Pedagogika va psixologiya fakulteti “umumiy pedagogika”


Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar



Yüklə 170,67 Kb.
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü170,67 Kb.
#207297
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil va tanqidiy fikrlash

Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar

  1. O‘qitishning innovatsion metodlari o‘quvchilarda innovatorni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ularning ijobiy jihati shundaki, innovatsion metodlarni qo‘llash jarayonida professor-o‘qituvchilarning roli keskin darajada o‘zgaradi. Ular o‘quv jarayonida markaziy o‘rinni egallab, mazkur jarayonni boshqaradilar va uni tashkil etish bilan shug‘ullanadilar.

  2. Innovatsion o‘qitish maxsus tashkil etiladigan jarayon bo‘lib, u faqat auditoriyadagina amalga oshirilmaydi. O‘quvchilar o‘zlashtiradigan bilimlarning katta qismini ular mavjud pedagogik tajribalarni o‘zlashtirish natijasida egallaydilar.

  3. Bugungi kunda pedagogikada o‘qitishning bir qator modellari mavjud. Jumladan:

a) Passiv o‘qitish modeli – bu model doirasida ta’lim oluvchilar o‘quv jarayoni ob’ekti sifatida namoyon bo‘ladilar. Bunda o‘quvchilar tinglaydilar va ko‘radilar.
b) Faol o‘qitish modeli - ushbu jarayonda o‘quvchilar o‘qitish jarayoni ob’ekti sifatida faoliyat ko‘rsatadilar. Ular mustaqil ishlash, ijodiy topshiriqlarni bajarish ishlari bilan keng ko‘lamda shug‘ullanadilar.
v) Innovatsion o‘qitish modeli – mazkur o‘qitish jarayoni ta’lim oluvchilarning muntazam, faol munosabatlari va birgalikdagi harakatlari asosida amalga oshadi. Ushbu jarayonda o‘quvchi va professor-o‘qituvchi o‘quv jarayonining teng huquqli sub’ekti hisoblanadi.


UMUMIY XULOSA

  1. O‘quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish o‘qitishning guruhli shaklini amalga oshirish, jamoa bo‘lib ishlash, hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish imkonini berib, o‘quvchilarning kasbiy rivojlanishlariga asos bo‘ladi.

  2. Innovatsion o‘qitish jarayonida o‘quvchilar mustaqil rivojlanish sub’ektlari sifatida faollik ko‘rsatadilar. O‘quvchilar yangi axborotlarga nisbatan shaxsiy munosabatlarini bildirib, kasbiy tajribalarini boyitishga muvafaq bo‘ladilar.

  3. Oliy ta’lim muassasasida innovatsion o‘qitiish muhitini vujudga keltirmaslik bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash sifatiga ham keskin ta’sir ko‘rsatadi. Natijada o‘quvchilar amalda pedagogik yangiliklardan yetarlicha xabardor bo‘lmaydilar. Bu esa, o‘z navbatida,ulardagi innovatorlik, yaratuvchilikning rivojlanmasligiga, aksincha, so‘nib borishiga sabab bo‘ladi.

8. Innovatsion o‘qitish jarayonlarida o‘quvchilar mustaqil fikrlashlarining rivojlanganlik darajalarini o‘rganish maqsadida qo‘llaniladigan tashxislash metodlari quyidagilardan iborat ekanligini ular ongiga aniq yetkazish lozim. Jumladan:
a) o‘quvchilarning pedagogik ehtiyojlari, qiziqishlari, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarini tizimli tarzda o‘rganish, bunda ular faoliyatida uchraydigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish imkoniyatlarini aniqlash;
b) o‘quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan g‘oyalar, konsepsiyalar hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni izlab topish va oliy pedagogik ta’lim amaliyotiga joriy etish;
v) o‘quvchilarning innovatsion metodlar va texnologiyalarni o‘zlashtirish va qo‘llash jarayonidagi o‘ziga xoslik va ularning turli tuman ko‘rinishlarini aniqlash; bunda namoyish qilish, tasvirlash, ochiq darslar o‘tkazish, yangi manbalar ustida ishlash, ma’ruzalar tashkil etish, tajriba-sinov ishlarida ishtirok etish kabi ish turlaridan keng foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


Yüklə 170,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin