1. Ishga yollash muddati: a) bir umrga;
b) muddatsiz;
v) muddatli yoki shartnoma bo‘yicha;
g) vaqtincha (mehnat shartnomasi bo‘yicha).
2. Ishga yollash jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar soni: a) ommaviy ishga yollash;
b) yakkama-yakka ishga yollash.
3. Ishga qabul qilishda sinov: a) malaka tekshirilib ishga yollash;
b) malaka tekshirilmasdan ishgayollash.
4. Qo‘llanish sohasi: a) xususiy ishga yollash;
b) mehnat jamoasiga ishga yollash.
5. Ishga yollash manbalari: a) dastlabki;
b) ikkinchi (muvaqqat bo‘linmalar va ijodiy guruhlarga ishga qabul qilish).
6. Ish haqi to‘lash usullari: a) ishbay haqto‘lanadigan ishga yollash;
b) vaqtbay (tarif) haq to‘lanadigan ishga yollash;
v) ishbay-progressiv haq to‘lanadigan ishga yollash;
g) vaqtbay-progressiv haqto‘lanadigan ishga yollash;
d) ishbay-mukofotli haq to‘lanadigan ishga yollash;
j) akkord haq to‘lanadigan ishga yollash;
z) maosh (oklad) to‘lanadigan ishga yollash.
Muddatsiz ishga yollash Osiyoning qator mamlakatlarida qo‘llaniladi. Masalan, bu YAponiyada ijtimoiy va ishlab chiqarish barqarorligi, ish beruvchi va xodimning o‘zaro mas’uliyatidan iborat milliy xususiyatning juda muhim omili hisoblanadi. Ana shu usul ko‘p jihatdan „yapon iqtisodiy mo‘‘jizasi”ni yalpi ichki mahsulot bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘ringa chiqishini ta’minladi.
Muddatli yoki shartnoma bo‘yicha ishga yollash usulida me"hnat shartnomasini yangi muddatga uzaytirish imkoni bo‘ladi.
Mehnat shartnomalari bo‘yicha ishga yollash yoki akkord ishlar deganda mehnat munosabatlarining mavsum tugashi bilan yoki muayyan ish hajmi bajarib bo‘lingandan so‘ng, masalan, bino qurilishi nihoyasiga etgandan keyin tugallanishi ko‘zda tutiladi.
YAkkama-yakka ishga yollashning ustuvorligiga qaramasdan, tashkiliy jihatdan hamisha ham buning imkoniyati bo‘lmaydi, ayni vaqtda u iqtisodiy jihatdan foydali emas. CHunki, har bir shaxsni o‘rganish, uning hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish qimmatga tushadi.
Ommaviy ishga yollash ko‘proq qishloqxo‘jaligidagi va mavsumiy ishlarda, masalan, qurilishda qo‘llaniladi.
Malaka tekshirilib yoki tekshirilmasdan ishga yollash. Odatda sinov muddati ko‘p hollarda malakani tekshirish uslubi hisoblanadi.
Xususiy yoki mehnat jamoasiga ishga yollash bu ishni kim: xususiy mulk egasimi yoki tashkilot amalga oshirishiga qarab farqlanadi.
Ish haqi to‘lashning usullari ishga yollashning eng muhim shartlaridan biridir. Ular xodimning mehnat natijalaridan shaxsiy manfaatdorligini oshiradigan rag‘batlantiruvchi tizimdir. Uning turlari mehnatni tashkil etish usullariga ham bog‘liqsir. Jumladan, mehnat natijalari ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga qarab belgilanishi mumkin bo‘lgan joylarda ishbay haq to‘lash usuli qo‘llaniladi. Bu usul ishchini ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga rag‘batlantiradi.
Ish beruvchilar tomonidan ishga yollanuvchilarga qo‘yiladigan talablar xizmat vazifalariga bog‘liq bo‘ladi. Xususan, bandlikka ko‘maklashish markazlari ishga yoldanuvchilarning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratadilar: