Ta’limda bilim ko’nikma va malakalarni puxta va mustahkam o’zlashtirish tamoyili muhim didaktik talab va qoidalarni, ya’ni o’quvchilar tomonidan tizimli va ongli o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkam, esda saqlab qolish hamda o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni o’z turmush faoliyatlarida qullay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi. Ta’limning chuqurligi va mustahkamligi talabi didaktikada an’anaviy hisoblanadi va u yuzakilikka qarama-qarshi qo’yiladi. Chuqur, mustahkam bilimning asosiy belgisi eng fundamental g’oyalar, qoidalar, tushuncha, kategoriyalarni tushunish, chuqur o’zlashtirish, o’rganilayotgan materiallar mazmunini puxta anglashdan iborat.
Ta’limning tushunarliligi tamoyili o’quvchilarning mavjud imkoniyatlarini hisobga olish, jismoniy va psixik sog’lig’iga yomon ta’sir etuvchi intellektual va emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab etadi. Ta’limning tushunarli bo’lishi o’quvchilarning yoshi, bilish imkoniyatlarini hisobga olib o’qishning mazmunini to’g’ri aniqlash demakdir, ya’ni, har bir o’quv fani bo’yicha o’quvchilar egallab olishi zarur bo’lgan bilim, amaliy ko’nikma va malakalari hajmini to’g’ri aniqlashdir. Bu tamoyil o’quv jarayonini o’quvchilarda qiyinchiliklarni engish istagini hosil qiluvchi va shaxsiy muvaffaqiyatlarining natijalaridan quvonish tuyg’usini yuzaga keltirishga yo’naltirilganligini ifodalaydi. Bu bolalarda ko’zga tashlanuvchi qattiq hayajonlanish, shuningdek, o’quv masalalarini echishdagi ishonchsizlikni yo’qotishga yordam beradi.
Didaktika nimani o’rganadi? Mazkur sohaning ob’yekti va predmetini izohlang.
Didaktikaning asosiy kategoriyalarini sanab bering.
Zamonaviy ta’lim paradigmalariga nimalar kiradi?
O’qitish jarayonining asosiy vazifalariga izoh bering.
O’qitish jarayonining bosqichlariga ta’rib bering.
O’quvchilarning bilish faoliyatining tuzilishi va o’ziga xosliklarini izohlang.
Ta’lim qonuniyatlari deganda nimani tushunasiz?
Ta’limning qanday umumiy qonuniyatlari mavjud?
Ta’limning xususiy qonuniyatlariga nimalar kiradi?