Pochta aloqa texnologiyalari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix30.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#91577
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Dinshunoslik fanidan 2-joriy

 


Kibermakonda din omili 
Reja: 
1. Kibermakon tushunchasi va uning 
mazmun-mohiyati. 
2. Axborot urushi va uning 
mazmuni 
3. Din niqobidagi mafkuraviy 
tahdidlarning namoyon bo‘lish 
shakllari. 
4. Yoshlarni internet va ijtimoiy 
tarmoqlardagi axborot 
xurujlaridan asrashning dolzarb 
masalalari. 
Tayanch tushunchalar: 
Kibermakon, kibermakon va din, ijtimoiy tarmoqlar tahdidlari, axborot asri 
tahlikalari, internet tarmog‘idagi axborot urushi, global tarmoqdagi g‘oyaviy 
xurujlar oldini olish, barkamol avlodni mafkuraviy xurujlardan himoya qilish. 
 
1. «Kibermakon» tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Kibermakon 
kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi 
voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib 
kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson 
1982 yil «Sojjenie Xrom» («Burning Chrome») nomli hikoyasida yozadi. 
Keyinchalik, Gibsonning 1990 yilda yozib tugatgan «Neyromancer» («Asabli 
manzaralar tasvirlovchisi», «Nervo-sochinitel») nomli texno- utopik fantastik 
trilogiyasida qo‘llagan. Bu asardagi kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning 
jamoaviy sarob, xayolparastlikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida tasvirlangan. Bu 
erda jamoaviy sarob yoki xayolparastlik inson ongida sub’ektiv psixologik holat 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmog‘i orqali bir-
biri bilan bog‘langan va bir vaqtning o‘zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har 
qanday mavjud kompyuterning grafik sifatidagi ma’lumotlariga o‘ralashib qolgan 
kishilar jamoasi tushuniladi. 
Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli bo‘lgan 
kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi «superkorporasiya» texnologiyalarning 
insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy 
buzg‘unchilikni sodir etishga bo‘lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. 
Jumladan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o‘z g‘arazli maqsadlari 
yo‘lida axborot- kommunikasiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda. 


Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 
«Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch» asarida quyidagicha ta’kidlangan: «Taassufki, 
ba’zan islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay 
olmaslik yoki g‘arazli maqsadda ularni teng qo‘yish kabi holatlar ham ko‘zga 
tashlanmoqda. Shu bilan birga, islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga 
oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g‘o‘r 
yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib, bosh-ko‘zini aylantirib, ulardan o‘zining nopok 
maqsadlari yo‘lida foydalanmoqda. Bunday nojo‘ya harakatlar avvalo muqaddas 
dinimizning sha’niga dog‘ bo‘lishini, oxir-oqibatda esa ma’naviy hayotimizga salbiy 
ta’sir ko‘rsatishini barchamiz chuqur anglab olishimiz va shundan xulosa 
chiqarishimiz zarur». 
«Kibermakon»da din niqobidagi «kiberhujum»lar tahdidi: din niqobi ostidagi 
ekstremistik saytlarda asosan davlat to‘ntarilishi va xunrezlik urushlari haqida gap 
boradi. Jumladan, bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan IShID 
guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib o‘tish 
mumkin. Ularda IShID go‘yo Islom yo‘lida «qurbon» bo‘layotgani aks etgan 
videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan. 
Terrorchilarning targ‘ibot-tashviqotlari kun sayin avj olib bormoqda. 
«Odnoklassniki», «Facebook», «Instagram», «Twitter», «VKontakte» ijtimoiy 
tarmoqlarida buzg‘unchilik va yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi yuzlab guruhlar 
mavjudligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Shuningdek, Islom dinini noto‘g‘ri, qabih 
maqsadlarda talqin etish, dinga siyosiy tus berib, hokimiyatni qo‘lga kiritish 
hisoblanadi. 



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin