Pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə32/93
tarix20.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#145825
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93
Pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pe-hozir.org (1)

Tayanch tushuchalar: ta’lim muassasasi, o‘qituvchi, sinf rahbari, oila, hamkorlik, ochiq eshiklar kuni, ota-onalar majlisi, pedagogik maslahat.
1.Oila muhiti farzand tarbiyasida eng muhim va dastlabki bo`g`in hisoblansada, u shaxsni to`liq tarkib toptira olmaydi. Anashunda maktab va jamoatchikka ehtiyoj seziladi.Bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o`qish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi, sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulqi,didiga ta`sir ko`rsatadi.Oila a`zolarining ma`naviy birligi yoshlarni har tomonlama kamol toptirishning dastlabki va asosiy omillaridan biri hisoblanadi.Oilada kundan kun kamolga etib borayotgan farzand atalmish ne`mat eng avvalo shu oilaning azaliy qadriyatlariga, urf-odat va an`analariga to`la amal qilmog`i, qolaversa ota-onaning o`zi farzandiga ibrat bo`la olishi lozim.
Bolalarni barkamol inson qilib tarbiyalashda maktabni oila bilan mustahkam bog`lamay turib tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalgam oshirib bo`lmaydi. Estetik,axloqiy va tarbiyaviy sifatlar kundalik hayot ehtiyojiga aylanib,ular oilaviy ijtomoiy tarbiya orqali tarkib toptiriladi va kamol topadi. Oilaviy tarbiyaning mazmunini tashkil etilishiga dastlabki ta`sirni maktab belgilaydi.Maktabgina oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlik qiladi. Bu vazifani muvaffaqiyatli bajarishda, ijobiy hal etishda ota-onalar o`rtasida olib boriladigan tarbiyaga oid targ`ibotlarning roli benihoyadir.Chunki ota-onalar zamonaviy, ruhiy, ta`lim-tarbiyaviy bilimlar bilan qurollantirilmay turib, oilaviy tarbiyani yo`lga qo`yib bo`lmaydi. Oilaviy-tarbiyaviy targ`ibotda eng yaxshi oilalar na`munasida ta`sir ko`rsatish eng maqbul yo`ldir.
Maktab mukammal tashkilot sifatida barcha tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etishi lozim.O`z o`quvchilar jamoasini uyushtira olgan, jamoatchilikni bolalar tarbiyasiga yo`naltira olgan, ularning ota-onalarini yaxshi bilgan maktab ma`muriyatigina tarbiyaviy yutuqlarni qo`lga kirita oladi.
O`qituvchi ota-onalarni faol yordamisiz bolalarning barkamolligini ta`minlay olmaydi.Bu o`rinda tarbiyachining o`zini-o`zi tarbiyalashi lozimligini ham sedan chiqarmaslik kerak.O`ziga nisbatan talabchan muallim ota-onalar bilan hamkorlikda o`quvchilarda mustaqil fikrlash, yangilikni sezish ,tashabbuskorlik hamda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish maqsadida ularga qat`iy talablar qo`yish uchun ma`naviy huquqga ega bo`ladi.
Maktabni oila bilan bog`lovchi vosita bu o`qituvchidir.O`quvchilar bilan ishlash, ularni ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolliklarini ta`minlash orqali ota-onalarga ta`sir ko`rsatish usullarini ishlab chiqish maqsadga muvoviqdir.Bu borada maktab va oila aloqasining ta`minlovchi Ota-onalar majlislari, bolalar tarbiyasiga aloqador muammolarni jamoa bo`lib hal etish kabilarning rolini inkor etib bo`lmaydi. Jumladan, “Bolangizni qanday o`qishini bilasizmi?”, “Bolangizni odobi haqida suhbatlashaylik.”, “Mustaqil hayot bo`sag`asida" kabi mavzularda olib boriladigan suhbatlar ota-onalarni o`z bolalari haqida, ularning kelajagi haqida qayg`urishlariga sabab bo`ladi.
Maktabda o`qitiladigan darslar, ularning mazmuni va eng asosiysi,shu ma`lumotni o`quvchiga etkazib beruvchi o`qituvchi xulq-atvori, kiyinishi, hattoki har bir xatti-harakati ham bola dunyoqarashi shakllanishiga ta`sit etuvchi omildir.
Bola insoniy xislatlarni, ezgulikni, odamiylikni, yaxshilikni ham yomonlikni ham eng avvalo oiladagi kattalarning, ustozlarining xatti-harakatidan o`rganadi.Ota-onalar bilan bir qatorda tarbiyachi-o`qituvchilar o`z xulq-atvori bilan bolalar hurmatiga sazovor bo`lishlari, ularning hayot yo`lida o`rnak ko`rsatishlari kerak. Shunday muhitda tarbiyalangan bolagina ota-onani, qolaversa o`z ustozlarini hurmat qiladigan, mahalla-kuyda o`zidan kichikni izzatlash, kattalarni hurmatlashni o`z o`rniga qo`yadigan, xulqparvar bo`lib voyaga etishadi.
Har bir tarbiyachi tarbiya san`atkori bo`lmog`i lozim.Bu bolalarni sevish san`atidir.Tarbiyasi og`ir, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash, ularni jamoatchilik kengashlariga olib chiqish, foydali mehnatga jalb qilish, to`garaklarga qatnashtirish, hunarmandchilikka o`rgatishni ta`minlash, har bir tarbiyasi og`ir bolaga jamoatchilik faollarini biriktirish, vaqti-vaqti bilan ularni hisobotlarini tinglash lozim.
Maktabda o`qitiladigan har bir dars, ayniqsa “Milliy g`oya va ma`navayat asoslari” fani mavzularini yoritishda, ma`naviyat soatlarida o`quvchilarga oila ma`naviyatiga oid berayotgan har qanday ma`lumotimiz puxta o`ylangan va chuqur mulohazali bo`lmog`i darkor, zero, bolalar ayni shu yoshda har qanday bilimning dastlabki poydevorini qo`yadilar.
2.Xalq ta`limi vazirligining 2004-yil 26-fevraldagi 26-sonli hay`at majlisi qarori billan “Oila, mahalla, maktab” Konsepsiyasi qabul qilindi.Bu konsepsiyada belgilab bergan vazifalarni hal qilish uchun: Vazirlikning tashabbusi bilan Respublikamizdagi har bir davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Jamoatchilik maslahat kengashi” tuzilib, joylarda tarbiyasi og`ir, xulqi buzuqlikka moyil hamda daydib yurgan bolalar bilan ishlash, ularning ta`lim-tarbiyasiga va “Oila, mahalla, maktab” Konsepsiyasini amalda joriy etishga e`tibor qaratildi.
Kengash o`z oldiga :

  • mahallalarda bolalarning dam olishlari, qiziqarli ish bilan shug`ullanishlarigaimkoniyat yaratish,


  • mahallalarda tarbiyaning ta`sirchanligini oshirish;


  • homiy tashkilotlar yordamida mahallalarda sport sog`lomlashtirish maydonchalarini tashkil etish,


  • mahallalarda qizlar hayosi, turmushga tayyorlash haqida baxs-munozaralar o`tkazish;


  • yoshlarda milliy urf-odatlar, azaliy udumlar, tarixiy an`analarni o`rganish;


  • maktab, jamoatchilik, mahalla ahli hamkorligida tadbir o`tkazishni;


  • Joylardagi hokimitatlar, “Mahalla``, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda yordam berishni maqsad qilib qo`ygan.


Oilada bolani to`g`ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri-tarbiyadagi birlikdir. Bunday ulkan ma`suliyatni, sharafli ishni oila, maktab, mahalla, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhim o`rin egallaydi.


Umumta`lim maktablarida o`quvchilarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda quyidagilarga e`tibor qaratish lozim:

  • O`quvchilar o`rtasida kitobxonlik darajasini ko`tarish;


  • Kino, teatr, konsert va ko`rgazmalarga borish;


  • Sayohatlar, sayillar, sport musoboqalari tashkil etish;


  • Tanlovlar, tarbiyaviy tadbirlar, bayramlarda ishtirok etish yaxshi samara beradi.


  • Milliy xalq hunarmanchiligi to`garaklarini tarmoqlarini kengaytirish, xalq ustalarini to`garak ishiga jalb qilish, ushbu to`garaklarni ko`proq maktablar,mahallalar hamda ijodi ustaxonalar qoshida tashkil etish ishlariga alohida e`tibor berish;


  • Novvoyxonlik, kashtachilik, naqqoshlik, duradgorlik va boshqa hunarlarga bolalarni qiziqtirish, mahallalarda imkon bo`lsa, hunar o`rgatadigan markazlar tashkil qilish;


  • O`quvchilarning qiziqishlarini o`rganib, ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga mo`ljallangan turli to`garaklar, klub yoki seksiyalar tashkil etish;


  • Yoshlar o`rtasida jismoniy tarbiya, sportni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratish;


  • Ta`lim muassasalaridagi kutubxonalarini badiiy adabiyotlar bilan boyitish;


  • O`quvchilarning qiziqishlariga qarab, to`garaklar soni, yozgi dam olish oromgohlariga ko`proq o`quvchilarni jalb etishni yo`lga qo`yish;


  • Barcha o`quv fanlari asosida to`garaklar tashkil etish va unga tarbiyasi og`ir bolalarni jalb qilish orqali ma`lum samaraga erishish;


  • O`quvchilar iqtidorini yanada takomillashtirish maqsadida turli ommaviy tadbirlar, musobaqalar va ko`rik tanlovlar o`rkazish yo`li bilan boy madaniy merosimizga hurmat, ona Vatanga , uning ramzlariga sadoqat ruhida tarbiyalash muhim rol o`ynaydi.


Bunda sinf rahbarlari, ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy ishlar bo`yicha director o`rinbosarlar, maktab direktorlari, bolalar etakchilari o`z faoliyatini bu yo`nalishga e`tibor bilan qarashlari lozim bo`ladi.Chunki ular maktab mikrorayonida ijtimoiy-pedagogik, tarbiyaviy ishlarni olib borishda o`tkaziladigan tadbirlarning tashkilotchilaridirlar.


Ota-onalar bilan hamkorlikda amalgam oshiriladigan ishlarni tahlil qilib, ular bilan bog`liq bo`lgan shakl va usul asosida rejali va izchil ishlarni olib boorish maqsadga muvofiqdir.Ana shunda bog`cha xodimlari, maktab jamoasi a`zolari, ota-onalar va mahalla-kuy hamkorligi ishlarining keng tarqalgan shakli va usullari mavjud.Bular:
1.Ota-onalar, oilalar bilan yakkama-yakka ishlash. Tarbiya jarayonida bu tur katta ahamiyat kasb etib,yaxshi natijani qo`lga kiritish imkonini beradi.Bunda tarbiyachi oila va bolalarning shaxsiy xususiyatlarini o`rganib, tarbiyaviy jarayonda inobatga oladi.Buning natijasida tarbiyachi va ota-ona o`rtasida o`zoro ishonch, hurmat va do`stlik munosabatlari o`rganiladi.
2. Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar, bularga ota-onalarning guruhli va umumiy majlisi, anjumanlar, tadbirlar kiradi.
3.Tarbiya ishlarida atrof-muhit va mahalla bilan hamkorlikda ish olib boorish. Bunda tarbiyalanuvchi bolaga yetti mahalla ota-ona deganidek, mahallalar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar yaxshi samara beradi.
Bolalar tarbiyasida jamoaning o`rni ham beqiyosdir. Jamoa haqida gap ketganda biz turli jamoalarni ko`rishimiz mumkin. Masalan: maktab jamoasi, odamlar jamoasi, mehnat brigadasi jamoasi, Sayohatchilar,tashkilotchilar jamoasidan iborat. Bola bir vaqtning o`zida har bir jamoaning a`zosi bo`lishi mumkin. U jamoalarning har qaysisida muayyan vazifani bajaradi, ulardan o`ziga xos tarbiya oladi, hayot tajribasi boyib boradi.
Hozirgi kunda jamiyatimizda maktab jamoasining asosiy vazifasi “ongli va uyushgan ijtimoiy tuyg`ularga, puxta o`ylangan dunyoqarashga ega bo`lgan, har tomonlama rivojlangan bolalarni tarbiyalashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan”.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, tarbiya masalasi bo`yicha ota-onalar, mahallalar va jamoalarning birgalikdagi hamkorlikdagi harakatlari yaxshi samaraga olib keladi. Oiladagi axloq-odob tarbiyasi o`z-o`zidan amalgam oshmaydi albatta, uning uchun o`ziga xos murakkab ijtimoiy –iqtisodiy, psixologik muommolar bor.
Biz oila ma`naviyati fikr yuritar ekanmiz, uni ehtiyoj, manfaat va mafkuraviy jarayonlar bilan bog`liq yana bir jihatini, ya`ni tarbiya jarayonida yoshlar va o`smirlarning ruhiy ehtiyojlarini inobatga olishni ham unutmaslik kerak.Ayni mana shu ehtiyojlarning shakllanishiga mahalla muhiti bevosita ta`sir qilsa,jamoatchilik bu ehtiyojlarni tartibga soladi.
Mahalla-kuy, qo`ni-qo`shnilar hamkorligi,hamdardligini ko`rsatuvchi mahallalarimizdagi to`y,katta yig`inlar, a`za marosimlari—xalqimizning jamoatchilik fikri ta`sirida shakllangan qadriyatlari namoyon bo`ladi.Aynan shu qadriyatlar ta`sirida yoshlarimiz o`zi yashab turgan mahalladaga insanlarga nisbatan mehr-muhabbatli , oilasiga sadoqatli bo`lib tarbiyalanadi.
4.Uzluksiz ta`lim tizimi jarayonida Barkamol shaxsni shakllantirish ta`lim tizimida quyidagacha qo`llashni Toshkent DPU doktaranti M.Hamdamova quyidagicha tavsiya etadi:
  • Maktabgacha ta`lim muassasalarida; Bunda tarbiyachilardan bolalarga onalarcha mehr berishlari, ularga muntazam ravishda muhabbat ko`rsatishni asosiy maqsad qilib qo`yishlari shart.Tarbiyachilar kundalik va yillik rejalarida barkomol shaxsni shakllantiruvchi maqsad va vazifalarni alohida ta`kidlab,bajariladigan ishlarni bayon etib borishlari shart.


Odatda tarbiyachilar o`z rejalari asosida o`zbek xalq ertaklaridan keng foydalanib kelishadi.Ertaklaridagi yaxshilik va yomonlik, mehribonlik, rahmdillik toshbag`irlik, ezgulik va yovuzlikning o`zoro farqlari mazmun mohiyatini kichkintiylarga etkazib berishga harakat qiladilar. Shuningdek ertak qahramonlarini chizish, yasash, musiqiy ohanglarni eshitish, raqs va bolalar qo`shiqlarini o`rgatish ham shu bosqichling tarbiyaviy qismi sanaladi.


Umumiy o`rta ta`lim maktablarining bashlang`ich sinflarida: Bu 7-11 yoshli bolalar bo`lib, odatda ular juda qiziquvchan/ o`yinqaroq, quvnoq va diqqatsizroqdir. Bu bolalar maktab ostonasiga qadam qo`ygan kundanboshlab savodxonlik darajasida faqatgina ustozining so`zini so`z deb tan oladi.Ularning fikrini ota-onalar ham o`zgartirishlari

mushkul.Shu sababli barcha o`qituvchilarimiz quyidagi savodxonlik turlarini bilishlari va bu haqda etarli malakaga ega bo`lishlari lozim:



Savodiy savodxonlik;


Nutqiy savodxonlik;
Ijodiy savodxonlik;
Mantiqiy savodxonlik;
Ilmiy savodxonlik;
Kasbiy savodxonlik; Umumiy o`rta ta`lim maktablarida: bu yoshdagi o`smirlarni yildan yilga atrof muhitga, voqealarga qiziqishi ortib boradi.Ular ko`proq o`zlari qiziqqan ishni kattalardan yashirincha bajarishga harakat qilishadi.Yolg`on so`zlash, qilgan aybini yashirin va kattalar oldida o`zini aqli raso qilib ko`rsatishga urinishadi. Bu yoshdagi bolalarning barkamollik darajasini oshirib boorish uchun barcha o`qituvchi-murabbiylar, ota-onalar, mahalla-kuy, nazorat inspeksiyasihamkorligida tarbiyaviy ishlarni yo`lga qo`yib borilmog`i lozim. Chunki bu yoshdagi bolalarning uyda va ko`chadagi bo`sh vaqtlarini qanday o`tkazayotganligi doimo kattalar nazoratida bo`lmog`i shart.
Bolalarni teatr, muzeylarga olib borish asosan maktabning zimmasida qolgan.Ammo shunga yarasha ota-onalar”Bugun teatrga boribsan, nima ko`rding, nimani tushunding” deb, besh daqiqa vaqt sarflash ota-onalarning vazifasidir.
O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarida:bu ta`lim dargohiga o`qish uchun kelgan talabalar asta-sekin maktabdan, oiladan va ko`cha-kuydan o`rgangan tarbiyasini namoyish eta boshlaydi.Agar o`qituvchi-marabbiylarimiz bu maskanda o`ta kuzatuvchanlik bilan muntazam shug`ullanmasalar, bu yoshdagi o`smirlarning barkamollik darajasini rivojlantirib boorish ancha mushkul kechadi.Chunki ta`limning bu bosqichida o`qituvchi-murabbiylar ilmiy savodxonlikni kuchaytirish, kasbiy savodxonlikka erishish uchun talabalar bilan tinimsiz muloqot qiladilar. Sergak tarbiyachi o`smirlarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib unga to`g`ri ta`sir eta bilishi lozim.

Umuman ta`limning qaysi bosqichida bo`lmasin Tarbiyachi-o`qituvchi yuksak pedagogik, psixologik va metodik tayyorgarlik darajaga ega bo`lgan holda, ularning yosh xuxsusiyatlarini inobatga olib ta`lim-tarbiya jarayonini to`g`ri tashkil etishlari lozi






Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin