Personalni tanlash va ishga yollash. Personalni ishga yollash ja
Ish joyi daftarlarida qo‘yidagilar aks etadi:
1. Tashkilot asosiy rahbarlari to‘g‘risida ma’lumotlar: ism-
sharifi, lavozimi, telefoni, elektron pochta manzili.Hisobotlar ro‘yxati (qaysi muddatda taqdim etiladi, kimga, hisobotlar mazmuni).
Tashkilot tashqarisidagi sheriklar (buyurtmachilar, mol etkazib beruvchilar, hamkorlik qiluvchilar va hokazolar) to‘g‘risida ma’lumotlar: ismi sharifi, lavozimi, telefoni, elektron pochta manzili.
4. Tashqi aloqada bo‘ladigan shaxslar bilan axborot
ayirboshlash hujjatlari ro‘yxati (hujjatlar nomlanishi,
shakli, davomiyligi, kimga mo‘ljallangani, mazmuni).
Xizmat yo‘riqnomasi.
Ushbu lavozimda ishlash xususiyatlari, ish sifatini yaxshi bajarish uchun talab qilinadigan o‘ziga xos bilimlar.
Ish joyiga oid ma’lumotlar.
Xodim ishdan bo‘shagan taqdirda mazqur ish joyi daftarchasi personal bo‘yicha menejer (yoki kadrlar bo‘limi)ga qaytarilishi kerak.
Murabbiy (ustoz) ishga qabul qilingan yangi xodimga murab-biylik qilish bo‘yicha reja ishlab chiqishi, yangi xodimning sinov muddatini o‘tashi natijalari bo‘yicha belgilangan tartibdagi baholash varaqasi1 (6.5- va 6.6- ilovalar) bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishi lozim.