Pedagogika-psixologiya fakulteti


Mavzu: O‘zbek xalq ertagi «Rostgo‘y bola»



Yüklə 329 Kb.
səhifə5/17
tarix17.04.2023
ölçüsü329 Kb.
#99456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
3f7c5ff3780d4465b23684eaf93077cc Har xil janrdagi asarlarni o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Mavzu: O‘zbek xalq ertagi «Rostgo‘y bola»
Maqsad: To‘g‘ri, tez va ifodali o‘qish malakalarini takomillashtirish.
Matn ustida ishlash, tahlil qilish ko‘nikmasini mustahkamlash, o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish.
O‘quvchilar shaxsida to‘g‘riso‘zlik, rostgo‘ylik kabi ijobiy sifatlarni tarbiyalash.
Darsning shiori:
Biz nimaiki qilmaylik,
Barchasi zarur, kerak.
Bilim egallash uchun
Tinimsiz o‘qish kerak.
Darsning borishi:
1 - modul.
Uyga vazifani tekshirish.
"Maymun va duradgor" haqidagi ertak. Xattaxta oldiga lkki o‘quvchi chaqiriladi va ular galma galdan ertakni o‘qib, mazmunini so‘zlaydilar. Duradgor kim? U nima ish qiladi? degan savol beriladi va o‘quvchilarning javoblari to‘ldiriladi.
2 - modul. Quvnoq daqiqa.
O‘qituvchi: Yaxshi o‘qish uchun, yaxshi nafas olish kerak.
1) Nafas olishga oid mashqlar:
«Choyni sovit» «Gulni hidla» «Sharni shishir» «Changni hayda».
2) Ovoz mashqi; tovush mashqi: a, o, u, e, i, o‘.
-Quyidagi she’rni eshitib bugun qanday mavzu bilan tanishishimizni bilib olarsiz. Yaxshilab e’tibor qiling: To‘g‘ri so‘z bola. H.H.Niyoziy. (Qisqartirilgani)
Kelmog‘ida maktabidan bir o‘g‘il,
To‘xta debon ikki kishi to‘sdi yo‘l.
Dedi biri:" Tanga berurman sanga
So‘zla bir og‘izgina yolg‘on manga"
Berdi o‘g‘il fikr ila shirin javob:
"so‘zlang ako, qomatingizga qarab.
Bu so‘zingiz aslida yolg‘on erur
Tangaga yolg‘onni kim olg‘on erur".
Quyidagi skanerga qarab bugungi o‘rganadigan mavzumiz nomini va unga doir so‘zlarni toping.

b

r

o

s

t

g

o‘

y

b

r

o

o

b

o

l

a

ya

o‘

o

o

l

s

yo

l

g‘

o

n

r

l

s

a

t

a

n

g

a

k

k

a

t

r

g

k

i

sh

i

a

k

o

g

o

o‘

m

a

k

t

a

b

yu

o‘

s

y

s

o‘

z

i

ng

i

z

y

t

o

g‘

i

z

g

i

n

a

a

g



l

a

r

o

s

t

g

o‘

y

o‘



y



s

a

n

g

a

k

i

m

Bu jadvalda rostgo‘y (5 ta), bola (3 ta ), yolg‘on, tanga, kishi, ako, maktab, so‘zingiz, og‘izgina, sanga, kim so‘zlari borligini o‘quvchilar topadilar.
3 - modul.
Skanerdagi so‘zlarni qatnashtirib gaplar tuzing: Bir og‘izgina yolg‘on, rostgo‘y bola, yolg‘onchi kishi sanga tanga berurman, dedi va b. Kimlar shu so‘zlar vositasida ertak tuzib beradi.Bolalar o‘zlaricha tuzgan ertaklarini so‘zlab beradilar.
Bugungi o‘tadigan ertagimiz nomini topdingizmi? Bolalar aytadilar (Bo‘lmasa o‘qituvchi ertak nomini aytadi: "Rostgo‘y bola"). Kelinglar endi ertakni eshitib ko‘ramiz. Unda ba’zi notanish so‘zlarga duch kelasizlar. Ularning mazmunini sizlarga tushuntiraman: (xattaxtaga oldindan yozib qo‘yilgan bo‘lishi ham mumkin)
Podshoh - yurtni boshqaruvchi kishi.
Vazir - podshohning yordamchisi. Tadbir - o‘ylab qilingan ish. Xomush - xafa.


4-moduI.
Ertakni o‘qituvchi tomonidan o‘qish, ma’lum bir qismini o‘quvchilar davom ettirishi mumkin.
- Siz yolg‘on gapirgan bolalarni hayotda uchratganmisiz? (O‘quvchilar javoblari eshitiladi). Rost gapirishning ahamiyatini bilasizmi? O‘qituvchi rost gapirishning ahamiyati haqida o‘quvchilarning yoshiga mos tushuncha beradi va xalq maqollaridan aytadi (Masalan, "Boshingga qilich kelsa-da, rost gapir"... qolganini o‘quvchilar davom ettiradilar).
5 -modul. Mustaqil o‘qish.
Usul: o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birga ovoz chiqarib o‘qiy boshlaydi (o‘quvchilar faqat ko‘z bilan o‘qiydidar), o‘qituvchi jim bo‘lib, o‘qishni ichida davom ettiradi, o‘quvchilar esa ovoz chiqarib o‘qiydilar, keyin yana o‘qituvchi ovoz chiqarib o‘qiydi, o‘quvchilar ko‘z bilan o‘qiydilar va shunday o‘qish ertak oxirigacha davom etadi
O‘qish oldidan topshiriq: xattaxtada yozilgan so‘zlarni ertakda berilganday izchillikda, so‘zlar qo‘shib yozing:

  • Qadimda.

  • podshoh bo‘lgan.

  • Xomush bo‘lib yurgan.

  • Vazirning maslahati.

  • gul urug‘i,

  • farzand qilib olmoqchi.

  • vaqt o‘tibdi.

  • shahar aylanibdi.

  • gullarni ko‘rib o‘taveribdi.

  • ko‘zi tushibdi.

  • gullar qani?

  • qaynattirgan.



6 - modul.
Matnni tahlil qilish uchun savollar.
- Ertak qahramonlari kimlar?
- Quyidagi so‘zlar kim haqida yozilgan: xomush. farzandi yo‘q, gul urug‘i tarqattiribdi. (podshoh).
-Yaxshi farzand topish yo‘lini ertak qahramonlaridan kim maslahat beribdi? (vazir)
- Qanday yo‘l bilan rostgo‘y, aqlli bola tanlandi?
- Keyin nima bo‘ldi?
- podshoh gul urug‘ini nima qilgan ekan?
- Quyidagi hikmatli so‘zlardan qaysi biri ertak mazmunini to‘ldiradi?
1.Boshingga qilich kelsada rost gapir.
2.Yolg‘onning umri qisqa.
3.Boshingga nima kelsa tilingdan kelur.
4.To‘g‘rilik baxt keltirar.
(To‘g‘ri gapirgani uchun bola podshohga farzand bo‘ldi.).
Markazlarda ishlash.
Sinf jamoasi 5-7 kishidan tahlilchilar, o‘quvchilar, tilshunoslar, tadqiqotchilar (boshqalar ham bo‘lishi mumkin) kabi guruhlarga bo‘linib markazlarda ishlaydilar.
O‘qish markazi: «kitoblar olami». I guruh - o‘quvchilar.
Topshiriq: Ertakdagi ko‘rsatilgan qismni o‘qib, uni tiklash (Ertak kserokopiya qilinib, 7 qismga bo‘linadi. Har bir qismi kamalakning bir rangiga mos keladigan rangdagi qog‘ozlarga yopishtiriladi. O‘quvchilar bo‘lingan matnni tiklab, to‘liq javobni va kamalak rangini hosil qiladilar).
2 guruh - tahlilchilar.
Topshiriq: ijodiy daftarda ishlash (matnga savollar qo‘yish)
Yozuv markazi: «ijodiy ish».
Har bir o‘quvchining daftarida qahramonlar hislatlariga tegishli so‘zlar yozilgan: farzandi yo‘q, xomush, ko‘p bolalarni ko‘rdi, gulsiz tuvak ushlab o‘tirgan bolakay.
Topshiriq: Qahramonlarga taalluqli xislatlarni o‘qib, kimga tegishliligini ayting. Ertak qahramonlaridan kimga tegishli gap yo‘qligini aniqlang (vazirga tegishli gap yo‘q). O‘zingiz tanlang.
Ilmiy-tadqqiqot markazi.
Topshiriq: Ertakdagi qahramonlarga doir sifatlarni yozish va ularga taalluqli sifatlarni qahramon nomi bilan birga yozing.
Natijada quyidagi jadval hosil bo‘ladi: Xomush podshoh. Aqlli vazir. Rostgo‘y bola. Yolg‘onchi bolalar. Gulsiz tuvak. Prezedentatsiya:
Har bir markazdan bir bola chiqib, o‘z ishlarining yakuni haqida so‘zlaydilar.
O‘qituvchi:
Qarang xattaxtamizda
Hosil bo‘ldi kamalak.
Quvonchimiz cheksizdir
Chunki baxtlimiz beshak!
Uyga vazifa.
Har bir guruhga tegishli vazifalar alohida-alohida aytiladi.(bular ijodiy daftarda ishlash, diafilmlar tuzish, matndan bosh g‘oyalarni ajratib yozish, ertakdan olgan taassurotlari asosida rasm chizish va h.)
Darsni xulosalash.

  • Bu darsdan qanday yangilik o‘rgandingiz?

  • Sizga nima yoqdi?

  • Nima sizga yoqmadi, siz qanday bo‘lishini xohlar edingiz?

Demak dars yakunida ertak g'oyasiga mos shunday xulosaga kelinadi: „Boshingga qilich kelsa ham to'g'ri gapir". O'quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o'zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.
So'z ma'nolari ustida ishlashda boshlang'ich sinf o'quvchilariga mos bo'lgan usullardan yana biri rasmdan foydalanishdir. Masalan, 2-sinfda „Ko'ngilchan o'tinchi" ertagida qayin, eman, shumtol, zarang, zirk, tog'terak, qarag'ay, qayrag'och, chinor kabi daraxt nomlari keltirilgan. Ularni bola ko'z oldiga keltira olmaydi. Ertakni o'qishdan oldin shu daraxt rasmlarini ko'rsatib, uning o'ziga xos xususiyatlarini izohlash va nomlarini aytish lozim. Shundan so'ng didaktik o'yin o'tkaziladi. Bunda daraxt rasmlari bolalarga bo'lib beriladi. Har bir o'quvchi o'ziga berilgan rasmdagi daraxtning nomini aytishi va ertakdagi shu daraxtning so'zini o'z so'zlari bilan aytib berishi kerak bo'ladi.
Shu ertakni o'qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o'quvchilardan shaylanib, ro'parasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo so'zlarining ma'nosi so'raladi. Javoblar to'ldiriladi, umumlashtiriladi.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo'llangan badiiy vositalar. jonlantirish, metafora, mubolag'alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o'rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo'lishi mumkin:

  • Ertak bilan tanishtirish:

  • O'quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;

  • O'qituvchining ertakni ifodali o'qishi, yod aytib berishi va hokazo.

  • Ertakni o'quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o'tkazish;

  • Ertakni qismlarga bo'lib o'qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma'nodosh so'zlarni topish, lug'at ishi (ayrim so'zlar ma'nosini tushuntirish);

  • Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o'qish);

  • Ertakni so'zlab berish;

  • Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g'oyasini ochish);

  • Ma'lum topshiriq asosida ertakni qayta o'qish (ijodiy va mustaqil ishlar);

  • Vazifani tekshirish va yakunlash;

  • Uyda ertakni o'qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.




Yüklə 329 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin