Ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari:
Bular: aldash, rashk, o’ch olish, adovat, bo’xton, irodasizlik kabilardir.
U fanlar tavsifi xakida ham fikr bildirgan. Olim birinchi o’ringa tibbiyot
fanlarini ko’yadi. Falsafani esa ikki guruhga-nazariy va amaliy guruhga bo’ladi. U
birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruxga fizika,
matematika, metafizika dunyo qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritgan.
Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib maktabda o’kitish zarurligini
ko’rsatadi va ta’limda kuyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: 1) bolaga
bilim berishda birdaniga kitobga band kilib ko’ymaslik; 2) ta’limda engildan
qiyinga 6ori shorkali bilim berish; 3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos
bo’lishi; 4) o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish; 5) bilim
berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 6) o’qitishni
jismoniy mashqlar bilan ko’shib olib borish.
3.4.. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asarida ta’lim-tarbiya
masalalari. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asari – pandno-ma asar
sifatida. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik
qarashlar.
Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asarida ta’lim-tarbiya
masalalari. Maqollar:
«Odamning olasi ichida – yilqiniki tashqi(sirti)da».
«Ho’kizning ortin oyog’i bo’lguncha, buzoqning boshi bo’lgan yaxshiroq»
«Tirishqoqning labi yog’liq, erinchoqning boshi qonlik».
«Odobning boshi – til»
«Ilon o’zining egriligini bilmay, tuyaning bo’ynini egri deydi»
«Ko’kka suzsa yuzga tushun».
«Bir qarg’a bilan qish kelmas».
«Keng to’n to’zimas, kengashli bilig artamas”.
«Kichikda qatiqlansa ulg’adu sevinur».
«Erdamsizdan qurt chertilur»
Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asari – pandno-ma asar sifatida.
«Qutadg’u bilig» - baxt-saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni
bildiradi. Demak asar nomidan ham uning pand-nasixat, ta’lim-tarbiyaga oid etuk
didaktik asar, xar tomonlama etuk insonni tarbiyalaydigan darslik ekanligi yaqqol
ko’rinib turibdi. «Qutadg’u bilig» asari Sharqda pandnoma turkumidagi an’anaviy
kitob tuzish tartibiga rioya kilingan xolda tuzilgan.
Avval nasriy muqadddima, so’ng 73 bobdan iborat kitobning mundarijasi
beriladi. Dastlabki o’n bir fasli debocha bo’lib, xamda, na’t va Qoraxonni madh
etish, ta’lim maqsadi, o’n ikki burj, tilning axamiyati, muallifning uzri, ezgulik
xaqida, bilim olishning axamiyati, kitobga nom berilishi, keksalikdan afsuslanish
kabi fasllardan iboratdir. O’n ikkinchi fasldan boshlab asosiy voqea bayoni e’tirof
etiladi. Lekin asarda to’rt qaxramon – Kuntug’di – adolat ramzi, vazir — Oyto’ldi –
davlat va baxt ramzi, vazirning o’g’li O’g’dulmish – aql ramzi, sifatida, O’zgurmish
– vazirning qarindoshi – qanoat timsoli o’rtasidagi munozara asosida xayotiy
masalalar bir-biriga bog’langan xolda bayon etilib, kitobni yozishdan o’z oldiga
ko’ygan maqsadga bo’ysundiriladi.
O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lar,
Bilim kimda bo’lsa, buyuklik bo’lar.
O’quv qut beradi, bilim – shon-sharaf,
Shu ikkov tufayli ulug’dir inson.
Yaxshi nom oladi, ko’r, ezgu kishi,
Yomonlar nasibi – el-yurt qarg’ishi.
U asrar nojo’ya ishdan hamisha.
– o’kinch,
Yomonga yaxshi bo’l, mayli har qachon.
O’lim tutmaguncha o’zgarmas yo’riq.
Dostları ilə paylaş: |