- g’ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof
ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash;
- g’ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki tashkilotlari faoliyatida faol
qatnashish bilan bog’liq harakatlar belgilangan eng kam ish haqining tegishli miqdorida
jarima solinishiga yoki belgilangan muddatga axloq tuzatish ishlari, yoki qamoq yohud
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo’yilgan.
Mamlakatimizda missionerlik va prozelitizmning oldini olish, ayniqsa yoshlarni
bunday zararli oqimlar domiga tushib qolishlarining oldini olish bo’yicha tizimli chora-
tadbirlar amalga oshirishni taqozo qilmoqda. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etishda yosh
avlodni hozirgi davrda mamlakatimizda din sohasida sodir bo’layotgan o’zgarishlar,
yaratilgan imkoniyatlar bilan muntazam tanishtirib borish muhim ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, qiziqishlari, bilim darajalarini inobatga olgan va differentsial
yondashgan holda yoshlarning din, shu jumladan, xalqimiz asrlar davomida e’tiqod qilib
kelgan islom dini haqidagi bilimlarni va milliy-diniy an’analar asoslarini sog’lom asosda
egallashlariga ko’maklashish ham bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo’lib
qolmoqda. Bunday bilimlar ob’ektiv bo’lishi, voqelikni to’g’ri va to’liq aks ettirishi va o’z
mohiyatiga ko’ra, Vatan va millat manfaatlari bilan uzviy bog’liq bo’lmog’i kerak.
Yoshlarimizning missionerlikning mohiyati haqida xolis va yetarli bilimga ega bo’lishlari
unga qarshi immunitetni shakllantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Tahlillar hech bir mintaqa, hech bir davlat bunday tahdiddan xoli emasligini
ko’rsatadi. Bunday holatlarning oldini olish uchun esa missionerlikning mohiyatini to’g’ri
va chuqurroq anglash, uni bartaraf etish yo’lida maqsadli, tizimli va tadrijiy faoliyat olib
borish zarur bo’ladi. Egallangan bilimlar qanchalik xolis va chuqur bo’lsa, uning zamirida
yuzaga keladigan baholar, qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo’ladi. Shakllangan
qadriyatlar tizimi esa turli tahdidlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar 1. Missionerlik: kecha va bugun. - Toshkent: «Toshkent islom universiteti»
nashriyot-matbaa birlashmasi, 2008. - 64 b.
2. Shermuhammedov K., Karimov J., Najmiddinov J. Diniy ekstremizm va
terrorizmga
qarshi
kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari. – Toshkent:
«Movarounnahr» nashriyoti, 2016. – 224 b.
3. Missionerlik: mohiyat, maqsadlar, oqibatlar va oldini olish yo’llari. -
Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2017. - 200
b. (A.Achildiev bilan hammualliflikda).