Analog integral sxemalarning chiqish bosqichlari(quvvat kuchaytirgichlari). Chiqish bosqichlarining vazifasi – signalning berilgan (yetarlicha katta) quvvatini buzilishlarsiz past omli yuklamaga uzatishni ta‘minlash. Odatda ko‗p bosqichli kuchaytirgichlarda ular chiqish bosqichlari hisoblanadilar. Kuchlanish bo‗yicha kuchaytirish koeffisienti chiqish bosqichlari uchun ikkinchi darajali parametr hisoblanadi. Shu sababli asosiy parametrlar bo‗lib
quyidagilar hisoblanadi: foydali ish koeffisienti va nochiziqli buzilishlar
koeffisienti KG.
Foydali ish koeffisienti chiqish signali quvvatini manbadan tortib olinayotgan quvvatga nisbatiga teng:
1 U
2 ЧИКmIЧИКm , (3.22)
EМIЎРТ
bu yerda Ichiq.m, Uchiq.m – chiqish kattaliklar amplitudasi, YeM – kuchlanish manbai, IO‘RT – o‗rtacha tok.
Nochiziqli buzilishlar koeffisienti chiqish signali shaklining kirish signali shaklidan farqini ifodalaydi. Bu farq bosqichning uzatish xarakteristikasining nochiziqligi sababli yuzaga keladi. Kuchaytirgich bosqichi uzatish xarakteristikalari chiqish kattaligini (IChIQ yoki UChIQ) kirish kattaligiga (IKIR yoki UKIR) bog‗liqligini ifodalaydi..
va KG kattaliklari ko‗p hollarda tranzistorning sokinlik rejimi–
kuchaytirish sinfi bilan aniqlanadi. Shu sababli quvvat kuchaytirigichlarida qo‗llaniladigan kuchaytirgich sinflarini ko‗rib chiqamiz.
Uzatish xarakteristikasidagi ishchi nuqta (sokinlik nuqtasi) holatiga ko‗ra A,V,AVva boshqakuchaytirish sinflari mavjud.