Pedagogika instituti maktab menejmenti kafedrasi maktabgacha ta


Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim jarayonlarini amalga oshirilishi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə4/73
tarix03.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#151603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal

3. Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim jarayonlarini amalga oshirilishi

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich halqasi bo’lib hisoblanadi. U sog’lom va har tomonlama yetuk bola shaxsi shakllanishini ta’minlashga, uni muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlab, uni o’qishga bo’lgan havasini uyg’otishga qaratilgan bo’lib, bu 6-7 yoshgacha bo’lgan davrda davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda jamoatchilik va xayriya tashkilotlari, mahalliy uyushmalar (mahalla), xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.


Maktabgacha ta’lim – bolaning individual, yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini, uzluksiz ta’limning keyingi bosqichi – maktabga o’z vaqtida va to’laqonli o’tishini ta’minlovchi har tomonlama, maqsadga yo’naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonidir.
Maktabgacha ta’lim olishning shakl va usullaridan qat’iy nazar quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:

  • bolalarning jismoniy va psixik salomatligini mustahkamlash;

  • bolalarni milliy, umuminsoniy, ahloqiy va madaniy qadriyatlarga o’rgatish;

  • bolaning aqliy qobiliyatini rivojlantirish;

  • milliy an’analar va urf-odatlar asosida yuqori ma’naviyat va ahloq asoslarini shakllantirish;

  • maqsadga yo’naltirilgan va muntazam ravishda bolalarni maktabda o’qishga tayyorlash, ularning individual xususiyatlari va iste’dodini rivojlantirish.

Yuqorida ta’kidlanishicha, O’zbekiston Republikasidagi maktabgacha ta’lim maktabgacha yoshdagi bolaning individual xususiyatlariga, davlat va jamiyat ehtiyojlariga bog’liq holda har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi lozim.
Maktabgacha yosh davrining xususiyati shundan iboratki, aynan shu davrda turli xil ijtimoiy bilimlar, ko’nikma, malakalar va faoliyatning turli turlarini egallashda zamin bo’lib xizmat qiluvchi umumiy rivojlanish ta’minlanadi.
Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim jarayonidan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagilar ta’lim va tarbiyasi shaxs shakllanishida insonparvarlik tamoyili va ijodiy yondashuvga asoslangan tarbiyaning metod va yo’llari tizimidan iborat bo’lgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga asosan amalga oshirilishi zarur.
Hamkorlik pedagogikasining asosiy qoidalari – tarbiyachi va bolaning ijodiy o’zaro ta’siri sifatida ta’limga munosabat; ixtiyoriy ravishda o’qitish; mushkul maqsad g’oyasi (bola oldida murakkab maqsad qo’yiladi va uni yengib o’tish ishonchi singdiriladi); tayanchdan foydalanish (tayanch signallar); o’z-o’zini tahlil qilish (bolalar faoliyatini individual va jamoaviy xulosalash); erkin tanlash (o’quv materialini bolalar tomonidan yaxshiroq o’zlashtirilishi maqsadida tarbiyachining o’quv vaqtidan o’z ixtiyoricha foydalanishi); guruhning intellektual foni (ta’limning mazkur davrida zaruriy hayotiy maqsadlarni qo’yish va o’quvchilarni dasturga nisbatan ko’proq bilimlarni olishi); tarbiyaga shaxsiy yondashuv, tarbiyachilar va ota-onalar hamkorligi.
Ta’lim natijasi bo’lib, bolaning shaxsiy sifatlari: mehribonlik, xayrixohlik, dilkashlik, vijdonlilik, to’g’rilik, maqsadga intiluvchanlik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, uyushqoqlik, mehnatsevarlik, mas’uliyatlilik, ziyraklik, vazminlik, dovyuraklik, mustaqillilik, ishchanlik, kuzatuvchanlik, bilimdonlik va shu kabilar mazmunini o’zgartirish hisoblanadi.
Ta’lim tomonidan zamonaviy jamiyatga integratsiyalashgan (qo’shilgan) va uni takomillashtirishga yo’nalgan odam va fuqaroning vujudga kelishi, bilimlarning zamonaviy darajasiga mos keluvchi olam tasvirining shakllanishi; shaxsning milliy va jahon madaniyatiga integratsiyasi uchun shart-sharoit yaratuvchi jamiyatning umumiy va professional madaniyatining jahon darajasiga teng kelishi; jamiyatning milliy kadrlar imkoniyatini takror ishlab chiqarish va rivojlantirish ta’minlanadi.
Uzluksiz ta’lim jarayonining yakunlanish muvaffaqiyati ta’limning normativ belgilangan bosqichi sifatida ta’lim darajasi haqida dalolat beradi. Maktabgacha yoshdagi bola uchun bilim darajasi – bu shaxs sifatlari va xususiyatlarining rivojlanish darajasi, ta’lim standartiga asoslangan yoshga va dastur talablariga bog’liq holda erishilgan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisidir.
Maktabgacha ta’lim jarayonida maktabgacha yoshdagilar ta’lim va tarbiyasining shaxsiy yo’nalganlik modeli ustuvor bo’lib hisoblanadi. Shaxsiy yondashuvning maqsadi – bu shaxsning shakllanishi bo’lib, belgilangan standart bo’yicha uni o’zgartirish emas, balki uni qanday bo’lsa, shundayligicha qabul qilishdir. Shaxsiy yondashuv ta’lim jarayoni sub’ektining shaxsiy vazifalari (funksiyalari) rivojlanishining to’laqonli namoyon bo’lishi uchun shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutadi. Shaxsiy vazifalar – “shaxs bo’lish” ijtimoiy buyurtmasini amalga oshiruvchi ma’lum bir sifatlarni shaxs tomonidan namoyon bo’lishidir.
Ta’lim jarayonini tashkil qilishning asosi sifatida shaxsiy yondashuv shaxsning jamoada e’tirof etilishi, unda insonparvarlik o’zaro munosabatlarini yaratishni bildiradi. Mazkur munosabatlar sababli bola o’zini shaxs sifatida anglab, boshqa insonlar (kattalar va tengdoshlar)da ham shaxsni ko’ra olishga o’rganadi. Tengdoshlar, bolalar jamoasi har bir bolaning imkoniyatlari amalga oshirilishi kafolati sifatida namoyon bo’ladi. Har bir bolaning shaxsiy imkoniyatlari amalga oshirilishining yo’llari pedagogning qadriyatlar yo’nalganligiga, ya’ni uning moddiy va ma’naviy qadriyatlarga , hulq-atvorda namoyon bo’luvchi ustanovkalar tizimi, e’tiqod, afzalliklarga tanlab munosabatda bo’lishiga bog’liq.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin