Personalni tanlash va ishga yollash. Personalni ishga yollash jarayoni. Personalni kasbga yunaltirish


Ishga yollashning zamonaviy shakllari



Yüklə 296,65 Kb.
səhifə3/15
tarix13.03.2023
ölçüsü296,65 Kb.
#87614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Personalni tanlash va ishga yollash. Personalni ishga yollash ja

Ishga yollashning zamonaviy shakllari quyidagilardan iboratdir:

  • Bandlikka ko‘maklashish markazlarida bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etish;

  • ommaviy axborot vositalari orqali reklama e’lonlari berish;

  • ta’lim muassasalarini tugallaganlarni ishga jalb qilish;

  • bevosita korxona (tashkilot)ga ish so‘rab murojaat etganlarni tanlab olish;

  • o‘z personalini qo‘shimcha ixtisoslik (hunar)ga o‘qitish;

— korxona (tashkilot)da xizmat topshiriqlarini xodimlar o‘rtasida qayta taqsimlash.
Ishga yollashning umumiy manbai aholidir.
Korxonani ishchi kuchi bilan ta’minlashda bu manbalarning roli 6.1- rasmdan ko‘rinib turibdi.
Ishga yollashning faol va passiv turlari ham mavjuddir.
Mehnat bozorida ishchi kuchiga, ayniqsa malakali ishchi kuchiga talab taklifdan yuqori bo‘lsa faol usullar qo‘llaniladi. Bu holda tashkilot ishchi kuchi vazifasini o‘tashi mumkinlarni hamkorlik qilishga qiziqtirish maqsadida ular bilan aloqa o‘rnatadilar. Odatda, bu asosan ta’lim muassasalari, bandlikka ko‘maklashish markazi va bandlik xizmatlari bilan qalin hamkorlikda ish olib borishni taqozo etadi.
Personalga ehtiyojni qondirishning passiv usuli, aksincha, mehnat bozorida ishchi kuchi taklifining kattaligi bilan izohlanadi. Bu holda ommaviy axborot vositalari orqali bo‘sh ish joylari to‘g‘risida e’lonlar beriladi. SHuningdek, bo‘sh ish joylarini tashkilotdagi mavjud xodimlar hisobiga to‘ldirish chora-tadbirlari ham ko‘riladi.
Ishga yollashda personal lizingidan foydalanish hollari ham uchraydi. Bunda vaqtinchalik ish joylariga kadrlar boshqa firmalardan ijaraga olinadi. Personal lizingida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlar quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.

Mazkur mehnat munosabatlarida vositachi firmalarning asosiy vazifasi korxona va tashkilotlarni shartnoma asosida vaqtincha xodimlar bilan ta’minlashdir. Vositachi firma xizmatidan foydalanadigan korxona xodim ish haqi va vositachi xizmati haqidan iborat muayyan pulni to‘laydi. Lizingga olingan xodim bajargan ishi uchun haqni vositachi firmadan oladi. Vositachi xodimning malakasi, intizomliligi va ish sifati uchun mas’ul hisoblanadi.





Vaqtinchalik ishlarning asosiy turlari shartnoma asosida mehnat qiladigan muhandis-texnik xodimlar faoliyatiga taalluq-lidir. Ushbu sohada vositachi firmalar xizmatidan sanoatning aviatsiya, kemasozlik, elektron tarmoqlarida ayniqsa ko‘p foydalaniladi. Lizing asosida odatda 6 oy — 1 yil, ba’zi vaqtlarda 2 yilgacha ishga olinadi.


Ishga yollash jarayoni personal xizmatining mehnat bozoridagi faoliyatini tashkil etishdan boshlab shtatga qabul qilingan xodimni xizmat vazifasiga ko‘niktirishgacha bo‘lgan bosqichlarni (6.3- rasm) o‘z ichiga oladi. Ular quyidagichadir:



  1. Yüklə 296,65 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin