Pedagogika universiteti tarix fakulteti


Kurs ishining o`rganilish darajasi



Yüklə 64,8 Kb.
səhifə2/8
tarix03.05.2023
ölçüsü64,8 Kb.
#106452
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi O\'zb

Kurs ishining o`rganilish darajasi: Mavzu ko’plab tadqiqotlarning diqqatini o’zida jalb etib keladi. Bu borada T.N.Qori Niyoziy, A.K.Valiyev, F.Ismoilov, G’.N.Najimov, M.Qoraxonov, X.P.Po’latov, S.Sh.Shermuhammedov, K.B.Buronov, T.Jurgenov, V.N.Mineev, G.Uvarov, I.Shtern, R.K.Qurbonov, U.X.Qoraboyev kabi tadqiqotchilarning ismlarini keltirish mumkin
Kurs ishining metodologik asosini: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tarixiy xotirani shakllantirish, o’zbek xalqining tarixiy – madaniy merosini o’rganish, milliy ma’naviy qadriyatlarni tiklash haqidagi fundamental ahamiyatga ega asarlari, fikr – mulohazalari, ko’rsatmalari va farmonlari tashkil etadi.
O’zbek tarixchi – olimlarining mustabid tuzum hukmronlik qilgan va ommaviy qatag’onlar uyushtirgan davr tarixini o’rganish jarayonida chiqargan ilmiy – nazariy xulosalari, milliy madaniy rivojlanishining ijtimoiy tarixiy xususiyatlari haqidagi fikrlari ilmiy ish uchun konsepsual ahamiyatga ega. Ilmiy ishda falsafaning milliy va umuminsoniy madaniyatlarning uzviy bog’liqligi, xalq madaniyati, san’ati, ijodining tadrijiy rivojlanishi qonunlariga buysunishi haqidagi hulosalarga ham tayanildi.
Kurs ishining ob`ekti: sifatida mustaqillikgacha bo’lgan davrda ma’daniyat musiqa ta`limi sohasidagi o’zgarishlar va amalga oshirilgan amaliy ishlar belgilab olindi.
Kurs ishining predmetini: mustaqillikgacha bo’lgan davrda ma’daniyat musiqa ta`limi sohasidagi olib borilgan islohotlar va faoliyatlar tashkil etadi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi: mustaqillik yillarida ma’daniyat va musiqa ta`limi sohasidagi rivojlanish bilan sovet tuzumi paytidagi islohotlarni, o`zaro o`xshash va farqli jihatlarini taqqoslash hamda haqqoniy baho berish tashkil etadi.
Kurs ishining amaliyotga tadbiqi: ushbu kurs ishidan o’rta maktablar, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida o’qitiladigan O’zbekiston tarixi, madaniyatshunoslik, ma’naviy asoslari kabi fanlarda foydalanish mumkin. Xuddi shuningdek ulardan darsliklar, o’quv rejalari va uslubiy qo’llanmalar tayyorlashda foydalansa ham bo’ladi.

Yüklə 64,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin