Pedagogika yunoncha «paidagogike» bo’lib, «paidagogos»



Yüklə 38,19 Kb.
səhifə13/17
tarix22.05.2023
ölçüsü38,19 Kb.
#119789
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Pedagogika yunoncha «paidagogike» bo’lib, «paidagogos» (2)

Rag‘batlantirish
tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘nglini ko‘tarish va uni qo’llab-quvvatlash usulidir.


Jazolash
tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir.


Tayzik o’tkazish
uyatga qo’yish, aybdorlik xissi ѐki ko’ngli chukkanlarning fikri, xissiѐti, intilishi va moyiliggi ularning ongidan xalos qilish.


Dunyoqarash
kishilarda olam haqida yaxlit umumlashtirilgan bilimlar, g'oyalar turkumini hosil qiladigan, ulami muayyan ijtimoiy guruhlar, sinflar, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, dav- latlar maqsadidan kelib chiqib baholaydigan va shunga qarab hayotdagi o'z o'mini, amaliy faoliyat yo'nalishlarini, maqsadlarini aniqlab olishga imkoniyat beradigan ko'p qirrali va sermazmun tushunchadir.


Mifologik (yunoncha - mifos-naql, rivoyat, logos-tushuncha, ta’limot) dunyoqarash
ijtimoiy taraqqiyotning eng boshJang‘ich davriga xos bo'lgan xalq og‘zaki ijodi-naql va afsonalarda gavda- lantirilgan ijtimoiy ongning asosiy shaklidir.


Diniy dunyoqarash
mifologiya (afsona) negizida shakllangan va rivojlangan, voqelikning kelib chiqishi, rivojlanishi, istiqbolini xayoliy obrazlar, tasawurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi du- nyoqarashdir.


Falsafiy dunyoqarash
bu olam haqidagi yaxlit va tizimlash- tirilgan bilimlar yig‘indisidir.


Milliy ong
bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning o'zaro ta’siri tu- fayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va mada- niy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi.


Mafkura
(arabcha ≪mafkura≫ - nuqtayi nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmuyi) jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g'oyalar majmuyi.


Axloq
- ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulqatvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi.


Axloqiy tarbiya
- muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o ‘quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko'nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.


Axloqiy ong
- ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, milliy istiqlol g‘oyasining o‘quvchilar ongida aks etishidir.



Yüklə 38,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin