1-topshiriq. Oilaviy turmushda ayrim ota-onalar faqat tazyiq o‘tkazish yo‘li bilan farzandlari hamda boshqa oila a’zolari davrasida obro‘ orttirishni xohlaydilar, bu narsani yashashning asosiy vositasi deb hisoblaydilar. Sizning fikringiz?
2-topshiriq. Hozirgi paytda shunday ota-onalar ham uchraydiki, ular bolaga faqat rasmiyatchilik bilan munosabatda bo‘lish orqali obro‘ orttirishga harakatqilishadi. Sizning fikringiz?
3-topshiriq. Ota-onalar o‘z farzandlari o‘rtasida obro‘ga ega bo‘lishlari uchun qator chora tadbirlarni amalga oshirishlari zarur. Farzandlarni yoshiga mos holda qator tarbiyaviy ishlar olib borishlari darkor. Bu qanday tadbirlar?
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar:
1-topshiriq Tarbiya metodlarini tasniflang. Klaster usuli yordamida tarmoqlarga ajrating...
2-topshiriq Oilada bolalarni tarbiyalash metodlari haqida ma’lumot bering.