Ekologik tarbiya - talaba-yoshlarning atrofimizdagi olamga, atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatini tarbiyalashdan iborat.
Ekologik tarbiyaning bosh maqsadi talaba-yoshlarda atrof-muhit va uning muammolari haqida ongli munosabatni hamda ular bo’yicha optimal echimlar topish to’g’risidagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ekti, ta`lim sohasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
davlat va jamiyat – ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
Fuqaro – fuqaroligi huquqiy jihatdan e`tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a`zosi bo’lgan shaxs.
Fuqarolik – huquqiy va axloqiy me`yorlarga ongli rioya etish, ma`lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas`ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma`naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
Fuqarolik tarbiyasi – fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat uchun fidoiy fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat.
Huquqiy madaniyat – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o’zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko’rsatkichi.
Huquqiy ong - muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e`tiqodlar tizimi bo’lib, ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega.
Huquqiy tarbiya - shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish, unda ijobiy huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Huquqiy ta`lim - o’quvchilarga huquqiy me`yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to’g’risidagi tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni.
Huquqiy faoliyat - huquqiy me`yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga qat`iy va og’ishmay amal qilish, qonunlarni hurmat qilish, ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e`tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo’naltirilgan amaliy xatti–harakatlar majmui.