3-MAVZU: SHARQ UYG`ONISH DAVRIDA PEDAGOGIK FIKRLARNING RIVOJLLANISHI. SHARQ UYG`ONISH DAVRIDA TA`LIMIY-AXLOQIY FIKRLAR RIVOJI. MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI: 3.1. IX-XI asrlar – Sharq Uyg`onish davri. 3.2. Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari. 3.3. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning tarbiya va ta`lim haqida. 3.4. Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`otit-turk” asarida ta`limtarbiya masalalari. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg`u bilik” asari – pandnoma asar sifatida. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar. 3.5. Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati. Tayanch so’z va iboralar:Sharq Uyg`onish davri, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino, Mahmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Qobusnoma, javonmardlik 3.1. IX-XI asrlar – Sharq Uyg`onish davri. Arab xalifaligi yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, yagona Islom
dinining tarkib topishi madaniy xayotga xam ta'sir etdi. Madaniy xayotda yuz bergan
ko‘tarinkilik ma'naviy xayotda xam o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Ana shu
ko‘tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin va o‘rta Sharqni qamrab olganligi uchun
xam Sharq uyg‘onish davri deb ataldi. Bu uyg‘onish jarayoni IX asrdan boshlab XVXVI asrlargacha davom etdi.
Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg‘onish davri xalifalikning
Bag‘dod, Damashq, Xalab shaxarlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy
xayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning xam madaniy rivojlanishga zamin
tayyorlagan. Xalifalik yemirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi
madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi.
3.2. Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari. Xorazmiyning didaktik qarashlari. Asarlari: «Al jabr va al-muqobala»,
«Hind arifmetikasi xaqida kitob», «Yer satxini o’lchash», «Quyosh soatlari
to’g’risida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» va boshqalar.