Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org
XXV-BOB. XVII ASRDAN XIX ASRNING IKKINCHI YARMIGACHA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI
25.1. Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya Movarounnaxrda bir yuz ellik yil hukmronlik qilgan temuriylar sulolasi inqirozga yuz tutib, uning o’rniga Shayboniylar hukmronligi o’rnatildi. Lekin Shayboniyxon ham (1451-1510) kuchli markazlashgan davlat barpo qilishga qay darajada harakat qilgan bo’lsa ham, uning o’limidan so’ng o’zaro urushlar avj olib ketib, bu hududda uch xonlik, avvalo Buxoro va Xorazm, XVIII asr oxiriga kelib, Qo’qon xonligi paydo bo’ldi. Xonliklar davrida boshqa davlatlar bilan aloqalar o’rnatiladi. Jumladan, Hindiston Shox Akbar, Sharqiy Ovrupodan Ivan Grozniylar bilan do’stona aloqalar o’rnatildi. Buxoro xoni Abdullaxon 1001 ta rabot va sardobalar qurdirdi, madrasa, masjidlar, xonaqox va ko’priklar, suv omborlari va boshqa inshootlar qurildi. Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiyning “Dastur al-iloj”, Muxammad Yusuf Maxxolning “Taxqiq al-xumayyot”, “Zubdat ul-qaxxolin” asarlari, Shayboniyxonning “Tavorixi guzidayi nusratnoma”, Boburning “Boburnoma”, Koshifiyning “Badoye ul-vaqoe”, Fazliddin Ibn Ruzbekxonning “Mehmonnomayi Buxoro” kabi asarlarida o’sha davrning ijtimoiy, siyosiy, tarixiy, adabiy, ma’rifiy hayoti o’‘z aksini topgan.
XVII-XVIII asrlarda me’morchilik sohasida ham katta inshootlar qurildi. Masalan, Buxoroda Imomqulixonning nufuzli amaldoridan Nodir devonbegi masjid, xovuz, madraslardan iborat katta me’moriy ansambl qurdidi. Shuningdek, Samarqanddan 4 chaqirim Janubda Xo’ja Axror qabri oldiga madrasa va Nomozgoh barpo etdi. Bu davrda Muhammad Balxning 5000 baytdan iborat “Subxonqulixonnoma”, Mirmuxammad Amir Buxoriyning “Ubaydullanoma”, Muhammad Vali Samarqandiyning 200 nafar adabiyot arboblarining tarjimai holiga oid ma’lumotlar berilgan, “Muzakkirul asxob” nomli asari, shuningdek, Sayido Nasafi, Sufi Olloyor, Boboraxim Mashrablarning asarlari yuzaga keldi. Bu davrda ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida; turmushida ham, oilada ham har bir kishi alohida diniy talablarga rioya etar edi.