Pedagogika-psixologiya fakulteti


ERTAK O'TISH DARSI NAMUNASI



Yüklə 329 Kb.
səhifə6/17
tarix17.04.2023
ölçüsü329 Kb.
#99456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
3f7c5ff3780d4465b23684eaf93077cc Har xil janrdagi asarlarni o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

ERTAK O'TISH DARSI NAMUNASI

Mavzu. Kumush qish.


O'quv materiali. Rangin qorlar (Olloyor).
Darsning maqsadi:



1. O'quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini boyitish.


2. Tabiatdan zavq olishga, unga zarar keltirmaslikka o'rgatish.
3. O'quvchilarning mustaqil frkrlash qobiliyatlarini o'stirish, xotirasini mustahkamlash.
4. O'qish ko'nikmalarini takomillashtirish, o'quvchilar lug'atini yangi so'zlar bilan boyitish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi, ertak o'qish darsi.
Dars metodi: izohli o'qish, mustaqil ish metodi, guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi: qog'oz, flomaster, yelim, qisqich, qaychi, mikrotestlar, akvarium, baliqlar, rag'batlantirish uchun jetonlar.
Sinf sharoiti. O'qituvchi turli usullar bilan o'quvchilarni guruhlarga ajratadi. Sinfdagi partalar doira shaklida qo'yib chiqiladi.
Tashkiliy qism. Sinf o'quvchilari guruhlarga bo'linib o'tiradilar. O'qituvchi guruhlar bilimi teng bo'lishi uchun qizil, ko'k, oq, yashil, sariq rangli doirachalardan foydalanishi mumkin. Bir xil rangdagi doira egalari bir guruhni tashkil etishi aytiladi. Har bir guruh o'ziga nom tanlaydi. Buning uchun o'quvchilarni darsga hozirlash, qiziqtirish, harakatga keltirish, mavzuni mustaqil anglab yetishlari uchun topishmoqlardan foydalanish lozim.
Topishmoqning javobini toping: Elakdan un elandi
Supra unga belandi. (qor)
— Qor qaysi faslda yog'adi?
— O'ylang, bugun o'rganadigan yangi mavzu nima haqida ekan?
Xattaxtaga bo'lim nomi — „Kumush qish" yoziladi. So'ng guruhga qish fasli bilan bog'liq holda nom tanlashlari mustaqil ish qilib beriladi.
1-guruh „Qorparcha", 2-guruh „Ayozbobo", 3-guruh „Qorbobo", 4-guruh „Sumalak", 5-guruh „Qish" deb nomlanishi mumkin. Har bir guruh a'zolari o'zlariga sardor saylaydi.
Darsning borishi
I. Chaqiruv bosqichi. Guruhlar taqdimoti.
Bunda har bir guruh o'z nomining ma'nosini izohlaydi, nomini ifodalovchi rasm chizib ko'rsatishi ham mumkin.
1-guruh - „Qorparcha": Men qish faslida dunyoga kelganman. Qir-adir, tog'u tosh, dala-dashtda uchib, o'ynoqlab yerga tomon intilaman. Hammayoqni oq choyshab bilan o'rayman. Men yoqqanda bolalar, hatto kattalar ham qorbo'ron o'ynaydi, qorbobo yasashadi. Qorxat yozishadi.
2-guruh — „Ayozbobo": Men issiq havoni sovutaman. Yerlarni, suvlarni muzlataman. Men tufayli yaxmalaklar paydo bo'ladi. Bo­lalar yaxmalakda chang'ida, chanada va konki uchadi. Tarnovlarda sumalaklar paydo bo'ladi.
3-guruh -,, Qorbobo ": Men qish faslida bolalarning eng sevimli bo-bosiman. Uzoq-uzoq o'lkalardgan ularga yangi yil bayrami sovg'alarini, qorqizimni olib kelaman. Ularning kuy-qo'shiqlari, o'yin-kulgilari jaranglagan bayramni birga nishonlayman. Men tufayli Ayozboboning izg'irin, sovuqlarini sezmaydilar. Men ularga kuch-quvvat bag'ishlayman. Hammangizni yangi qutlug' yilingiz bilan tabriklayman.
4-guruh - „Sumalak": Men Ayozbobo bilan Qorparchalarning farzandiman. Tomlarning bo'g'otida qishning quyosh nurlarida yaltirab turaman. U yerdan bolalarning o'yin-kulgilarini tomosha qilaman. Borib bolalarga qo'shilib o'ynay olmaganimdan ko'zlarimdan chak-chak yoshim oqadi. Shu ko'z yoshlarim bilan yerning dardlariga malham bo'laman.
5-guruh - „Qish": Yuqoridagi so'zga chiqqanlarning barchasi mening dilbandlarim. Ular tufayli men borman. Ular tufayli men yilning boshida turaman. Dekabr, yanvar, fevral oylari mening qo'ynimda yashaydi. Ularning har biriga yaxshi kunlarni, bayramlarni taqsimlab berganman.
8-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 31-dekabrda Yangi yil bayrami nishonlanadi. 14-yanvar Harbiylar kuni bayram qilinadi.
9-fevralda ulug' bobomiz Mir Alisher Navoiyning, 14-fevralda Mirzo Boburning tavallud kuni nishonlanadi.
O'qituvchi o'quvchilarning javobini umumlashtirib, har bir guruhni rag'batlantiradi. Shu tarzda asarni o'qishga tayyorgarlik yakunlanadi.

Yüklə 329 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin