PivoTexnologiya indd



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə8/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#37466
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
PivoTexnologiya

Polietilen butilkalar. Maxsus mashinalarda polietilentereftalatdan (PETF) butilkalar tayyorlanadi. Bu mashinalar hajmi 250 dan 2000 sm3 gacha bo‘lgan PETF burilkalarni shaklli pressda kapsulalarni puflab shishirish yo‘li bilan olinadi. Butilkalar turli shaklda bo‘lib, yakka qavat va ko‘p qavatli bo‘lishi mumkin.

Qopqoqlar. Butilkaning qopqoqlanish sifati mahsulotni saqlash davrida uning sifati va barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan germetik zich berkilganlik bilan aniqlanadi. Qopqoqlash germetikligi qopqoq- lovchi material (po‘kakli va polietilen qistirmali qopqoq) yuqori sifatli bo‘l- ganda ta’minlanadi.



Po‘kak qistirmali qopqoq. Bu qopqoq ikki xil bo‘ladi. Qo‘l bilan berki- tuvchi mashinka va avtomatik qopqoqlovchi avtomatlar uchun ishlab chiqa- riladi. Ishlab chiqarish quvvati soatiga 15000 butilkadan yuqori bo‘lgan quyish liniyalari uchun po‘kak qistirmali qopqoqning ustki metall qismi № 28 tunukadan, qolgan quyish liniyalari uchun № 25 tunukadan yasaladi. Uning ichki va tashqi sirti toza va silliq bo‘lishi, suv bilan yuvilganda ketmaydigan darajada iflos bo‘lmasligi lozim. Qopqoqlar darz ketgan, bukilgan, kesilgan, qiyshiq va zanglagan bo‘lmasligi kerak. Qopqoqlar faner yashik yoki maxsus qo‘sh qoplarda bo‘ladi. Saqlash harorati 5-20°C. Ular quruq va havo aylanadigan xonada, isituvchi uskunalardan 1 m narida saqlanishi zarur. Xonada kislota va suv bug‘lari bo‘lmasligi kerak. Po‘kak qistirmali qopqoqlarning saqlanish muddati 2 oy, polimer qistirmali qopqoqlar uchun 6 oy.

Qistirmalar temir qopqoqlarning komplektatsiyasi uchun ishlatiladi. Qis- tirmalar po‘kak yoki polimer materiallardan tayyorlanadi. Polimer pastadan tayyorlangan qistirmalar issiqqa chidamli bo‘lib, ular 120°C haroratda ham o‘z sifatini o‘zgartirmaydi. Po‘kakli qistirmalar qopqoqning metall qismiga yelim bilan yopishtirilgan bo‘ladi. Qistirmalar quruq xonada 0°C dan past bo‘lmagan haroratda saqlanadi. Saqlanish muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab 6 oy. Ular to‘rt qavatli qoplarda bo‘ladi.

Yog‘och qopqoqlar bochkalarni germetik zich berkitish uchun ishlatiladi. Bunday qopqoqlar yumshoq daraxt navlaridan tayyorlanib, 0,01% li xlor erit- masida saqlanadi. Ishlatishdan avval qopqoqlarga bug‘ bilan ishlov berilib, suv bilan chayib tashlanadi.

Inventar qopqoqlar alumin va boshqa metall bochkalarni berkitishda ish- latilib, bochkaning komplektiga kiradi.

Yorliqlar. Odatda, tayyor mahsulotlarni rangli yorliqlar bilan bezaladi. Ularning shakli to‘g‘rito‘rtburchak, oval, o‘yilgan murakkab shaklli bo‘ladi. Oval shaklli yorliqlarning o‘lchami 78^48 mm bo‘lib, ular butilkaning bo‘g‘- ziga, o‘lchami 90x65 va 100x70 mm li to‘g‘rito‘rtburchak shaklli yorliqlar butilkaning silindr qismiga yopishtiriladi. Ma’danli suvlarga faqat to‘g‘rito‘rt- burchak shaklli yorliqlarni yopishtirish tavsiya etilgan. Hajmi 1,5 dm3 PET butilkalar uchun o‘lchami 288x130 mm li yorliqlar ishlatiladi.

Yorliq ishlab chiqarish uchun zichligi 70-80 g/m2 bo‘lgan qog‘oz ishlatiladi. Qalin qog‘oz yelim sarfini oshirsa, yupqa qog‘oz yelimni yorliqning o‘ng tarafiga o‘tkazib yuboradi.

Yorliq uchun yelim. Butilkalarga yorliq yopishtirish uchun shishaga tez yopishuvchi yelimdan foydalaniladi. Yelim iliq yoki issiq suvda butilka sirtidan tez va oson yuvilishi kerak. Ishlab chiqarishda kislotali dekstrinlar va polivinil atsetatli yelimlar ishlatiladi.



  1. BOCHKA VA AVTOSISTERNALAR

Bochkalar. Xomashyo va yordamchi materiallarni transportirovka qilish uchun hajmi 5, 8, 15, 25, 50, 100, 120, 140, 150, 200, 225 dm3 li bochkalardan foydalaniladi.

Yog‘och bochkalar. Pivo hajmi 50 va 100 dm3 bo‘lgan yog‘och bochkalarga qadoqlanadi. Bu bochkalar uch yoki to‘rt joyidan po‘latdan yasalgan yupqa kamar bilan mahkamlanadi. Ular bo‘sh turmasligi kerak, aks holda yog‘ochlar orasi ochilib qolishi mumkin. Ishlatishdan avval bochkalar suv bilan to‘ldirilib germetikligi tekshiriladi.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin