Rahbar (murabbiy ustoz)ga eslatma YAngi xodim ishga kelgunga qadar:
xizmat vazifasiga oid yo‘riqnoma tayyorlab qo‘yilganligi, u amalda vaziyatga mosligiga ishonch hosil qilish;
yangi xodimning bo‘lajak hamkasblaridan biri bilan norasmiy yordam ko‘rsatib turishi haqida kelishib olish;
yangi xodim ish joyi tayyorligini tekshirib ko‘rish;
barcha xodimlarni yangi xodim ishga kelishi to‘g‘risida barvaqt xabardor qilib qo‘yish;
yangi xodimning birinchi ish kunida unga taqdim etiladigan barcha axborot materiallarini tayyorlab qo‘yish;
personal o‘yicha xizmatga zarur ruxsatnomani tayyorlab quyishni ta’minlash, yangi xodim rasman ishga kirishadigan kuni arafasida unga qo‘ng‘iroq qilib, hamma narsa joyida ekanligiga ishonch hosil qilish.
Birinchi qun YAngi xodimni unga bo‘ysunadiganlar, hamkasblari va rahbarlar bilan tanishtirish. YAngi xodimning birinchi ish kuni belgilangan vaqtdan biroz kechroq boshlangani ma’qul. Bu holda hamma o‘z ish joyida bo‘ladi, zarur rasmiyatchiliklarni shoshilmasdan bajarish imkoniyati tug‘iladi.
Avval xodim ish uchun zarur asbob-uskunalarni oladi. So‘ng uni ish joyiga olib borib, hamkasblari bilan tanishtiradilar. SHundan keyingina tashkilot bilan tanishtirishga kirisha-dilar.
YAngi xodimga tashkilot to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni etkazish maqsadga muvofiqdir:
kompaniya yoki firmaning batafsil tarixi, uning rivojlanish bosqichlari;
boshqaruvning oliy va o‘rta bo‘g‘inlari;
kompaniya yoki firmanint eng muhim hujjatlari (maqsad va vazifalari, strategiyasi, sifatni boshqarish tizimi va hokazolar);
tashkilot biznesining mohiyati;
buyurtmachilar bilan ishlashdagi siyosat;
— ishning mazmuni, xizmat yo‘riqnomasi, vakolat,
mas’uliyat chegaralari, boshqa bo‘limlar, xodimlar bilan o‘zaro
hamkorlik faoliyati, ish joyida xavfsizlik texnikasi;