Pedagogika-psixologiya fakulteti


An’anaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar



Yüklə 329 Kb.
səhifə4/17
tarix17.04.2023
ölçüsü329 Kb.
#99456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
3f7c5ff3780d4465b23684eaf93077cc Har xil janrdagi asarlarni o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

An’anaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar.




Asosiy tushunchalar

An’anaviy dars

Interfaol dars

1

Qo’llanish darajasi

Barcha mavzular bo’yicha ular uchun qulay bo’lgan dars turlari shaklida qo’llaniladi

Ayrim mavzular bo’yicha interfaol darsning qulay bo’lgan turlari shaklida qo’llaniladi. Boshqa mavzular uchun an’anaviy dars qo’llaniladi.

2

Dars maqsadi

Dars mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish,mustahkamlash.

Dars mavzusi bo’yicha mustaqil fikrlash, xulosaga kelish, ularnibayon qilish. Himoyalashga o’rgatish

3

O’qituvchining vazifalari va ish usullari

Yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, nazorat topshiriqlar berish

O’qituvchilarni mustaqil ishlashi, yakuniy xulosalarni belgilab berish

4

Darsda tayyorgarlikka talablar

Dars rejasi,konspekti va didaktik vositalarni tayyorlash

Interfaol dars ishlanmasi, mustaqil ishlar uchun topshiriqlar, tarqatma materiallar, boshqa zarur narsalarni tayyorlash

5

O’qituvchilar tayyorgarligiga talablar

Oldingi dars bo’yicha vazifalarni bajarish

Yangi dars mavzusi bo’yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilish

6

O’qituvchilarning vazifalari va ish usullari

O’qituvchini tinglash va o’zlashtirish, berilgan topshiriqlarni bajarish

O’qituvchi bergan topshiriq bo’yicha mustaqil fikrlash, o’z fikrini solishtirish va xulosalarga kelish


7

Vaqt taqsimoti

Dars vaqtining ko’p qismi o’qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi , tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi o’zlashtirishni nazorat qilishda sarflanadi

Dars vaqtining ko’p qismi o’qituvchilarni mustaqil topshiriqlarni bajartirishiga, fikr almashishi, mushohada qilishi va hikoyalashida sarflanadi

8

Darsning modul va algoritmi

Darsning modul va algoritmlaridan har bir o’qituvchi o’zi qo’llayotgan metodga muvofiq foydalanadi

Har bir dars oldindan tayyorlangan modullar va algoritmlarga, loyihalarga muvofiq o’tkaziladi

9

O’qituvchilar talab qilinadigan faollik darajasi

O’qituvchi har tomonlama faol o’quvchilar diqqatini jamlash, tushunish, fikrlash, topshiriqlarni bajarish bo’yicha faol muloqot shakllari

O’qituvchi ham o’quvchilar ham har tomonlama faollik ham ijodkorlik shakllari

10

Bilimlarni o’zlashtirishning asosiy usullari

Muloqot, muzokara, muhokama, bahs mulohaza, tahlil, mushohada va b.

Muloqot, mutolaa mushohada, muhokama, munozara, mulohaza, tahlil va b.

11

Mashg’ulot shakllari

Ma’ruza, semenar, amaliy mashg’ulot, labaratoriya mashg’uloti, davra suhbati, bahs, konsultatsiya va b

Ma’ruza guruh yoki juft bo’lib ishlash, taqdimotlar, bahs, tahlil va boshqalar

12

Kutiladigan natijalar

Mavzu bo’yicha o’uvchilarni bilim, ko’nikma malakalarini oshirishlari

Mavzu bo’yicha o’quvchilarni o’z fikr, xulosalarini shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga o’rgatish

Bu jadvalda hajm oshib ketmasligi uchun fikr juda qisqa bayon qilinadi.


Hozirgi ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarni mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot munozara bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib bormoqda. Bu usullar o‘quvchilarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste’dod, zakovatlarini o’stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan komil insonlar bo’lib yetishishlariga xizmat qilgan. Interfaol ta’lim usuli har bir o’qituvchi tomonidan mavjud vositalar o’z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o’qituvchi o’z motivlari va intellektual o’zlashtiriladigan mashg’ulot olib borishni ta’minlaydi va bu darajaga ega holda mashg’ulotni oldindan ko’zda tutilgan darajada o’zlashtiradi. Interfaol mashg’ulotlarni amalga qo’llash boyicha ayrim tajribalarni o’rganish bo’yicha bu mashg’ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ayrim omillarni ko’rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy pedagogik ilmiy metodik hamda o’qituvchiga, o’quvchilarga ta’lim vositalarida bog’liq omillar deb atash mumkin. Ular o’z mohiyatiga ko’ra ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishini nazarga tutishi lozim.
Didaktik o’yinlar texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga moslashgan. Ular o’quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatni ro’yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Didaktik o’yinlarning asosiy turlari intellektual va xarakterli hamda aralash o’yinlardan iborat. Bu o’yinlar ishtirokchilarga aqliy, jismoniy aqliy, axloqiy, badiiy, estetik mehnat va boshqa ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Didaktik o’yinlar o’quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ta’qiq qilish, hisoblash, o’lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, ahloq-odob o’rgatish, yangi bilimlar o’rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’yinlarga ajratiladi.
Umumiy o’yinlar nazariyasiga ko’ra mavjud barcha o’yin turlarini tasniflashga mavzuli konstruktiv va didaktik o’yinlarga ajratadi. Bularning orasida didaktik o’yinlar ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishi bilan alohida o’ringa ega. O’yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanadi. Bu esa pedagok va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o’yinning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatining o’rganish va yanada oshirish bo’yicha tadqiqotlar olib borishiga asos bo’ladi.
O’quvchilar bilimini mustahkamlashda ertak va masal matnini o‘rganish darslarida o’yinlardan foydalanish ham yaxshi samara beradi.
.

Boshlang’ich sinflarda oqish darslarida o’quvchilarning nutqini oshirish vositalaridan biri to’g’ri uyushtirilgan hikoyalardir. Maktab tajribasida to’liq qisqartirib tahlab va qayta ijodiy hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ertak matnini qayta hikoyalash ancha oson, boshqa janrdagi asarlarni hikoyalash esa nisbatan qiyinroqdir.


Xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta'sirchanligi, o'tkirligi, ma'nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko'pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo'shilib ketadi.
Ertakning o'tkir, maroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi, unda ezgulik kuchining yaxshilikning doimo g'alaba qilishi bolalarni o'ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so'z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta'sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko'pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, ochko'z kishilar timsoli boiadi.
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o'quvchilar unda to'g'rilik, halollik g'alaba qilganidan, kambag'al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya'ni yaxshilik, ezgulik ro'yobga chiqqanidan va yomonlik, vovuzlik mahkumlikka uchraganidan qiivonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo'lishini istaydilar. Masalan, „Halollik" ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag'allarga yordam ko'rsatish, o'z mehnati bilan hayot kechirish bo'lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g'oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, „Hiylagarning jazosi" ertagida esa
(4-sinf) soddadilning to'g'riligi hiylagarning makri ustidan g'olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g'oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to'g'riso'zlilikning g'alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g'alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan.
Ertak bolalarda qahramonlarning hatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko'nikmasini o'stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g'alaba qozonishiga ishonch uyg'otadi. O'quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida „Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?)", „Nima uchun?", „... nima uchun jazolandi? (yoki rag'batlantirildi?)", „Nima uchun ertakdagi ba'zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba'zilaridan yuz o'giradi?)" kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar.
Boshlang'ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko'proq o'qitiladi. „Bo'rining tabib bo'lgani haqida ertak" (Anvar Obidjon), „Ko'zacha bilan tulki" kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o'qitiladi va tahlil qilinadi.
Ertak matni ustida ishlashda tanlab o'qish, savollarga javob berish, o'quvchilarning o'zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi.
Maktab tajribasidan ma'lumki, kichik yoshdagi o'quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o'qib tahlil qilganda, barcha ishlar matnning mazmunini yaxshi idrok etishga, sujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning hatti-harakati, o'zaro munosabatlarini to'g'ri tasawur etishga yo'naltiriladi. Bunda tanlab o'qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta. Masalan, „Odobli bo'lish osonmi?"
(A. Obidjon) ertagining mazmunini o'zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:.
1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o'qing. Sichqonchaning „Odobli bo'lish uchun nimalar qilish kerak?" degan savoliga onasi qanday javob qaytarganligini so'zlab bering.
2. Sichqonchaning mushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan o'rinni topib o'qing. Nima uchun „Shum Baroq" ko'zidagi yovuzlik birdaniga so'nadi?
3. Echki nima uchun Sichqonchani „Kam bo'lma" deb duo qiladi? Shu o'rinni topib o'qing.
Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida „Ertakning sizga juda yoqqan joyini topib o'qing", „Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting", „Hayotingizda ertakdagi voqealarga o'xshash voqealar bo'lganmi?" kabi savol-topshiriqlar yordamida o'quvchilarning ertak xulosasini tushunishlariga erishiladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, „Davlat", „Ilm afzal", „Hiylagarning jazosi"', „Hunarsiz kishi o'limga yaqin" kabi maishiy ertaklarni ham o'qiydilar. Bunday ertak­larda xalq o'z hayotini hikoya qiladi, shu sababli o'quvchilar ertakni o'qigach, o'tmishdagi xalq hayotini, o'y-fikrlari va orzu-istaklarini bilib oladilar.
Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar o'qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilaming xulq-atvori, ayrim hatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo'lib o'qiydilar.
Davlat" ertagi (4-sinf) oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakni o'qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofimizdagi tabiatni, borliqni qanday tasawur etishlari haqida suhbat o'tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o'zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarakterlarini to'g'ri tushunishga yor­dam beradi. „Davlat" ertagi matni ustida ishlash jarayonida o'quvchilar „Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?", „Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?" kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo'lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o'qishgagina etnas, balki uni aytib berishga o'rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og'zaki nutqni o'stiradi, bolalar nutqini yangi so'z va iboralar bilan boyitadi.
O'quvchilarni 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o'r­gatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni o'qituvchi aytib berishi mumkin.
O'quvchi ertak mazmunini o'zlashtirib olgandan so'ng, uning tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda o'quvchilarning o'z nutqida til vositalaridan o'rinli foydalanish talab qilinadi. Til vositalaridan foydalanish uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur.
Ertak tilida shunday so'z va iboralar borki, ular bolaga o'zgacha ta'sir ko'rsatadi. Masalan, „Yo'lbars, Tulki va Bo'ri" ertagida „Tog' echkisi siz ulug'imizniki bo'lsin", „Quyon siz podshohimizning ertalabki nonushtangiz bo'lsin", „Kiyik kechqurungi taomingiz, qo'y kunduzgi xo'ragingiz bo'lsin" kabi gaplar tarkibidagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarga o'quvchilar diqqati qaratilib, ertakni so'zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g'oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo'li bilan bog'lanishli nutqni o'stirish, nutqning ta'sirchanligini oshirish lozim. Masalan, „Rostgo"y bola" (1-sinf) ertagida bola o'z rostgo'yligi bilan podshoga ma'qul bo'lganligi hikoya qilingan. Bu ertakning yangi pedagogik texnologiya asosida o‘tish namunasini quyida keltiramiz:

Yüklə 329 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin