2. Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining asosiy bo`g`ini
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari Uzluksiz ta'lim - yuksak malakali kadrlar tayyorlashning asosini tashkil etib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish mazmun-mohiyatini ifoda etadi.
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
ta'limning ustuvorligi - mazkur sohani izchil va uzluksiz rivojlantirish, bilim, aql-zakovat va yuksak intellektning nufuzi ustuvor ahamiyatga ega ekani;
ta'limning demokratlashuvi - ta'lim-tarbiya texnologiyalari, uslub va tamoyillarini belgilash va qo'llashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlatjamiyat tizimining joriy etilishi;
ta'limning insonparvarlashuvi - bola manfaatlari, huquq va erkinliklarini kafolatlash, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish va rivojiantirish, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligini, insonning jamiyat va atrof-muhit bilan o'zaro munosabatlari uyg'unligini ta'minlash;
ta'limning ijtimoiylashuvi - ta'lim oluvchilar dunyoqarashini shakllantirish va yuksaltirish, ularda erkin, mustaqil va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini qaror toptirish;
ta'limning milliylashuvi - ta'limning tariximiz, milliy an’ana va urf-odatlar bilan uzviy bog'liqligi, O'zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha xalqlar tarixi va madaniy qadriyatlarini saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning eng muhim omili sifatida e'tirof etish;
ta'lim-tarbiyaning uzviy bog'liqligi - bu jarayonning har tomonlama barkamol insonni shakllantirishga yo'naltirilgani;
iqtidorliyoshlarni aniqlash - yoshligidanoq har bir bolaning qobiliyati va qiziqishlarini e'tiborga olib, asta-sekin muayyan sohaga yo'naltirib borish, mukammal bilim olishi uchun zarur shart-sharoit yaratish.