Pedagogika va psixologiya fakulteti “umumiy pedagogika”


Birinchi bob yuzasidan xulosa



Yüklə 170,67 Kb.
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü170,67 Kb.
#207297
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil va tanqidiy fikrlash

Birinchi bob yuzasidan xulosa
Xulosa o`rnida shu alohida ta’kidlash joizki, axborotlarni chorlash, o’ylab ko’rish va fikrlash metodikalaridan foydalanish quyidagi muhim vazifalarni yechish imkoniyatini beradi:
- o’quvchi-yoshlarga maqsadlarini anglab olishga yordam beradi; - mashg’ulotlarda faolligini ta’minlaydi;
- samarali munozaraga chorlaydi;
- o’quvchi-yoshlarning o’zlari savollar tuzishi va uni savol tarzida bera olishi uchun yordam beradi;
- o’quvchi-yoshlarga o’z shaxsiy bilimlarini ifoda qilishga yordam beradi;
- o’quvchi-yoshlarning shaxsiy mutolaasi motivatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi;
- har qanday fikrlarga bo’lgan hurmat kayfiyatini yaratadi;
- o’quvchi-yoshlarda personajlarga bo’ladigan iztirobini o’stirishga yordam beradi;
- o’quvchi-yoshlarda qadrlanadigan fikrlashga sharoit yaratadi;
О`z tanqidiy fikrlashini maqsadga qaratish va motivlashtirish qobiliyatiga ega bо`lish, о`z istak-mayllarini faol boshqarishga qobillik, har bir daqiqa о`z shaxsini takomillashtirishda foydalanish uchun vaqtni qadrlash eng muhimdir.
Shuningdek o'qituvchilar uzluksiz ta’limda buni targ„ib qilish uchun yetarli darajada tayyor bo'lishlari uchun mavjud amaliyotlar orqali tanqidiy fikrlashni o'rgatish bo'yicha yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishlari kerak. O'qituvchilarning idrokiga alohida e'tibor qaratilgan ushbu tadqiqot boshlang’ich sinf o'qituvchilarining kasbiy rivojlanishi kontekstida “Tanqidiy fikrlashga oid amaliy kontekstlar”ni targ’ib qilish asoslarini aniqlashga yordam beradi. Natijalarning dolzarbligi “Tanqidiy fikrlashga oid amaliy kontekstlar” bo'yicha innovatsion o'qitish usullari bilan shug’ullanadigan turli manfaatdor tomonlar (o'qituvchilar, maktab direktorlari, siyosatchilar, tadqiqotchilar o'rtasida kelajakdagi ta'lim tadqiqotlari va dizayni uchun ishlatilishi mumkin.

II BOB . O‘QUVCHILARDA MUSTAQIL VA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI


2.1-§ O‘quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirishda innovatsion metodlardan foydalanish yo’llari

Innovatsion o‘qitishning o‘ziga hosligi -bu tizimda professor-o‘qituvchi bilan o‘quvchining muntazam tarzda amalga oshiriladigan birgalikdagi faoliyati muhim o‘rin egallaydi. Chunki har bir o‘quvchining o‘ziga xos imkoniyatlari va ehtiyojlari mavjud.


Innovatsion o‘qitish jarayonida o‘quvchilar jismoniy, ijtimoiy hamda o‘rganiladigan ta’lim mazmuni bilan o‘zaro munosabatga kirishadilar. Ushbu har uchala faollik ko‘rinishlari rang-barang shakllarda ta’lim jarayonida ishtirok etadi. Jumladan:

  • jismoniy – o‘quvchilarning ish o‘rinlarini o‘zgartiradilar, boshqa joyga o‘tiradilar, muloqotga kirishadilar, yozadilar, tinglaydilar, chizadilar, ijodiy faoliyat ko‘rsatadilar;

  • ijtimoiy – savollar beradilar, javoblar qaytaradilar, o‘zaro fikr almashadilar;

  • bilish – professor-o‘qituvchilar bayon etgan fikrlarga o‘zgartirishlar kiritadilar, uni to‘ldiradilar, o‘zlari mustaqil tarzda muammolarga yechim topadilar, kasbiy tajriba manbai sifatida namoyon bo‘ladilar.

Innovatsion o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • o‘quv fanining mazmuni;

  • ta’limiy ta’sirning shakllantirilishi;

  • o‘quvchilarning o‘quv faoliyati;

  • o‘quvchilar o‘quv faoliyatining nazorati;

  • o‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalarining bahosi;

  • teskari aloqa(refleksiya) kabilar.

Mazkur tizimning tarkibiy qismlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ular bir-biridan mustaqil tarzda mavjud bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham innovatsion o‘qitishning barcha tarkibiy qismlari o‘zaro aloqadorlikda tahlil etilishi kerak.
O‘quvchilarga nisbatan ta’sirning shakllanishi muayyan o‘quv fani doirasidagi nazariy materialar bilan muvofiq tarzda amalga oshiriladi. Ta’limiy ta’sir yangi o‘quv materialining bayoni yordamida vujudga keladi. Bunda amaliy topshiriqlar, mashqlar, misollar, metodik ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar, tushuntirishlar, o‘rganilayotgan materiallardan olingan lavhalarning namoyishi katta ahamiyatga ega.
O‘quvchilarning o‘quv faoliyati ularning o‘quv materiallarini idrok etishlari, eslashlari, ular ustida fikrlashlari, o‘z bilimlarini amaliy faoliyatlarida qo‘llashlari jarayonida mustahkamlanadi.
Innovatsion o‘qitish jarayonining o‘ziga xos farqli jihati bu tizimda o‘quvchilarning o‘quv faoliyati o‘z-o‘zidan nazorat qilinishidadir. Nazoratning natijalari o‘quvchilar bilim darajasini baholashda hisobga olinadi. Shu asosda teskari aloqa orqali navbatdagi o‘quv faoliyatining samarali amalga oshishiga ta’sir ko‘rsatiladi. Shu tariqa innovatsion o‘qitishning boshqa bir farqli jihati muayyan o‘quv faoliyati jarayonidagi teskari aloqa orqali o‘quvchilar faoliyatiga tezkorlik bilan tuzatishlar kiritish imkoniyatining mavjudligida o‘z ifodasini topadi. Bu, birinchi navbatda, aniq bir o‘quvchining bilim darajasi, u yo‘l qo‘ygan xatolar, uning ehtiyojlari bilan bevosita bog‘liq.
Ma’lumki an’anaviy ta’lim jarayonida professor-o‘qituvchilarda har bir o‘quvchining bilish darajalarini nazorat qilish imkoniyati mavjud emas edi. Innovatsion o‘qitish jarayoni esa professor-o‘qituvchilarga o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tezkor boshqarish imkonini beradi.
Innovatsion o‘qitish jarayonida an’anaviy avtoritar uslub o‘zgaradi. Buning natijasida professor-o‘qituvchilar maslahatchi mavqeini egallaydilar. Bu jarayonning vazifalari esa o‘quvchilarning o‘z-o‘zlarini namoyon qilishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ta’lim oluvchilarning tashabbus ko‘rsatishlari uchun keng yo‘l ochish, muammolarni mustaqil yechishlariga imkoniyat berish, yangi ma’lumotlarni to‘plashlari uchun zarur moddiy-texnik bazani vujudga keltirishdan iborat.
Innovatsion o‘qitish jarayoniga muvofiq keladigan texnologiyalarni qo‘llash orqali ham o‘quvchilarni kreativ faollikka undash, o‘qitish jarayonida tashkiliy, mazmun bilan bog‘liq, jarayonli, yo‘naltiruvchi holatlarini ajratish mumkin. Bunday holatlarning har bir muayyan g‘oyalarga muvofiq keladi. O‘quv jarayonining dastlabki jihatini mazmunga asoslangan umumlashmalar, o‘quv materiallarini muvofiqlashtirish, o‘quv fanlarini integratsiyalash, didaktik birliklarni mustahkamlash kabilar tashkil etadi.
Innovatsion o‘qitish metodlarning yana bir o‘ziga xos xususiyatlarining tavsifi o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlarida xayrixohlik, birdamlik, hissiy-ma’naviy umumiylikni vujudga keltirish bilan tavsiflanadi. Bunda innovatsion metodlarni qo‘llash natijasida ta’lim oluvchilar idrok etish jarayonining teng huquqli ishtirokchilari sifatida namoyon bo‘lib, ularning tajribasi o‘quv-biluv faoliyatining manbai sifatida xizmat qiladi. Bu jarayonda professor-o‘qituvchilar o‘quvchilarga tayyor bilimlarni taqdim etmaydilar, balki ularni mustaqil izlanishga undaydilar. An’anaviy o‘qitishdan farqli tarzda innovatsion o‘qitish jarayonida o‘quvchilar bilan professor-o‘qituvchilarning o‘zaro birgalikdagi harakatlari o‘zgaradi. Jumladan, professor-o‘qituvchining faolligi o‘quvchilar faolligi bilan o‘rin almashadi. Pedagoglarning vazifasi esa o‘quvchilarni tashabbuskorlikka undashdan iborat bo‘ladi. Professor-o‘qituvchilar o‘quvchilarga ma’lumotlarni taqdim etuvchi sub’ekt va ularga ko‘maklashuvchi maslahatgo‘y vazifasini bajaradilar. Shu o‘rinda interaktiv metodlar umumiylik xarakteriga egami? degan savol tug‘iladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, innovatsion o‘qitish metodlari hech qachon ma’ruza mashg‘ulotlari o‘rnini bosa olmaydi. Biroq ular ma’ruza materiallarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun imkoniyat yaratib, bu jarayonda o‘quvchilarda fikr, munosabat, xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Shu nuqtai-nazardan, o‘qitishning innovatsion metodlari ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishda o‘ziga xos quyidagi ustuvor jihatlarga ega:
a) o‘quvchilarda o‘quv jarayoniga nisbatan qiziqish uyg‘otadi;
b) har bir o‘quvchining o‘quv jarayonidagi faol ishtirokini rag‘batlantiradi;
v) har bir o‘quvchining his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatadi;
g) o‘quvchilarning o‘quv materiallarini samarali o‘zlashtirishlari uchun imkoniyat yaratadi;
d) o‘quvchilarga ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatadi;
ye) teskari aloqani amalga oshirish imkonini beradi;
yo)o‘quvchilarda fikrlar, munosabatlar, kreativ faoliyat tajribalarini shaklantiradi;
j) o‘quvchilarda hayotiy-kasbiy ko‘nikmalarni shakllantiradi;
z) o‘quvchilar xulq-atvorining o‘zgarishi uchun qulaylik yaratadi.
Innovatsion jarayonida o‘quvchilar o‘z imkoniyatlarini to‘laligicha namoyon eta oladilar. Ular o‘zaro axborotlar almashadilar, muloqotga kirishadilar, qadriyatli yo‘nalishlarini boyitish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Innovatsion o‘qitish jarayonida talalbalar o‘zaro hamkorlik jarayonining teng huquqli sub’ektlari sifatida namoyon bo‘ladilar.
Innovatsion o‘qitish jarayonida o‘quvchilar mustaqil rivojlanish sub’ektlari sifatida faollik ko‘rsatadilar. O‘quvchilar yangi axborotlarga nisbatan shaxsiy munosabatlarini bildirib, kasbiy tajribalarini boyitishga muvafaq bo‘ladilar. Masalan, o‘quvchilarda innovatorni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodlarni qo‘llash jarayonida buni yaqqol ko‘rish mumkin. O‘z kasbiy tajribalarini oshirish jarayonida o‘quvchilarning ichki quvvatlari namoyon bo‘ldi.
Innovatsion o‘qitish jarayoni sub’ektlarning teng huquqli dialoglari asosida tashkil topadi. Shuning uchun ham innovatsion o‘qitish jarayonida faoliyat shakllarini qo‘llashda keng ko‘lamli improvizatsiya uchun yo‘l ochiladi. Innovatsion o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda innovatorni rivojlantirish uchun qulay pedagogik muhit vujudga keladi. Har bir o‘quvchining ichki quvvatlari ro‘yobga chiqishida guruhdagi barcha o‘quvchilar muhim o‘rin egallaydilar. Shuning uchun ham interaktiv o‘qitish jarayonida jamoaviy o‘quv jarayonining asosiy prinsiplari va tarkibiy qismlari yaqqol namoyon bo‘ladi.
Innovatsion o‘qitish jarayoni o‘zida har qanday usullar, yo‘llar, ularni ishlab chiqish metodlari, o‘quv jarayonini tashkil etish va takomillashtirish mexanizmlarini mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham mazkur jarayon quyidagi didaktik talablarga javob berishi kerak:
a) innovatsion ta’lim jarayonini tashkil etish hamda uning sifatini tekshirish va nazorat qilishda o‘quvchilarning tavsifnomalari, talablari, ehtiyojlari, o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
b) innovatsion o‘quv jarayonining barcha bosqichlarini amalga oshirishda o‘quvchilar va professor-o‘qituvchilarning hamkorligini tashkil etish;
v) o‘quvchilarning o‘zlari uchun zarur bo‘lgan kasbiy kompetensiyalarni egallashlaridagi faolliklari, tashabbuskorliklari, innovatorliklari, yaratuvchiliklarini ta’minlash;
g) innovatsion o‘qitish jarayonini bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatiga imkon qadar yaqinlashtirish;
d) innovatsion o‘quv jarayoni natijalarini amaliyotga tatbiq etish orqali o‘quvchilarning istiqboldagi kasbiy faoliyatini rivojlantirish;
ye) o‘quvchilarning kasbiy-pedagogik faoliyat sohasiga xos bo‘lgan kompetensiyalarni egallash va o‘zlarini mustaqil rivojlantirishlarini ta’minlash kabilar.
Ko‘plab ilmiy manbalarni tahlil qilish natijasida biz kasbiy-pedagogik ta’lim jarayonida amalga oshiriladigan innovatsiono‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. O‘qitishning innovatsion metodlari va texnologiyalari o‘quvchilarning ta’limiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltiriladi. Jumladan:

  1. Innovatsion o‘qitish jarayonining mazmuni bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilimlarni egallash ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. bunda o‘quvchilarning shaxsiy quvvatlari, nuqtai nazarlari, bilim darajalarini aniq hisobga olish talab etiladi.

  2. Innovatsion o‘qitish jarayonida o‘quvchilar o‘z kuchlariga nisbatan qo‘shimcha ishonch hosil qilib, umuminsoniy qadriyatlarni o‘zlashtirib, o‘z o‘quv faolyaitlari uchun mas’uliyat hissiga ega bo‘ladilar.

  3. Treninglar, ishchan o‘yinlar yordamida o‘quvchilar muntazam tarzda o‘z mavqelarini aniqlashga muvaffaq bo‘ladilar. Chunki jamoaviy ish shakli muntazam tarzda o‘z mavqeini aniqlash, o‘z nuqtai nazarlarini qat’iyat bilan himoya qilishni talab etadi. Buning natijasida guruh a’zolari bilan kelishgan holda umumiy yechimlar qabul qilinadi hamda o‘quvchilarda yaxlit komanda bo‘lib ishlash, bu jarayonda o‘z qobiliyatlarini namoyon qilish ko‘nikmalari shakllantiriladi.

  4. Innovatsion o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil tarzda mustaqil fikrlashlarini namoyon qiladilar, faol tarzda kasbiy sifatlarni o‘zlashtiradilar.

  5. O‘quvchilar o‘zlari o‘zlashtirgan bilimlarni va kasbiy sifatlarni istiqboldagi faoliyatlarida qo‘llash ko‘nikmalarini izchil tarzda egallaydilar.

  6. Innovatsion o‘qitish jarayonida vujudga keltiriladigan xayrihoxlik muhiti, o‘zaro ishonch hamda hamkorlik o‘quvchilarning ijodiy yuksalishlari uchun qulay imkoniyat yaratib, ularning kreatviv qobiliyatlarini muntazam rivojlantirishga asos bo‘ladi.

Innovatsion o‘qitish jarayoni o‘quvchilar faoliyatini ta’limning turli yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etish imkonini beradi. Jumladan:

  • tashkiliy yo‘nalish: innovatsion mashg‘ulotlar, treninglar, munozaralar, ishchan o‘yinlar, matbuot konferensiyalarini tashkil etish va o‘tkazish;

  • faoliyatli yo‘nalish: muammolar ustida ishlashning individual usullarini aniqlash, o‘quvchilar harakatlarining jadvalini tuzish, o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish;

  • refleksiya, ya’ni tahliliy yo‘nalish: xatolarni tahlil qilish, rejalar va harakatlarga tuzatishlar kiritish kabilar.

Fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari ishlab chiqarish bilan birga, ta’lim sohasiga ham sezilarli o‘zgarishlar, yangiliklar va o‘qitishning zamonaviy vositalarini olib kirish ikmonini berdi. Bu yutuqlarning ta’lim sohasiga kirib kelishi uning an’anaviy vazifalariga nisbatan ham sezilarli o‘zgartirishlar kiritish zaruratini qo‘ydi. Shu asnoda ta’limdagi islohotlar mohiyatini tushunish va anglab yetish uchun zaruriy pedagogik shart-sharoit va ijodiy muhitni yaratish muammosi yuzaga keldi.
Shunga ko‘ra, bugungi kunda pedagogika fani taraqqiyotining zamonaviy yo‘nalishlari - mavjud an’anaviy ta’lim paradigmasining ob’ektiv asoslari va ularning rivojini ta’minlovchi qonuniyatlarni modernizatsiyalashdan iborat etib belgalandi. Ushbu o‘rinda, ta’lim oluvchilarning yangi bilimlarni o‘zlashtirish, innovatorlik hamda fikrlash mezonlariga tayanuvchi paradigmani yaratish zaruriyati namoyon bo‘lib, u ta’lim mazmuni, metodlari, tashkiliy shakllari, kadrlar ta’minoti kabi jihatlarni keng ko‘lamda aks ettiruvchi ta’lim muammolarini alohida dolzarb masala sifatida oldingi o‘ringa olib chiqishni ko‘rsatmoqda. Bu esa ta’lim jarayonida “o‘qituvchi va ta’lim oluvchi” munosabatlarini insonparvarlashtirish, erkinlashtirish va shaxsga yo‘naltirish orqali o‘quv jarayonini mustaqil tashkil etib, boshqaruvchi, har bir ta’lim oluvchi shaxsining ijodiy va intelektual rivojlanishini ta’minlovchi zamonaviy o‘qituvchi shaxsiga bo‘lgan talablarni vujudga keltirdi.
Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining pedagogik ta’siri yetakchi omillardan biri ekanligini e’tiborga olinadigan bo‘lsa, yangicha kasbiy qiyofadagi, innovator o‘qituvchi shaxsiga bo‘lgan ijtimoiy talab har qachongidan ham dolzarblashadi.
Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash dunyoviy ta’lim tizimining tobora rivojlanib borayotgan muhim tendensiyalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda aksariyat o‘quv fanlari, shu jumladan, pedagogika turkum fanlarini o‘qitish jarayonida ham pedagogik texnologiyalari va boshqa interaktiv vositalardan samarali foydalanilmoqda.
Ta’lim samaradorligini oshirishdagi yana bir o‘ziga xos zamonaviy yondoshuvlaridan biri bu innovatsion ta’lim metodlari va texnologiyalari asosida nafafqat o‘qitish, balkim o‘quvchilardagi innovator qobiliyatlarini rivojlantirish sanaladi.
Tadqiqot ishining birinchi bobida keltirib o‘tilganidek, innovator – shaxsning akmeologik darajadagi faoliyat bosqichi bo‘lib, bu qo‘yilgan masala yoki muammo yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish, o‘zgalarning fikrlarini ijodiy qayta idrok etish, refleksiya, o‘z nuqtai nazarini asoslab berish va himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishga tayanadi. Shaxs kreativ faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini bilish mayllari, ehtiyojlari, faolligi, mustaqillik, tashabbuskorlik, nostandart tafakkur, improvizatsiya kabilar tashkil etib, ular bevosita shaxsning yo‘nalganligi va mustaqil fikrlashlari bilan uyg‘unlashadi. Oliy ta’lim muassalaridagi ta’lim jarayonining asosiy vazifasi esa, shaxsning mana shu ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitni yaratish va samarali metodik ta’minotni vujudga keltirishdan iborat.
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida o‘quv axborotlarining mazmuni muntazam o‘zgarmoqda va yangilanmoqda. Uning mazmuni negizida ilm-fan mantiqi emas, balki pedagogik jarayon sub’ektlarining umumta’limiy, shaxsiy-kasbiy vazifalarini yechishga oid bilimlar namoyon bo‘lishi lozim. Chunki, zamonaviy o‘qituvchi predmetli o‘qitish tamoyilidan ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim olishlari va shaxsiy xususiyatlarini namoyon qilishlari uchun qulay bo‘lgan ta’lim mazmunini qayta qurishga o‘tishi lozim. Buning uchun esa, o‘qituvchi innovator shaxs bo‘lishi kerak. Chunki, pedagogik texnologiyalar o‘zgarmoqda. Shunga ko‘ra, o‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyati jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasiga tayangan holda ish ko‘rishi lozim.
Izlanishlarimizning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘quvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish jarayonining mazmuni o‘zgardi. Endilikda zamonaviy ta’lim tizimida sub’ekt-sub’ekt munosabatlari alohida dolzarblik kasb etmoqda. Pedagogik jarayonda o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning teng huquqliliklarini ta’minlash va o‘quvchilar tomonidan axborotlarni to‘laqonli o‘zlashtirishlari uchun qulay imkoniyat yaratish asosida ta’lim oluvchilarning bilish faolligi va kreativligini rivojlantirish asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida baholanmoqda.
Biz o‘z tadqiqotimiz davomida innovatsion o‘qitish metodlari va texnologiyalari asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlashlarning rivojlanishi ularning o‘ziga xosligini ifodalovchi, ko‘nikmalarda namoyon bo‘luvchi, kasbiy-shaxsiy refleksiyalarini rivojlantiruvchi, pedagogik hamkorlik jarayonining barcha ishtirokchilari uchun xulq-atvor modelini belgilovchi pedagogik hodisa ekanligini asoslashga intildik.



Yüklə 170,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin