Topshiriqlar
Tushunchalar tavsifi metodi orqali maktabgacha ta`limga oid asosiy atamalarni ko`rsatib bering
“Tushunchalar tavsifi” metodi
|
Tushuncha
|
Mazmuni
|
Muhim belgilari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat uchun savollar:
1. Maktabgacha ta`limning asosiy mazmuni nimalardan iborat?
2. Maktabgacha ta'limning ustuvor vazifalariga nimalar kiradi?
3. Maktabgacha ta'limning maqsadi nimadan iborat?
4. Maktabgacha ta`lim tizimi deganda nimani tushunasiz?
2-MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI VA ASOSIY YO`NALISHLARI
Reja
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta`lim tizimi taraqqiyoti
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining asosiy bo`g`ini
Maktabgacha ta`lim to`g`risidagi asosiy hujjatlar
Tayanch tushunchalar: milliy dastur konsepsiyasi,ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim, ta'lim sohasidagi davlat siyosati, tamoyillari, asosiy qonun hujjatlari.
1. Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'limtizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo'nalishlari
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti rahbarligida davlat va jamiyat hayotini, jumladan, ta'lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlolning dastlabki yillaridayoq Prezidentimiz kadrlar tayyorlashning zamonaviy yagona tizimini yaratish g'oyasini ilgari surib: «Ta'lim berishning ma’naviy, axloqiy va kasb malakasi bo'yicha tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur. Sifat jihatidan butunlay yangi o'quv dasturlari yaratilishi darkor», deya ta'kidlagan edi. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlari keyinchalik ta'lim-tarbiya sohasiga oid ko'plab qonunlarning, tegishli me'yoriy hujjatlarning, eng muhimi, butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga metodologik asos sifatida xizmat qildi. Ushbu dasturda maktabgacha va maktab, o'rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta'limni uch bosqichda isloh qilishni, besh bosqichli ta'lim tizimini yaratish ko'zda tutilgan edi.
Bu boradagi milliy dastur konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tomonidan 1997-yil Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli ma’ruzasida asoslab berildi. Unga binoan, mamlakatimizda noyob, dunyoda o'xshashi yo'q uzluksiz ta'lim tizimi yaratildi.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi - bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta'minlash, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, o'qishga, doimiy ta'lim olish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarning bilimi va amaliy ko'nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik g'oyalariga sadoqat, tariximiz va boy ma'naviy-ma'rifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o'rin tutadi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining qonuniy asoslari «Ta'lim to‘g'risida»gi Qonun (1992-y.), Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997-y.), «Maktabgacha ta'lim to'g‘risida»gi Konsepsiya (2008/ 2011), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga "Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida"gi NIZOM (2017), "Nodavlat maktabgacha ta'limmuassasasi to'g'risida NIZOM" «Ilk qadam» o'quv dasturi (2018) va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan.
Masalan, 2008-yilda ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi Konsepsiyada maktabgacha ta'lim muassasalari taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari, ta'limtarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab berilgan bo'lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e'tiborga olgan holda rivojlanish darajasini aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 19-iyuldagi 528-sonli qaroriga binoan «Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida»gi qaroriga asosan mazkur nizom jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni sog'lomlashtirishga yo'naltirilgan ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining (keyingi o'rinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi deb ataladi) maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash-sog'lomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta'limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko'maklashish
maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya va sog'lomlashtirish ishlariga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta'limtarbiya olishlariniva korreksion pedagogik ishni ta'minlash;
korreksion ta'lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo'naltirilgan, individual tarzda tashkil etish;
bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta'limtarbiya muhitini yaratish;
bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish;
bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta'limiga sifatli tayyorlash.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonunga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi attestatsiya asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
“Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog'lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to'g'risida NIZOM"da maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining sog'lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha turdagi maktabgacha talim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.Tarbiyalanuvchilarning sog'lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta'lim muassasalarining oshxonalarida (keyingi o'rinlarda oshxona deb yuritiladi) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
Respublikadagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza etish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Maktabgacha ta'lim va Sog'liqni saqlash vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta'lim muassasalarida bola hayoti va sog'lig'ini muhofaza etish tartibi to'g'risida»gi Nizomda bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza etishni tashkil qilish tartibi, bolalarning muassasaga kelib-ketish qoidalari, binoda sog'liqni muhofaza etishga, yong'in xavfsizligiga doir talablar bayon etilgan.
O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalarining zamonaviy tizimi:
Maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'lim muassasasi (bolalar bog'chasi – maktab);
bir necha ustuvor yo'nalishda faoliyat yurituvchi maktabgacha ta'lim (badiiy-estetik, tillarni o'rganish va sport yo'nalishlari va h.k);
Tarbiya jismoniy va ruhiy rivojlanishdagi og'ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog'chasi;
tibbiy-gigiyenik, profilaktik va sog'lomlashtirish tadbirlari orqali jismonan zaif bolalarga qarab turish va ularning sog'lig'ini tiklashga yo'naltirilgan bolalar bog'chasi;
birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va rivojlantiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko'rinishda kiradi).
Ta'kidlash joizki, maktabgacha ta'lim oldida turgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg'armalar, shuningdek,
tadbirkorlik tuzilmalari faol ishtirok etib kelmoqda.
Bugungi kunga kelib, respublikada maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya ishlari amaldagi qonunchilikka binoan o'zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qirg'iz va qozoq tillarida olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1) ta'lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterga ega ekani;
2) ta limning uzluksizligi va izchilligi;
3)o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim yo'nalishini akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
4) ta'lim tizimining dunyoviyligi;
5) Davlat ta'lim standartlari doirasida ta’lim olish huquqiga ega ekani;
6) ta'lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
7) har bir shaxsning bilim olishi va iste’dodini rivojlantirishning rag'batlantirilishi;
8} ta'lim tizimida davlat va ijtimoiy boshqaruvning o'zaro uyg'unligi.
Uzluksiz ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o'zgartish va ularni izchil rivojlantirish davlat tomonidan boshqarib boriladi. Barcha bo'g'in ta'lim boshqaruv organlarining huquq va vakolatlari «Ta'lim to'g'risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi. Mazkur qonun ta’lim muassasalari faoliyatining me'yoriy-huquqiy asoslarini belgilab berish barobarida uning moliya xo'jalik ishlarini to'g'ri va oqilona yuritishni, ta'lim jarayonini tashkil etishda o'quv yurtlarining mustaqil faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi. Ta'lim muassasalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o'tkaziladi hamda akkreditatsiya qilinadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko'ra, ularga ta'lim sohasida faoliyat yuritish huquqi beriladi.
Muassasa tashkilotlar, mahalliy hokimiyat organlari, tadbirkorlar doiralari, jamoat tashkilotlari, turli jamg'armalar va homiylar vakillarini o'z ichiga olgan vasiylik va kuzatuv
kengashlarini tuzish orqali ta’lim muassasalarida samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
Shunday qilib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta'lim tizimi, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini tubdan yangilash va takomillashtirish davlatimiz siyosatining
ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanadi. Shu yillar mobaynida yurtimizda mazkur sohani rivojlantirishning mustahkam huquqiy-institutsional asoslari yaratildi. Jumladan, «Ta’lim
to'g'risida»gi Qonunning alohida moddasi maktabgacha ta'limga bag'ishlangani shundan dalolat beradi.
Unga ko'ra, maktabgacha ta'lim tizimining asosiy maqsadi- bola shaxsining asoslarini shakllantirish, uning jismoniy va aqliy jihatdan sog'lom va yetuk bo'lib voyaga yetishini ta'minlash, ta'limning keyingi bosqichi - o'rta maktabda o'qishga tayyorlash, bilim olishga qiziqishini uyg'otishdan iborat. Shuningdek, ushbu moddada, «maktabgacha ta'lim oltiyetti yoshgacha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladi», deya qayd etilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi hamkomil inson tarbiyasiga qaratilgan. Mazkur huquqiy negizlar asosida yaratilgan maktabgacha ta’lim konsepsiyasiga tayangan holda maktabgacha ta’limning tarkibi va mazmunini qayta ko'rib chiqish, jismoniy, ma'naviy va intellektual jihatdan barkamol, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, uni milliy an'ana va qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ulkan ma'naviy-ma’rifiy meros, xalq pedagogikasi tajribasi, zamonaviy ilm-fan erishgan yutuqlarga tayangan holda tarbiyalash, tarbiyaviy jarayonda maktabgacha ta'lim muassasalari, oila va ota-onalarning o'zaro munosabatlarini uyg'unlashtirish masalalari uzluksiz va izchil hal etilmoqda.
Shu ma'noda 1993-yilda qabul qilingan hamda farzandlarimizni yoshligidanoq jismonan, ruhan, ma'naviy jihatdan tarbiyalashni ko'zda tutgan «Sog'lom avlod uchun dasturi» ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Unda, jumladan, quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan:
- maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish va boyitish;
- maktabgacha ta'lim muassasalarida basseyn, suv havzalari, turli sport inshootlari va to'garaklarini tashkil etish;
- bu borada mamlakatimizda va xorijda to'plangan ilg'or tajribani o'rganish va ommalashtirish;
- mashg'ulotlarni qiziqarli o'yin tarzida, xususan, xalq milliy o'yinlari asosida tashkil etish va o'tkazish;
- bolalarning sog'lig'ini saqlash, muhofaza qilish va mustahkamlash, sog'lomlashtirish va chiniqtirish mashg'ulotlarini uzluksiz olib borish.
Maktabgacha ta'lim bo'yicha asosiy qonun hujjatlari:
«Ta'lim to'g‘risida»gi Qonun (Т.: 1997; 2020).
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (Т.: 1997).
«Maktabgacha ta'lim muassasalari to'g'risida»gi Nizom (Т.: 2017).
«Maktabgacha ta'lim to'g‘risida»gi Konsepsiya (Т.; 2008; 2011).
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari (T,: 2018).
Maktabgacha ta’lim sohasida chiqarilgan farmon, buyruq, farmoyishlar, ko'rsatmalar, yo'riqnomalar, boshqa direktiv va me'yoriy hujjatlar.
«Ilkqadam» o'quv dasturi (Т.: 2018).
Dostları ilə paylaş: |