4. Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari. O’zbekistonda
mustaqillikning ilk yillaridanoq missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlarga olib
kelishini hisobga olgan holda bu borada tegishli qonuniy asoslar ishlab chiqildi.
Qonunlarda missionerlik harakatlari taqiqlandi. Ma’lumki, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun (yangi
tahriri) kishilarning vijdon erkinligini huquqiy kafolatlash bilan birga diniy tashkilotlar
faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiladigan hamda davlat va din munosabatlarini
tartibga soladigan muhim hujjat hisoblanadi. Qonunga binoan «Bir diniy konfessiyadagi
dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek
boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor
bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar» (5-modda, 3-
band).
Mazkur moddadan kelib chiqib, «O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy
javobgarlik to’g’risidagi kodeksi»ga noqonuniy diniy xatti-harakatlarning oldini olish
bilan bog’liq bir qator moddalar kiritilgan. Jumladan:
- diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda
tayyorlash, saqlash, O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish;
- diniy yig’ilishlar, ko’cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o’tkazish
qoidalarini buzish;
- O’zbekiston Respublikasida g’ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari,
oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash;
- nolegal diniy faoliyat bilan shug’ullanish;
- diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini ro’yxatdan
o’tkazishdan bosh tortishi;
- dindorlar va diniy tashkilotlar a’zolari tomonidan bolalar va o’smirlarning
maxsus yig’ilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi bo’lmagan mehnat, adabiyot va
boshqa xildagi to’garaklar hamda guruhlarni tashkil etish va o’tkazish;