belgilanadi. Chunki, din,
birinchidan, umuminsoniy axloq me'yorlarini o‘ziga singdirib
olib, ularni hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan,
odamlarning bahamjihat yashashiga ko‘maklashgan;
uchinchidan, odamlarda ishonch
hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib
o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan; to‘rtinchidan, umuminsoniy va ma'naviy
qadriyatlarni
saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam bergan va shu yo‘l bilan
madaniyat rivojiga katta ta'sir ko‘rsatgan.
Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv
jarayonlarining o‘ziga xos in'ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun
va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida
alohida olingan millat va
jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishning chuqurlashuviga ham
zamin yaratmoqda. Bu jarayonlar o‘z navbatida inson ma'naviyatining uzviy qismi bo‘lgan
dinning mohiyatini tushunish, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rnini anglashga bo‘lgan
e'tiborning kuchayishini keltirib chiqarmoqda. Shu bilan birga, dinga bo‘lgan qiziqishning
kuchayishi bugungi kunda kishilik jamiyati oldida turgan muammolar, insonning ularni
hal qilish yo‘llari haqidagi o‘y-izlanishlari, dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligini
ta'minlagan holda bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli
javob
topishga intilishi bilan bog‘liq ekanini ham alohida qayd etish lozim.
Mutaxassislar ma'lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik,
buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Bu shunday
jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradi.
Yangi diniy harakatlar (YaDH) deganda odatda XX asrning 70-yillarida Yevropa va
AQShda tarqalgan noan'anaviy diniy guruhlar va oqimlar nazarda tutiladi. Tadqiqotchilar
bunga an'anaviy dinlardagi inqiroz davri sabab bo‘lganligini ta'kidlaydilar. YaDH liderlari
jamiyat kayfiyatidagi o‘zgarishlarni, bu “o‘tkinchi dunyo”ning nuqsonlarini fosh qilib,
o‘zlarini “xaloskor”, yuksak axloqli “haqiqatgo‘y” sifatida ko‘rsatdilar. YaDH to‘riga
ko‘proq yoshlar ilinadilar.
Odatda YaDH qat'iy ta'limotga ega bo‘lmagan tashkilot bo‘lib, uning faoliyati lider
roli bilan belgilanadi. Liderlar an'anaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot ishlarini olib
boradilar. Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida
va nizomlar orqali amalga
oshiriladi. YaDHning ba'zilari dunyoning turli burchaklarida o‘z bo‘linmalariga ega
bo‘lgan, biznes bilan shug‘ullanuvchi yirik xalqaro korporatsiyalarga aylangan.
YaDH meditasiya amaliyotini keng qo‘llaydilar, tashkiliy jihatdan piramida
shaklida boshqariladi. Ularning aksariyati noqonuniy faoliyat yurituvchi, kriminal
tashkilotlardir (Masalan, “Aum Sinrikyo” (Yaponiya), «Quyosh ehromi» (Fransiya va
Kanada) va b.).
Dostları ilə paylaş: