Pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə31/93
tarix20.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#145825
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93
Pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pe-hozir.org (1)

Liberal uslub asosida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi xususiyatlariga sho‘rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlar mujassamlashgan. O‘qituvchining pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud:
  • tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi;


  • sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi;


  • ta’lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi;


  • o‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib qochadi;


  • o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan kiziqmaydi;


  • o‘quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi;


  • o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi.


Biroq, yillar o‘tib, zamonlar o‘zgargan sari, XXI asrda jamiyatning ijtimoiy talablaridan kelib chiqib, o‘qituvchining xulq–atvori, pedagogik va psixologik bilimlar saviyasi, o‘z kasbiy faoliyatiga nisbatan munosabati, pedagogik va axborot informatsion texnologiyalarini puxta o‘zlashtirish saviyasi ham o‘zgarmoqda. SHu sababli, o‘qituvchilar o‘z bilim va tafakkurlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, sinf jamoasini boshqarishning turli shakl va metodlarini amalda qo‘llamoqdalar. Sinf jamoasining har qanday boshqaruv uslubi o‘qituvchi muloqoti asosida tashkil etiladi. Muloqotdan kutilayotgan natija, tarbiya asosida o‘quvchining ongini va tafakkurini boyitish va o‘zgartirishdir.



MAVZU: TA’LIM MUASSASASI, O‘QITUVCHILAR, SINF (GURUH) RAHBARINING O‘QUVCHILARNING OTA-ONALARI BILAN OLIB BORADIGAN ISHLARI SHAKL VA METODLARI .

Reja
  1. Ta’lim m uassasasi, o‘qituvchilar, sinf(guruh) rahbarining o‘quvchilarning ota-onalari bilan olib boradigan ishlari shakl va metodlari haqida tushuncha.


  2. Pedagogik lektoriyalar.


  3. Sinf (guruh)lar bo‘yicha pedagogik majburiy ta’lim.


  4. Yillik yakuniy ilmiy-amaliy konferensiya.


  5. Ochiq eshiklar kuni.


  6. Sinf (guruh) ota-onalar majlisi.


  7. Pedagogik maslahat.





Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin