Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘G‘risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari


Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə3/5
tarix29.04.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#104764
1   2   3   4   5
2-mavzu

Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar. Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiva deb nomlangan. «Akademiya» so'zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o'z shogirdlariga ma'ruzalar o'qigan bo'lib, keyinchalik ta'lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan. Qadimgi Rim va Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan. Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, quldorlik tuzumida bolalarni ta'lim maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular «pedagog» deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning ma'nosi «bola yetaklovchi» demakdir. Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizimli bilimlarni berish bilan doimiy shug'ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar.

Feodalizm davrida aksariyat maktablar masjid (musulmon mamlakatlarida) yoki ibodatxonalar (Hindiston) qoshida tashkil etilgan. Bunday maktablarda yoshlarga diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham o'rgatilgan. O'rta asrlar davrida, Sharqda akademiya ko'rinishidagi ta'lim muassasalari ham faoliyat yuritgan bo'lib, ular «Donishmandlar uyi» (IX asr, Bag'dod), «Ma'mun akademiyasi» (XI asrboshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqane) tarzida nomlangan.

XIX asr oxiri hamda XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidizm harakatining asoschilari, taniqli ma'rifatparvarlar — Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori, Hamza HIsmatulla Raxmatullayevakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriy,, Abdurauf Fitrat, Isohxon Ibrat va boshqalar aholi orasida nafaqat murabbiy, balki ma'naviy yetuk inson sifatida ham nom qozondilar. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo'lida olib brogan harakatlari tarbiya g'oyalarining shakllanishiga asos bo'lib xizmat qilgan.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin