Pedagogika yunoncha «paidagogike» bo’lib, «paidagogos» (2)
Oraliq nazorat bu o ‘quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki bo’limlarining o‘zlashtirilganini tekshirish.
Yakuniy nazorat choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo’linadi. Yakuniy nazorat og‘zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o‘tkaziladi.
Reyting (baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash)
- muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo’yicha baholash.
Shkalalash aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Test aniq maqsad asosida, muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o'quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltiriIgan samarali hamkorlik jarayoni.
Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyati.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» — yo‘l) tarbiya maqsadiga erishish yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari.