Personalni tanlash va ishga yollash. Personalni ishga yollash jarayoni. Personalni kasbga yunaltirish



Yüklə 296,65 Kb.
səhifə7/15
tarix13.03.2023
ölçüsü296,65 Kb.
#87614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Personalni tanlash va ishga yollash. Personalni ishga yollash ja

2. Personalni kasbga yunaltirish.


Kasbga yo‘naltirish insonning xislatlari, qiziqishlari, qobiliyatini, shuningdek, milliy iqtisodiyotning tegishli ixtisos-liklarga ehtiyojini hisobga olgan holda uni mehnat faoliyatining muayyan turiga qiziqishini shakllantirish, bevosita shu inson uchun eng maqsadga muvofiq bo‘lgan hunar tanlanishini ta’minlashdir.
Kasbga yo‘naltirish odamlarni, ayniqsa o‘quvchi yoshlarni faoliyat turlari, kasb-hunarlar, korxona va tashkilotlar, mehnat sharoitlari va yo‘nalishlari bilan tanishtirish orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi davr sharoitlarida kasbga yo‘naltirish sohasida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi:

  • ta’limga yo‘naltirilish, ya’ni mehnatga layoqatli insonga kasb tayyorgarligi turlari va shakllarini tanlashda, kasb ta’limini amalga oshirishdagi qiyinchiliklarni engishda yordam ko‘rsatish;

  • kasb axboroti, ya’ni mehnatga layoqatli insonga uning qiziqishlari va qobiliyatiga mos keladigan kasb-hunar tanlashda yordam berish;

  • psixologik qo‘llab-quvvatlash, ya’ni shaxsiy va yuktimoiy muammolarni hal etishda yordam berish;

  • qayta yo‘naltirish, ya’ni mehnatga layoqatli insonga uning kasb tajribasi, ish staji, sog‘ligi, kasbga qiziqishi va qobiliya-tini hisobga olgan holda kasbiy qayta tayyorlash dasturlarini tanlashda yordam ko‘rsatish.

Xodimlarni kasbga yo‘naltirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 6.8- rasmda ifoda etilgan.
O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan ko‘p ukladli iqtiso-diyot turlicha qobiliyat va qiziqishlarga ega xodimlarga mehnat sohasida o‘z o‘rnini topishi uchun zarur imkoniyatlar yaratadi. Ayni vaqtda kasbga yo‘naltirish maqsad va vazifalarini ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lishi uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rilmokda. Mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlari, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish samaradorligi va aholini ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish, kasbga tayyorlash va bandlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirishga bog‘liqligini anglab etganlar. Kasbga yo‘naltirishning tashqi muhit bilan bog‘liqligi 6.9- rasmdan ko‘rinib turibdi.
Kasbga yo‘naltirish:
muayyan korxonaga;
—mehnat faoliyatiga;
— ixtisoslikka yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Bu masalada kasbiy tayyorgarlik amalga oshiriladigan ta’lim muassasalari va korxonalar asosiy manfaatdordirlar.



Kasbga yo‘naltirish tizimi quyidagilardan iboratdir:





Yüklə 296,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin