Axloq (lotincha «moralis» — xulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi.
O’z-o’zini tarbiyalash I) shaxsga xos bo’lgan madaniyatning shakllanishi va rivojlanishiga qaratilgan izchil va ongli faoliyati; 2) shaxsning o’z jismoniy, ruxiy va axloqiy sifatlarini tinmay amalga oshirish.
Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” - yo‘l)
tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta ’sir etish usullari.
Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlardir.
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilishlari, turli o ‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirish maqsadida qo‘llaniluvchi usullardir. O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilish va o‘quvchilarning turli organlari faoliyatida faol ishtirok etishni ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqeini oshirishning t a ’sirchan vositasidir.
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, hatti harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlami boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli. O‘z -o‘zini tahlil (nazorat) qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurishturishi, intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.
O‘z-o‘zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli.
Izohlash tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta ’sir etish usuli. Izohlashning hikoya va tushuntirishdan farqlanadigan muhim belgisi muayyan guruh yoki alohida shaxsga yo‘naltirilganligidir.
Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari.