P–n o„tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistor


Ko„p bosqichli kuchaytirigichlar



Yüklə 58,95 Kb.
səhifə9/15
tarix24.12.2023
ölçüsü58,95 Kb.
#191657
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Mavzu mdya-tranzistorlarning volt-amper xarakteristikalari va p-fayllar.org

Ko„p bosqichli kuchaytirigichlar. Kuchaytirgich parametrlarining yaxshi

barqarorligini ta‘minlab beruvchi manfiy teskari aloqa kuchaytirish koeffisientini keskin kamaytiradi. Katta KU qiymatini olish uchun keng polosali ko‗p bosqichli kuchaytirgichlar qo‗llaniladi. 6.6 – rasmda ketma - ket – parallel teskari aloqali uch bosqichli kuchaytirgich prinsipial sxemasi keltirilgan. Birinchi UE bosqich VT1 tranzistorda bajarilgan, unda tok bo‗yicha mahalliy ketma –ket MTA mavjud bo‗lib, u RE1 da bajarilgan. Ikkinchi bosqich VT2 tranzistorda bajarilgan. Uchinchi bosqich VT3 tranzistorda bajarilgan bo‗lib, RE3 rezistor mahalliy MTAni amalga oshiradi.






  1. – rasm.

Mahalliy MTAdan tashqari kuchaytirgichda umumiy teskari aloqa qo‗llanilgan. U kuchaytirgich bosqich chiqishini VT1 tranzistor emitteri bilan bog‗lovchi RTA rezistor zanjirida bajarilgan. Mahalliy (bosqichlar ichidagi) teskari aloqalarga nisbatan butun kuchaytirigichni qamrab oladigan teskari aloqa, yanada yuqori barqarorlikni hamda alohida bosqichlarni kuchaytirish koeffisienti og‗ishiga sezgirlikni kamayishini ta‘minlaydi. 40 – sxema integral kuchaytirgich yasashda asos hisoblanadi.

Lekin teskari aloqali asosiy uch bosqichli kuchaytirgichdan tashqari, integral kuchaytirgich sxemasi kichik chiqish qarshiligini ta‘minlash uchun va kuchaytirigichda qo‗shimcha keng polosalik, chidamlilik, temperaturaviy barqarorlik va o‗zidan oldingi chiqish bosqichi kuchlanishi o‗zgarmas tashkil etuvchisini keyingi bosqich kirish kuchlanishi o‗zgarmas tashkil etuvchisi bilan muvofiqlashni ta‘minlash uchun chiqish bosqichi sifatida emitter qaytargichga ega bo‗ladi. Gap shundaki, turli katta sig‗imlarga ega bo‗lgan kondensatorlarning mavjud emasligi tufayli barcha bosqichlar o‗zgarmas tok bo‗yicha o‗zaro bog‗langan.



Yüklə 58,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin