bo’lgan davlatlarda «Богородичий центр», «Церковь объединения», «Церковь
Иисуса», «Церковь Нового Завета», «Белое братство», «Божественный орден
Первого Ангела», «Фархат ата», «Дианетика» kabi yuzlab diniy sektalar faoliyat olib
bormoqda. Iblisga ibodat qilishga asoslangan «Satanizm» sektasi ham ayrim qo’shni
respublikalarda keng tarqalmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, o’ta xavfli bo’lgan mazkur
sektaning Rossiyada 100 ming, Yer yuzida 5 milliondan ortiq tarafdori bor.
Mazkur sektalar aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning
yaqinligi bilan qo’rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo’lganlar ichida
tashviqot olib borish yo’li bilan o’z tarafdorlarini ko’paytirishga harakat qilmoqda.
2. Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi.
Missionerlar makon va zamonga moslashgan holda o’z uslub
va vositalarini doimiy
takomillashtirib kelganlar. So’nggi vaqtlarda ular ma’lum bir ijtimoiy qatlamni ajratib olib,
maqsadli ish olib borishga intilmoqdalar. Jumladan, missionerlar asosiy e’tiborni aralash
millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og’ir
xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan
chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy ko’makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar.
Ziyolilarning turli qatlamlari ichida san’at sohasi xodimlari, kutubxonachilar,
o’rta maktab o’qituvchilari, turli idoralar xizmatchilari faol missionerlik targ’iboti ob’ekti
sifatida tanlanayotganini ham qayd etish lozim. Bunday yondashuvda o’ziga xos mantiq
bor. Masalan, prozelit san’atkor san’atning hissiy-emotsional ta’sir quvvatidan
foydalanib, e’tiqodiy bosim o’tkazishda yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo’lsa,
e’tiqodini o’zgartirgan kutubxonachida esa «o’lja» sifatida tanlanganlar bilan yakka
tartibda ishlash imkoniyati mavjud bo’ladi.
Missionerlarga tabiatan ishonuvchan, tashqi ta’sirga moyil bo’lgan
va ayni
paytda, hayotda sabr-bardoshli va fidoiy bo’lish bilan bir qatorda hamisha ma’naviy-
ruhiy ko’makka, qo’llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan ayollarga ham alohida
e’tibor bilan qaramoqdalar. Ayollar orasida ish olib borish ular uchun ,,bir o’q bilan
kamida uch quyonni urish”dir. Birinchisi- ayolning o’zi, ikkinchisi -uning farzandlari
va uchinchisi - turmush o’rtog’i. Ayollarning ulushi baptistlar va pyatidesatniklar
cherkovlariga qatnaydiganlar orasida 70, adventistlar va ,,Iegov o shohidlari” orasida
80, presviterian cherkovlariga qatnaydiganlar tarkibida 90 foizgacha borishi esa
missionerlarning ana shu maqsadlar yo’lidagi xatti-harakatlarining hayotiy-
amaliy natijasidir.
Qayd etilgan misollar ham missionerlik ob’ekti sifatida tanlanayotgan qatlamlar
doirasi muntazam ravishda kengayib borayotganini ko’rsatadi.
Bugungi kunda missionerlik tashkilotlari yangi ,,o’lja”lar orttirishda tibbiy va
ta’lim sohalarida faoliyat olib borish, xayriya yordamlari ko’rsatish, uyma -uy yurib
tashviqot
olib borish, mahalliy tillarda xristianlikni targ’ib qiluvchi adabiyotlar,
gazeta va jurnallar chop qilib, tarqatish, radio teledasturlar tayyorlash, kino
maxsulotlari ishlab chiqarish hamda internet tarmog’i orqali o’z qarashlarini targ’ib
qilishga alohida e’tibor bermoqdalar. Ayni damda missionerlar o’zlari istiqomat
qiladigan mintaqaning milliy xususiyatlari va maishiy hayotidan ham foydalanishga
harakat qiladilar.
Missionerlikda yoshlarga alohida e’tibor berilishining sabablari
. Yoshlarning faol
ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy ta’sir va
tazyiqlarning asosiy ob’ektiga aylanishiga olib keldi. Bunda
ularning jamiyatning hali
yetarli tajribaga ega bo’lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va ayni paytda, eng
harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda.
Missionerlikning taniqli nazariyotchisi Patrik Djonstoun talaba yoshlarni
missionerlik faoliyatining asosiy ob’ekti deb qarab, o’zining «Dunyo operatsiyasi»
kitobida shunday yozadi: «Butun dunyoda universitet va kollejlarda 37 million talaba tahsil
oladi. Ularning ko’plari 20 yildan so’ng yirik mansablarni egallashadi». Ushbu fikrlar
missionerlarning jamiyatning ertangi kunini belgilab beradigan avlod ongini egallash,
nazorat qilishni ko’zlab ish yuritayotganini anglash imkoniyatini beradi.
Xayriya yordamlari ko’rsatish ham missionerlikdagi
eng qadimiy va samarali
usullardan biri hisoblanadi. Bunda turli tadbirlar uyushtirilib, ularga asosan yoshlar jalb
etiladi. Beg’araz deya taqdim etilayotgan, aslida jamiyatning yordamga muhtoj
qatlamlarini aniqlash va so’ngra ular bilan maqsadli ish olib borishni ko’zlaydigan bunday
harakatlar hatto «Yangi yil», «Navro’z», «Xotira va qadrlash kuni» kabi xalqimizda keng
nishonlanadigan bayramlar davomida ham g’arazli maqsadlarda amalga oshirilishi
kuzatilgan. Missionerlar o’zlari ko’rsatayotgan «yordamni»
shu bayramlar ruhiga
moslashtirishga ham harakat qilmoqda.
Uyma-uy yurib «Xushxabar» yetkazish usulining o’ziga xos xususiyatlari. Bu usul
missionerlarga odamlar bilan kunning dolzarb masalalari haqida suhbatlashish, ularning
dardlariga qiziqish bildirish va ushbu muammolardan chiqish yo’llarini ko’rsatib berishni
taklif qilib, o’z tashkilotlariga jalb qilishga asoslanadi. Bu missionerlikni amalga
oshirishda eng yaxshi samara beradigan va katta mablag’ talab qilmaydigan usullardan biri
hisoblanadi. Masalan, ushbu usuldan faol foydalayotgan «Iegovo shohidlari» oqimi
a’zolari, o’zlarini go’yoki, Iso Masih o’z havoriylariga buyurgan yo’ldan
foydalanayotganlarini da’vo qilib, muayyan hududda «tayanch nuqta»ni shakllantirish va
unga suyangan holda yaqin qo’shnilar orasida uyma-uy yurib adabiyotlarni tarqatish,
maktab o’quvchilari va yoshlar orasida targ’ibot ishlarini olib borishga alohida e’tibor
bermoqda. Bunday maqsadli faoliyat natijasida iegovochilar
soni yildan yilga ortib
bormoqda va bugungi kunda dunyo bo’yicha qariyb 7 millionni tashkil etmoqda.
Ta’lim-tarbiya sohasidagi missionerlikdan ko’zlangan maqsadlar. Ta’lim tizimi
bosqichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik tufayli g’oya va qarashlarni singdirishdagi
tadrijiylik ta’minlanadi. Shu bilan birga, ta’lim jarayonida amalga oshirilgan targ’ibot
natijalarini bevosita tekshirib ko’rish va uni takomillashtirib borish imkoniyati ham
mavjud. Bu kabi xususiyatlar missionerlarning ta’lim tizimiga alohida e’tibor bilan
qarashini keltirib chiqarmoqda. Adventistlarning dunyo bo’yicha 5000 dan ortiq o’quv
markazlariga, pyatidesyatniklikning eng yirik oqimlaridan biri – «Xudo assambleyalari»
cherkovlari bir necha kollej va Bibliya maktablariga egalik
qilayotgani ham aynan shu
bilan izohlanadi.
Jumladan, O’zbekiston istiqlolining dastlabki yillarida missionerlar turli volantyor
tashkilotlar niqobi ostida mamlakatimiz ta’lim tizimiga kirib olishga uringanlari
kuzatilgan. Ular yurtimizdagi mavjud ta’lim muassasalarida turli til, kompyuter, sport
to’garaklari tashkil etish niqobi ostida talaba va o’quvchilar orasida o’z dinlarini targ’ib
qilishga harakat qilgan.
Shuningdek, missionerlik tashkilotlari o’z dinlarini targ’ib qilishda audio, video va
elektron mahsulotlar, gazeta
va jurnallar, teledasturlar, internetda onlayn o’quv kurslari
tashkil etish yo’llaridan ham foydalanmoqda. Ommaviylik, davriylik, o’quvchilar
auditoriyasining kengligi tufayli gazeta va jurnallar missionerlar tomonidan o’z qarash va
g’oyalarini singdirish quroli sifatida qo’llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: