“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-24, Issue-1, December - 2022
89
professional faoliyatlarga oid muammolarni hal etish uchun zarur ko'nikma va
malakalarga ega mutaxassislarni tayyorlashning ahamiyati beqiyosdir.
Jahon mutaffakkirlari Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta'limotlari
keyingi asrlarda psixologik g'oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo'lib hisoblanadi.
Asta - sekin ruh haqidagi tushuncha hayotning barcha ko'rinishlariga emas, faqat hozir
biz psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo'llanila boshlandi.
Psixika
kategoriyasining zamirida stress haqidagi tushuncha maydonga keldi.
Stress -
keskin vaziyat sababli yuzaga keladigan emotsional holatlar stress yoki
jiddiylik holati deb ataladi. Jiddiylik – [turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib
ketib, xavfli vaziyat tug'ilgan paytlarda, zaruriy choralarni tezlik bilan topishga to'g'ri
kelganda vujudga keladigan harakatdir.]
1
Stress holatining paydo bo'lishi va o'tishining
psixologik xususiyatlarini bilish uchuvchilar,
kosmonavtlar, elektrostantsiya
operatorlari, dispetcherlar, mashinistlar,
haydovchilar, sudyalar, korxona rahbarlari,
o'quvchilardan imtixon oladigan pedagoglar va boshqalar uchun ham muhimdir.
[Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal
odamda alohida yakka holda
mavjud bo'lmaydi. Yuzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar,
kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar deyiladi. Yuksak
hislar o'z tarkibiga birmuncha soddaroq turli hislarni oladi.
Insoniy faoliyatning qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi hislarning qaysi birining
asosi ekanligiga qarab yuksak
hislarning muhim turlari; praksik (amaliy), axloqiy,
intellektual, estetik hislarga ajratiladi.]
1
Ayni paytda stress maktab o’quvchisidan tortib oliy martabali davlat
xizmatchisigacha, uy bekasidan to quruvchi yo sotuvchigacha deyarli har kimga tanish.
Stress bu favqulodda ta’sir qo’zg’atuvchi harakatlar ostida organizmning umumiy
zo’riqish holati va azali himoya reaksiyasining paydo bo’lishidir.
Oddiyroq qilib
aytadigan bo’lsak, inglizcha so’z bo’lib tanglik, zo’riqish, bosim degan ma’nolarni
bildiradi. Bu holat g’ayrioddiy vaziyatlardan kelib chiqqan hissiy holatdir. Og’ir stress
psixikaga va umuman sog’likka salbiy ta’sir qiladi, xatti harakatlarning buzulishiga
olib keladi, xotira, idrok, e’tibor, fikrlash va harakatlarni muvofiqlashtirishni buzadi.
Inson organizmining haddan tashqari zo’riqish, salbiy emotsiyalar yoki oddiygina
zerikishga bo’lgan javob reaktsiyasidir. Shuni aytishim mumkinki, agar stress haddan
tashqari ko’p bo’lsa,
tana zaiflashadi, kuchsizlanadi va muammolarni hal qilish
qobiliyatini yuqotadi. Stressning paydo bo’lish mexanizmlari batafsil o’rganilib
chiqilgan va juda murakkabdir: ular bizning gormonal, asab va qon tomir tizimlarimiz
bilan bog’liq.
[Stress immunitetni pasaytiradi va ko’plab kasalliklarga sabab bo’ladi(yurak –
qon tomir, oshqozon- ichak va boshqalar). Shuning uchun stressli vaziyatga qarshi tura
olish va hayotga ijobiy qaray olishni o’rganishga to’g’ri keladi.