Mavzu yuzasidan bilimlarni aniqlashtirishga doir test topshirig‘i
Maktabni oila bilan bog`lovchi vosita bu… shaxsi
o`qituvchi
o`quvchi
ota-ona
direktor
Ota-onalar ikki xil: tug‘ilish otasi va ta’lim berish otasi: birinchisi jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli. Ushbu fikr muallifi bo`lgan qomusiy oilmni toping
1- topshiriq. Oilaning reproduktiv vazifasi deganda nimani tushunasiz? Fikringizni izohlang....
2-topshiriq. Oilaning iqtisodiy va xo‘jalik – turmush vazifalari haqida ma’lumot bering...
3-topshiriq. Oilaning boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi haqida ma’lumot bering...
4-topshiriq Oila tushunchasini klaster usuli orqali ifodalang.
5-topshiriq Oilaning vazifalari nimalardan iborat?
6-topshiriq Jamiyatga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari nimalardan iborat?
7-topshiriq Odam larga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari nimalardan iborat?
Keys topshirig‘i
1-vaziyat. Ikki yosh ona ko‘chada bolalar bog‘chasiga qatnaydigan o‘z qizlarining xulq-atvorlari haqida bir-birlari bilan o‘rtoqlashmoqda: “Mening qizim juda faol, mustaqil o‘sayaptimi, demak undan so‘rash kerak, deb o‘ylayman”, ikkinchi ona: “Mening qizim hali ham bola. Katta bo‘lgandan keyin hamma narsani o‘zi sekin-asta qilishga o‘rganadi”.
Keysga savol- vazifa:
Har ikkila onaning o‘z qizlari tarbiyasiga yondashuvini taqqoslang.
Izoh.Ushbu muammoni hal etish uchun oilaviy tarbiyaning turli usullarini tahlil qilish va bolaning faolligi hamda uning mustaqil bo‘lishining ahamiyati haqida xulosa qilish zarur.
Yechim. Har ikkala ona ham nohaq. Birinchi ona vaziyatida, faol bolalarga ko‘p darajada mustaqillik xos. Ona shunga mo‘ljal olayapti, shuningdek, bunday bolalardan kattalardan so‘ralgandek so‘rash kerak deb, fikr qilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar bolaligicha qoladi, ulardagi his-tuyg‘uning erkin rivojlanishi tengdoshlarinikidek ekanligi ma’lum-ku, axir. Oshirib yuborilgan talablar bolalar tomonidan har doim ham bajarilavermaydi. Birinchi o‘rinda shaxsiy qiziqish qoladi. Bolaning rivojlanishini faollik va qiziquvchanlik oldinga tomon harakatlantiradi. Onalarning bunday gaplari o‘z bolalari bilan turlicha usulda muloqot qilishlaridan guvohlik beradi. Bir holatda, qiz his-tuyg‘ulik, iliqlikni sezmasligi mumkin, buning oqibatida uni “qulflanganlik” yoki befarqlik, balki, qandaydir qo‘pollik tomonga harakatlanishiga olib keladi. Boshqa holatda esa bolada mustaqillik, mas’uliyatlik rivojlanmaydi.