2-bosqich: Keysni aniqlashtirish va o‘quv topshirig‘ni belgilash
individual va guruhda ishlash;
muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash;
asosiy muammoli vaziyatni belgilash
3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o‘quv topshirig‘ining echimini izlash, hal etish yo‘llarini ishlab chiqish
individual va guruhda ishlash;
muqobil echim yo‘llarini ishlab chiqish;
har bir echimningimkoniyatlari va to‘siqlarni tahlil qilish;
muqobil echimlarni tanlash
4-bosqich: Keys echimini echimini shakllantirish va asoslash, taqdimot.
Yakka va guruhda ishlash;
muqobil variantlarni amalda qo‘llash imkoniyatlarini asoslash;
ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;
yakuniy xulosa va vaziyat echiminingamaliy aspektlarini yoritish
“Tushunchalar tahlili” metodi Metodning maqsadi: mazkur metod tinglovchilar yoki qatnashchilarnimavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo’yicha dastlabki bilimlarda rajasini tashhis qilish maqsadida qo‘llaniladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
tinglovchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‘lgan so‘zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi (individual yoki guruhli tartibda);
tinglovchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;
belgilangan vaqt yakuniga etgach o‘qituvchi berilgan tushunchalarning to‘g‘ri va to‘liq izohini o‘qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
har bir ishtirokchi berilgan to‘g‘ri javoblar bilan o‘zining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.
Jadvalga kerakli ma’lumotlar to‘ldirib qayd etiladi