim muassasalarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo'yicha malakali maslahat ko'rsatish imkoniyatini yaratish;
- maktabgacha ta'lim va sog'lomlashtirish muassasalari tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va rivojiantirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.


Maktabgacha ta’limni tashkil etish va RTM fanining vazifalari:
- Bo‘lajak mudira oldiga qo‘yiladigan maqsad va vazifalar O‘zbekiston istiqboli va istiqloli uchun barkamol avlodni tarbiyalashning dastabki bosqichi:
- maktabgacha ta’limda boshqaruvning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, ta’limiy-tarbiyaviy jihatlarini topishi, hamda kasbiga bo‘lgan munosabatni tarbiyalash. Mudira va uslubchining kasbiy xususiyati va unga qo‘yilgan talablar:
- maktabgacha ta’limni tashkil etish va boshqarishning nazariy asoslari bilan qurollantiradi. Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish qonuniyatlari bilan tanishtiradi.
- maktabgacha ta’limda ish hujjatlari bilan ish olib borish, bu faoliyat jarayonida mudira va uslubchining vazifalari o`rganiladi.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin