3. Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari. Mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda dunyo bo’yicha 5000 ga yaqin diniy
sekta faoliyat ko’rsatmoqda. Ularga xos xususiyatlar haqida gap ketar ekan, ayrim sektalar
muayyan konfessiya doirasida shakllanib, asosiy e’tiborni sobiq e’tiqoddoshlari orasida
targ’ibot olib borishga, ba’zi sektalar esa boshqa konfessiyaga mansub insonlar orasidan
ham o’z tarafdorlarini shakllantirishga harakat qilishini ta’kidlash zarur.
Ayni paytda, hech bir konfessiyaga mansub bo’lmagan, muayyan shaxs – «ustoz»,
«yo’lboshchi» yoki «rahnamo» tomonidan asos solingan va aholining duch kelgan ijtimoiy
va konfessional qatlami bilan ish olib boradigan sektalar ham mavjudligini qayd etish
lozim.
Afsuski, yuqoridagi kabi ko’rinishlarda chiqadigan sektalar faoliyati natijasida bir
qator salbiy, ba’zi hollarda fojiaviy hodisalar kelib chiqmoqda. Jumladan, o’tgan asrning
70-yillarida AQSHning San-Frantsisko shahrida Jim Jons ismli shaxs bir necha ming
kishilik mahalliy protestantlarni o’z ichiga olgan «Xalq ibodatxonasi» nomli jamoa
tuzishga erishadi. Sekta asoschisining turli «qiliq»lari shahar jamoatchiligiga ma’lum
bo’lib qolgach, Jons «chirkinliklarga to’la shahar»dan ketib, Gayana changalzorlarida
«Xudo Podshohligi»ni qurish lozimligini e’lon qiladi.
1978 yili «Xudo Podshohligi»dagi holatni o’rgangani borgan AQSH Kongressi
komissiyasi sekta izdoshlari «podshohlikda» juda og’ir sharoitlarda yashayotgani, ularga
qullardek munosabatda bo’linayotgani, Jons barcha «banda»larini o’ziga ibodat qilishga
majbur qilganiga guvoh bo’ladi. Kirdikorlari fosh bo’lib qolganini bilgan sekta rahbari bir
kunning o’zida barcha izdoshlarini o’z jonlariga qasd qilishga majbur qiladi. Oqibatda
Jonsga ishongan 912 kishi halok bo’ladi.
Shunga o’xshash holat AQSHning Texas shtatidagi Ueyko shahrida Devid Koresh
tomonidan adventislik zamirida shakllantirilgan «Dovud avlodi» nomli sekta tarafdorlari