Pedagogika va psixologiya fakulteti “umumiy pedagogika”



Yüklə 170,67 Kb.
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü170,67 Kb.
#207297
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil va tanqidiy fikrlash

Tadqiqot maqsadi: O‘quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik jihatdan yoritib berish
Tadqiqot vazifalari:

  1. O‘quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirishni pedagogik muammo sifatida o’rganish

  2. O‘quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirishning o’ziga hosliklarini tahlil etish

  3. O‘quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirishni mazmunini o‘rganish

  4. O‘quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirishni ko’rgazmali metodlardan foydalanishning afzalliklarini ko’rsatib berish

Tadqiqot obyekti: O‘quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirishni jarayoni
Tadqiqot predmeti: O‘quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirishning mazmuni
Tadqiqotning ilmiy amaliy ahamiyati: tadqiqot natijasida ta’lim muassasalarida o‘quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqish

I-BOB O‘QUVCHILARDA MUSTAQIL VA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI


1.1-§ O‘quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirish muammosining ilmiy adabiyotlarda o’rganilganlik darajasi
О`quvchi-yoshlar tanqidiy fikrlashini о`rganishda zamonaviy didaktika о`qish jarayonida о`quvchilar psixik tanqidiy fikrlashi bilan shug`ullanuvchi ta’lim psixologiyasi yutuqlaridan foydalanadi. Ta’lim tizimida o`quvchi-yoshlarda tanqidiy fikrlashni o’stirishga xizmat qiladigan metodlar “Demokratik ta’lim uchun” konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan “Tanqidiy fikrlash uchun o’qish va yozish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan bo`lib, tanqidiy fikrlashning faol metodlarini ishlab chiqishda quyidagi asoslardan kelib chiqadilar: Tanqidiy fikrlash nima?
Fikrlash – o’qish, yozish, so’zlash va eshitishga o’xshash jarayon. U faol, muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, o’zida biror haqiqat to’g’risidagi fikrlarni qamrab oladi. Fikrlash kontekstdan tashqarida hosil qilinadigan ko’nikma emas.
Tanqidiy fikrlash ta’limiy dastur yoki kundalik hayotning umumiy kontekstidan yiroqlashgan sharoitda o’rganilishi lozim bo’lgan hodisa ham emas. Braun (1989) ta’kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlaridan ajratilgan o’quv ko’nikmalari ta’lim oluvchilarga ob’yektiv testlarni yaxshi topshirish imkoniyatini berishi mumkin, lekin ular bu ko’nikmalarni yangi vaziyatlarda qo’llay olmaydilar.
Rixer ta’biri bo’yicha o’rganish va fikrlashning ta’rifi kognitiv psixologiya, falsafa va multmedia madaniyati ta’limi sohasidagi tadqiqotlar natijalariga asoslanadi.
Tanqidiy fikrlash va o’rganish g’oya va tajribalarning turli – tumanligini pedagoglar tushungan va qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi. Tanqidiy fikrlash “yakkayu yagona to’g’ri javob”ni qabul qiladigan mentalitet jarayonida yuz bermaydi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallangan va esdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy fikrlashga olib boradigan tugallangan yo’l ham yo’q. Lekin tanqidiy fikrlovchilarning shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o’quv sharoitlari to’plami mavjud.
Uning uchun:
- tanqidiy fikrlash tajribasini egallashi uchun vaqt va imkoniyat berish;
- o`quvchi-yoshlarlarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
- turli – tuman g’oya va fikrlarni qabul qilish;
- o`quvchi-yoshlarlarning o’quv jarayonidagi faolligini ta’minlash;
- o`quvchi-yoshlarlarni kulgiga qolmaslikka ishontirish kerak;
- har bir o`quvchi-yoshlarning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o’zlarida ishonch hissini uyg’otish;
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim.
Shu munosabat bilan o’quvchi-yoshlar:
- o’ziga ishonchni orttirish va o’z fikri hamda g’oyalarining qadrini tushunish;
- o’quv jarayonida faol ishtirok etish;
- turlicha fikrlarni e’tibor bilan tinglash;
- o’z hukmlarini shakllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turishi lozim.
Vaqt. Tanqidiy fikrlash vaqt talab qiladi. Pirson, Xansen, Gordon (1979) lar ta’kidlashadiki, o’z fiklarini ijod qilish go’yo avvalgi g’oya, tasavvur, uchrashuvlar va tajribalarni arxeologik jihatdan tadqiq qilishga olib keladi.[4]
Shuning uchun ham:
- fikrlarini o’z so’zlari bilan ifodalash;
- o’zaro tanqidiy fikrlar almashish;
- o’z g’oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish;
- fikrlarni muayyan g’oyalar qiyofasida, qulay muhitda amalga oshira olish va o’z g’oyalarini to’la va aniq ifodalay olish.
Izn. Tanqidiy fikrlashda erkinlik bo’lishi uchun o`quvchi-yoshlar ma’qul va noma’qul narsalarni aytish, ular haqida fikrlash, ijod qilish uchun ruxsat olishlari lozim. O`quvchi-yoshlar yo’l qo’yiladigan holatlarni anglab olishgach, tanqidiy tahlil qilishga faol kirishadilar. Tanqidiy tahlilga izn olish onglilik tamoyiliga asoslanadi. Bunda tahlil va haddan oshish orasidagi farq aniqlab berilishi lozim. Tanqidiy fikrlashga izn fikrlash uchun chinakam maqsad bo’lgan do’stona hamda samarali sharoitda beriladi.
Rang-baranglik. O’quvchi-yoshlarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va g’oyalar paydo bo’ladi. Rang-barang fikr va g’oyalar yakkayu-yagona javob mavjudligi haqidagi tasavvur bartaraf qilingan chog’dagina yuzaga keladi. Fikrlarni ifoda qilish chegaralanganda o`quvchi-yoshlarlarning fikrlashiga chek qo’yiladi. Faqat birgina javob mavjud bo’lgan taqdirda xilma-xil vosita va jarayonlardan foydalanish joizki, uning yordamida o`quvchi-yoshlarlar ana shu javobni topa olsin.
Faollik. Tanqidiy fikrlash o’quvchi-yoshlarning faolligi bilan bevosita bog’langan. Odatda, o’quvchi-yoshlar sustkash tinglovchilar bo’lishadi, chunki ularda o’qituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli ularning bilimlari o’qituvchi mas’ul degan ishonch shakllanib qolgan. O’quv jarayonidagi o`quvchi-yoshlarning faol ishtiroki va o’qishlariga o’zlarining mas’ul ekanligiga tayyorligi tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi.
O`quvchi yoshlarlarni fikr yuritishga, o’z g’oyalari va fikrlari bilan o’zaro o’rtoqlashishga da’vat etish kabi pedagogik yondashuv ularning faolligini o’stiradi. Mixail Chikjentmixaliy (1975) ta’kidlaydiki, o’quvchilar o’sha murakkab darajadagi o’quv jarayonida faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan katta bahra oladilar va o’zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar.
Tavakkalchilik. Erkin fikrlilik tavakkalchilikka asoslanadi. Uning bilim faoliyatida qo’rqmay tavakkal qiluvchi insonlarni rag’batlantirib turish joizdir. Fikrlash jarayonida “ahmoqona g’oyalar” aql bilan tuzilmagan birikma va tushunchalar ilgari surilgan holatlar ham bo’lishi mumkin. O’qituvchi buni o’quv jarayonining tabiiy holati sifatida o`quvchi-yoshlarga tushuntirishi lozim.
O`quvchi-yoshlarni tavakkaldan holi bo’lgan, ya’ni g’oyalar qadrlangan, o`quvchiyoshlarning fikrlash faoliyatida faol ishtirokini yuqori motivatsiyalash imkoni bo’lgan muhitda o’ylash lozimligiga ishonch hosil qilish zarur.
Qadrlash. Tanqidiy fikrlashning omillaridan biri o`quvchi-yoshlarning fikrlash jarayonini qadrlashidir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida o`quvchi-yoshlar o’z g’oyalari, tasavvurlarining o’qituvchi tomonidan qadrlanayotganini tushungan holda chuqur mas’uliyat va e’tiborga yarasha javob qaytaradilar. O`quvchi-yoshlar o’z fikrlash jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar, unga va uning oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo’la boshlaydilar.
Qimmatlilik. Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida o`quvchi-yoshlar ularning fikrlari, o’z tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. O’qituvchi o`quvchi-yoshlardan muayyan materialni shunchaki qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo’lishi lozim. Bu esa o’quvchi-yoshlarda o’zgalar g’oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida o’quvchi-yoshlarga o’z fikri, o’ziga taalluqli bo’lgan g’oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini ko’rsata olish zarur. O’quvchi-yoshlarning o’zlari ham o’z fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari zarur. Ular o’z fikrining tushuncha va masalani muhokama qilish jarayonida o’ta muhim, shuningdek, katta hissa bo’lib hisoblanishini tan olishlari kerak.
O’zaro fikr almashuv. Fikrlash jarayoni o’quvchi-yoshlarning o’zaro fikr olishuvini ko’zda tutadi. O’quvchi-yoshlarning o’zaro fikr olishishi ularning bir – biridan o’rganishdagi o’rtoqchiligiga asos soladi. O’quvchi-yoshlardan fikrlovchi sifatida o’zlarida bo’lgan yirik fikr va oddiy xatoga bo’lgan qobiliyatlarini boshqalarga ochib berish talab etiladi. O’zaro fikr olishishda o’quvchi-yoshlardan diqqat bilan tinglash, o’zining qarashlar tizimini so’zlovchiga zo’rlab o’tkazish va boshqa so’zlovchilarni tuzatib turishdan o’zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban o’quvchi-yoshlar boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Keng doiradagi munozara oqibati o’laroq o’quvchi-yoshlar o’zlariga tegishli bo’lgan g’oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyati orta boradi hamda ularni o’z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan g’oyalari tizimiga tirkab boradi. F
ikrlash jarayonini tashkil etishda uni o’tkazishning bir necha modellari mavjud. Ular:
- o’ziga ishonch hosil qilish;
- ishda faol ishtirok etish;
- o’rtoqlar va o’qituvchi bilan fikr almashish;
- o’zgalar fikrini tinglay olish.
Oʻquvchilarning oʻquv jarayoniga nisbatan qiziqishlarini orttirish, ularning mustaqilligi va faolligini taʼminlash, tanqidiy tafakkurini shakllantirishga qaratilgan oʻquv-biluv jarayonini tarkib toptirish muhim ahamiyatga ega. Bu oʻrinda oʻquvchilarning bilimdonligiga erishish, ularning erkin mushohada yuritishlariga koʻmaklashish ehtiyoji avvalambor oʻqituvchilar tomonidan qondirilishi kerak.
Maʼlumki, mavjud ilmiy adabiyotlarda oʻquvchining bilimdonligi, uning mustaqil mushohada qilish koʻnikmalari koʻpincha “aql”, “aqllilik”, “ilmga chanqoqlik” tushunchalari bilan birga ishlatiladi. Ham pedagogik, ham psixologik jihatdan ushbu tushunchalar orasida muayyan farqlar mavjud.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy “aql” tushunchasi “bilimdonlik” kabi nisbatan kengroq tushuncha ekanligini taʼkidlab, uning bir qator daraja va sifatini ajratib bergan edi1. Ushbu sifatlarning bir qismi bilimdonlikka ham tegishlidir.
oʻquvchilarining refleksiv mushohada yuritish tayyorlashning ilmiy-pedagogik va amaliy texnologik jihatlari M.Abdullayeva, A.Nurmanov va boshqalar, aqliy tarbiya muammolari va ularni darslarida amalga oshirish muammolari B.Mirzahmedov, N.Mamadiyorov, A.Abduvahobovlar tomonidan tadqiq etilgan.
Shu bilan birga ilmiy manbalar tahlili umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilarida ta’lim muassasasioʻquvchilarida tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish masalasi bozor iqtisodiyoti sharoitida toʻlaqonli oʻrganilmagan. J.Hasanboyev, X.Sariboyev, G.Niyozov, O.Hasanboyeva, M.Usmonboyevaning taʼkidlashlaricha, kichik maktab yoshidan oʻtgan o‘quvchilar (oʻsmirlik davri 11-12-yosh)da ham oʻqish muhim oʻrin tutadi, ammo talablarning oshishi ayrim holatlarda fanlarni oʻzlashtirishda “pastlashish” holatini keltirib chiqaradi.
Demak, oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda pedagogik-psixologik uzviylik va uzluksizlikni inobatga olish ta’lim muassasasioʻqituvchilarining doimiy diqqat markazida turgan vazifa boʻlishi lozim.
Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish boʻyicha maxsus tizimli ishlarga ehtiyoj borligi, uning uchun oʻquvchilarni maxsus tayyorlash zarurligi koʻrsatilgan. Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashlarini shakllantirishda ularning obyektiv va hissiy bilish imkoniyatlarini rivojlantirish bilan birga didaktik topshiriqlar majmui, maxsus metodikalar, oʻquvchilarga pedagogik taʼsir koʻrsatish mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi. Tadqiqotning maqsadi oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish zarurati, pedagogik taʼsir koʻrsatish mexanizmlarini очиб беришдан иборат.
O‘quvchilarning fanlarga boʻlgan qiziqishlarini oshirish va ularning oʻzlashtirish darajasini aniqlash, bashorat qilish, taʼlim jarayonida interpretatsiya metodlaridan oqilona foydalanish uchun taʼlim jarayonidagi psixologik va pedagogik xususiyatlarni aniq tasavvur eta olish lozim. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish uchun oʻqituvchi oʻquvchilarning fanlar boʻyicha individual xususiyatlarining raqamli koʻrsatkichlarini aniq tasavvur etgan taqdirdagina ushbu pedagogik jarayonni obyektiv tafsirlash imkoniyatiga ega boʻladi.
. Bunda pedagogik diagnostikadagi shkalalar va solishtirish metodlaridan oʻrinli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Miqdor haqida gapirilganda “empiric miqdor” iborasining maʼnosini tahlil qilishga toʻgʻri keladi. Diktantda toʻgʻri yozilgan soʻzlar “empirik faktlar miqdorini” tashkil qilishi mumkin. Agar diktantda Asror 44 soʻzni, Akbar 34 ta soʻzni, Mohira 28 ta soʻzni xatosiz yozgan boʻlsa, biz faqat Asrorda Akbarnikidan, Akbarda Mohiranikidan toʻgʻri soʻzlar koʻpliginigina emas, balki Asrorda Mohiranikidan toʻgʻri soʻzlar koʻpligini ham nazarda tutamiz. Empirik faktlar biri-biri bilan maʼlum munosabatda boʻladi. Miqdoriy oʻlchov buni aniq koʻrsatishi kerak. Lekin sheʼrni ifodali oʻqigan, badiiy asar kompozitsiyasini toʻliq aks ettirgan ta’lim muassasasioʻquvchilarni, ularning fanni oʻzlashtirish darajasini bunday oʻlchash qiyin. Shu sababli bugungi kunda oʻlchashning darajaga mos quyidagi shkalalar mavjud:
● nominal shkala;
● tartibli shkala;
● intervali shkala
● munosabat yoki proporsiya shkalasi. Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda pedagogik-psixologik uzviylik va uzluksizlikni amalga oshirishda maʼlumotlarni tahlil qilishning obyektivligi alohida qiziqish uygʻotadi1.
Anʼanaviy baholash tizimida maʼlumotlarni tahlil etishda obyektivlik past boʻladi. Masalan, bitta yozma ishni turli oʻqituvchi turlicha baholaydi, yaʼni baho obyektiv boʻlmaydi. “Ishonchlilik” deganda oʻrganilgan u yoki bu aniq belgining ishonchlilik va aniqlik darajasi tushuniladi. Agar biror belgi yuqori darajadagi aniqlik bilan oʻlchansa, uning aks etish darajasi shkalada bitta yagona aniq tada tutashadi.
Aniq va uncha aniq boʻlmagan oʻlchov haqida gapirilganda quyidagicha Misolni keltirish mumkin: masofa 4188 mmni tashkil qiladi, yoki masofa 4 metrga yaqinni tashkil qiladi. Oʻlchovning ishonchlilik darajasi ishonchlilik koeffisienti bilan aniqlanadi. “Validlik” oʻlchov sifatining muhim metodik talablaridan biridir. Validlik haqiqda ham oʻlchash talab etilayotgan narsa oʻlchanganligini absolyut ishonch hosil qilinganligi (yoki boshqa narsa oʻlchanganligi )ni aniqlaydi. Test metodikasida validlikning quyidagi turlari uchraydi:
● mazmunning validligi;
● natijaning validligi;
● prognozning validligi
; ● konstruktiv validlik. Oʻlchov sifatining yuqoridagi muhim uchta talabi bilan birga adabiyotlarda quyidagi mezonlar keltiradi: – testning oʻlchamli boʻlishi ( normalangan testlar);
– testning solishtirma boʻlishi (test oʻzining egizagi, alternativ bilan taqqoslanadi);
– testning tejamli boʻlishi,
– testning foydali boʻlishi
Oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirish darajasini oʻrganish uchun mashhur kuzatuv metodidan foydalanish koʻp hollarda o‘quvchilarning aqliy rivojlanishlarini tashxislar uchun qoʻl keladi.
Maʼlumki, kuzatish metodi ancha murakkab boʻlib, nazarda tutilgan maqsad: yoshlarning oʻzaro, kattalar va yoshlar oʻrtasidagi muloqotning taʼsir kuchini, ularning individual farqlarini qiyoslash uchun ham qoʻllaniladi3. Ta’lim muassasasioʻquvchilarining izchil tanqidiy fikrlash darajalarini yozma ishlar yozdirish yordamida ham aniqlash mumkin.
Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashning shakllanganlik darajasini aniqlash uchun ular bilan turli mavzularda muloqot darslarini oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash darajalari quyidagi koʻrsatgichlar orqali aniqlanishi mumkin:
● ifodalangan tanqidiy fikrning obyektivligi.
● shunday fikr bildirishga asos boʻlgan dalillarning ishonchliligi.
● oʻquvchi tomonidan bayon qilingan fikrning validliligiga koʻra.
Oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash darajalarini aniqlashda ularning barchasi uchun aynan bir xil qulaylikdagi pedagogik vaziyat vujudga keltirilishi kerak. Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda ular tomonidan bayon qilingan fikrlarning obyektivligi alohida pedagogik ahamiyatga ega.
Oʻquvchining yozma ishini baholaganda bayon qilingan fikrlarning obyektivligi, haqqoniyligiga alohida eʼtibor qaratish lozim. Oʻquvchi tomonidan bayon qilingan tanqidiy fikrning ishonchliligi u keltirgan dalillar bilan belgilanadi. Dalillar qanchalik haqqoniy boʻlsa, ifodalangan fikr ham shunchalik ishonchli boʻladi. Agar biror dalil ifodalangan fikrning aniqligini ifodalasa, xuddi shu dalil fikrning ishonchlilik darajasini taʼminlaydi.
Tanqidiy fikrlashning valiyligi uning qay darajada ekanligini belgilaydi. Fikrning validligi uning darajasini aniq ifodalaydi, yuqori darajada tanqidiy fikrlovchi oʻquvchilar, oʻrtacha tanqidiy fikrlovchi oʻquvchilar yoki past darajada tanqidiy fikrlovchi oʻquvchilar kabi. Oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash darajasini oʻrganish uchun ularning muloqotga kirishish jarayonlarini kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kuzatish metodidan oʻquvchilarning fikrlash va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qiyoslashda keng foydalaniladi1. Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashning shakllanganlik darajasini tashxislarda kuzatish metodi muhim ahamiyat kasb etadi.
Kuzatish metodi ta’lim muassasasidagi oʻquvchilarning dunyoqarashi, aqliy rivojlanishi, fikr yuritish dinamikasi, xulosalar chiqarishdagi mustaqil fikr bayon qilishi, faol nuqtai nazarini oʻrganish va tahlil qilishga yordam beradi. Ta’lim muassasasi oʻquvchilarining faol darajada tanqidiy fikrlashlari ularning asab tizimlaridagi qoʻzgʻalishlariga ham bogʻliqdir. U qoʻyidagilarda namoyon boʻladi: – fikr ifodalash jarayonida oʻzlari duch keladigan qiyinchiliklarni bartaraf eta olishlari; – maqsadga erishish yoʻlida qatʼiylik koʻrsatishlari; – oʻz oʻquv faoliyatlari davomida intensivlik va mahsuldorlikni saqlab qolgan holda, uzoq muddat mobaynida u darajada qiziqarli boʻlmagan topshiriqlarni bajaraolishlari; – turli oʻquv vaziyatlarida mahsuldor faoliyat koʻrsatib qatʼiy fikr ifodalay olishlari; – muloqot va munozaralar davomida mustaqillikka intilishlari; – yangi oʻquv vaziyatlarida oʻzlarining notanish, kashf qilinmagan qirralarini namoyon qila olishlari kabilar.
Ta’lim muassasasi oʻquvchilarida tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik tizimni vujudga keltirishda bir qator savollarga javob izlash lozim:
1. Ta’lim muassasasi oʻquvchilarida tanqidiy fikrlash qanday pedagogik-psixologik sharoitlarda shakllantiriladi?
2. Ta’lim muassasasioʻquvchilarining tanqidiy fikrlashiga qanday talablar qoʻyiladi?
3. Ta’lim muassasasioʻquvchilarida tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish jarayoniga xos texnologiya jihatlari nimalardan iborat?
Oʻquvchilarning fikrlash faoliyatlarida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ularda qiziquvchanlik, oʻtkir zehnlilik, mustaqillik, oʻqishga qiziqish va ijodga intilish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. Empirik oʻrganish natijalari. Fikrimizcha, ta’lim muassasasioʻquvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirishda muammoli taʼlim usullaridan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ongiga yangiliklarni singdirish orqali tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini tarkib toptirish real pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirishni talab qiladi. Bu jarayon turli taʼlim-tarbiya konsepsiyalari, nazariyalari yordamida loyihalashtirilib, taʼlim tizimi muassasalariga tatbiq etiladi.
Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashlarini shakllantirishda ularning obyektiv va hissiy bilish imkoniyatlarini rivojlantirish lozim. Buning uchun didaktik topshiriqlar majmui, maxsus metodikalar, oʻquvchilarga pedagogik taʼsir koʻrsatish mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi. Yuqoridagi ta’kidlardan quyidagilarni xulosa qilish mumkin:
1. Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish boʻyicha maxsus tizimli ishlarga ehtiyoj mavjud.
2. Tanqidiy fikrlash – oʻquv auditoriyasidagi ruhiyatni oʻzgartira oladigan strategiyalar majmuidir, ya’ni mashgʻulot oʻqituvchi va o‘quvchilarning ijodxonasiga aylanadi. Bunday jarayonda o‘quvchilar izlanishlar, o‘rganishlar natijasida manbalardan unumli foydalanish orqali mustaqil fikrlash va mustaqil tafakkur yuritishni o‘zlashtira oladilar.
3. Ta’lim muassasasi oʻquvchilarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, oʻquvchilar tomonidan bayon qilingan turlituman fikrlar va gʻoyalarni bagʻrikenglik bilan qabul qilish hamda ularning oʻquv jarayonidagi faolligini ta’minlash, har bir o‘quvchida uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi ishonchni qaror toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam ragʻbatlantirish, pedagogik taʼsir koʻrsatish mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi.
Xulosalarimizga binoan quyidagi amaliy takliflarni berishimiz mumkin:
1. Tanqidiy fikrlashni turli yoʻllar bilan belgilash mumkin boʻlsada, uning asosiy tarkibiy qismi –qoniqarli natijaga erishish istagi haqida umumiy kelishuv mavjud va bunga oqilona fikrlash va natijalarga yoʻnaltirilgan ish orqali erishish kerak.
2. Oʻquvchilar oʻziga ishonchni orttirish va oʻz fikri hamda g’oyalarining kadrini tushunishi, oʻquv jarayonida faol ishtirok etishi, turlicha fikrlarni e’tibor bilan tinglashi, oʻz hukmlarini shakllantirishi lozim. Oʻquvchi-yoshlarni tanqidiy fikrlashga oʻrgatish maqsadida oq’ituvchi o’quv mashgʻulot jarayonida rang-barang fikrlar, faollik, tavakkalchilik, fikrlarni kadrlash, fikrlarning qimmatliligi, oʻzaro fikr almashuv, tankidiy fikrlarni ta’minlovchi savollarga ustuvorlik berishi lozim



Yüklə 170,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin