Mashhur frantsuz faylasufi va adibi Volter «Guliston»dan xabardor bo‘lgan va ba’zi she’rlarida undan foydalangan. Taniqli frantsuz masalchisi Lafonten ham «Guliston»dagi hikoyat va naqllardan o‘z masallarida istifoda etgan. Ulug‘

rus shoiri A. S. Pushkin: «Sa’diy va Hofiz asarlarining pinhoniy asroriga yetgunimcha she’rlarimda quvonchbaxsh jihatlar va hayotdo‘stlik kam uchrardi», — degan edi.
Mumtoz shoirlarimiz bu ulug‘ so‘z sanatkoridan o‘rganganlar, ta’sirlanganlar. Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Xojaning «Gulzor», Abdulla Avloniyning «Turkiy «Guliston» yoxud axloq» asarlari bevosita Sa’diy «Guliston»i ta’sirida yaratilgan. «Devoni Foniy»da Sa’diy g‘azaliga 22 ga tatabbu’, uning tavrida 4 ta g‘azal mavjud.
1635 yili asar frantsuzchadan nemis tiliga tarjima qilingan. Shundan keyin boshqa g‘arb tillari, shuningdek, rus tiliga ham o‘girilgan. Rus tilida «Guliston» (1957. 1959) va «Bo‘ston» (1963) asarlarining mukammal tarjimalari bosilib chiqqan.

«Sa’diy yolg‘iz Eron emas, balki Osiyoning, Afriqoning hamma yerida hurmatli bir faylasufdir. Uning tarzi bayonining tarovatini va ifodasining qimmatini Ovrupo ilmu adab ahli ham ko‘pdan beri tan olganlar», — deb yozadi mashhur major olimi Xerman Vamberi. Buyuk nemis shoiri va mutafakkiri I. V. Hyote Sa’diyni «juda mahsuldor va fayzlp», «hayot tajribasi bilan boyigan juda yaxshi shoir» deb hisoblagan.
Bu asarni birinchi marta 1390—1391 yillarda XIV asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Sayfi Saroyi «Guliston bit-turkiy» nomi bilan Misrda tarjima qilgan.
Bu asarni birinchi marta 1390—1391 yillarda XIV asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Sayfi Saroyi «Guliston bit-turkiy» nomi bilan Misrda tarjima qilgan.
XIX asrda «Guliston» Xiva xoni Muhammad Rahimxon II — Feruz topshirig‘i bilan zabardast shoir va mohir mugarjim Muhammadrizo Ogahiy tomonidan ikkinchi marta o‘zbek tiliga tarjima qilinadi.
«Guliston»ning uchinchi tarjimasi toshkentlik mudarris va shoir Mullo Murodxo‘ja Solihxo‘ja o‘g‘li qalamiga mansub bo‘lib, u «Shavqi Guliston» deb atalgan
1968 yili «Guliston»ning to‘rtinchi tarjimasi bosilib chiqdi.