Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/62
tarix08.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#126706
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62
Tayanch iboralar. Yer kodeksi, yer kadastri, yer solig‘i, ratsional, negizli shkala, 
gumus, mexanik tarkib, ball, koeffitsiyent, zichlik, saxiylik, ona jins, hosildorlik
o‘tuvchi, irrigatsion, avtomorf, oziqa element, qumli, gipsli, arziqli, korrelyatsiya. 
Takrorlash uchun savollar. 
1. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yer kadastri haqidagi qonunlar va maqsad? 
2. Tuproqlarni bonitirovkalashning asosiy mezonlari? 
3. Sho‘r tuproqlarni bonitirovkalash? 
4. Pasaytiruvchi koeffitsentlarga umumiy tushuncha bering? 
5. Tuproq tarkibidagi gumus va bonitirovkalash koeffitsentlari? 
6. Tuproq zichligi va bonitirovka? 
7. Fosfor va kaliyning harakatchan shakllari uchun koeffitsintlar? 
8. Bonitet ballarini hisoblash usuli? 
9. Tuproqni bonitirovka balliga qarab qishloq xo‘jalik hosildorligini chamalash? 
10. Ishlangan ballar asosida xarita tuzish usuli? 
 
 
MAVZU: LALMIKOR YERLARNI BAHOLASH 
Bahorikor-lalmikor yerlarni baholash sug‘oriladigan tuproqlarni baholashdan 
biroz farq qiladi. 
Tabiiy nam, ya’ni yillik yog‘in-sochin hisobiga olib boriladigan dehqonchilik 
lalmikor hisoblanadi. Lalmikorchilik bizning mamlakatimizda adir, tog‘oldi 
kengliklarida, asosan bo‘z tuproqlarda yo‘lga qo‘yilgan va rivojlanmoqda. Xalqni 
don mahsulotlari bilan ta’minlashda bahorikor dehqonchilikni alohida o‘rni bor. 


44 
Respublika qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan lalmikor yerlar 790.4 ming 
gektarni tashkil qiladi. Bu maydon viloyatlar ichida bir tekis taqsimlanmaydi. 
Bahorikor dehqonchilikni o‘ziga xos xaraktyerlari va qiyinchiliklari mavjud. 
Birinchidan taqdiri qisman relyefga, ya’ni yer usti va tuproqni tekis, 
notekisligiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan tuproqni sifat bahosiga, uchinchidan shu 
tuproqni namlik sharoitiga, ya’ni yog‘adigan yog‘inni jadalligiga, miqdoriga, vaqtiga, 
turiga bog‘liq bo‘ladi. Shu bois lalmikor dehqonchilik olib boriladigan yerlarni 
baholashda Tuproq, relyef , iqlim kabi tabiiy kategoriyalar nazarda tutilmog‘i darkor. 
Dokuchayev o‘z zamonasida Nijniy-Novgorod Guberniyasining tuproqlarini 
baholashda tuproq, relyef, iqlimni asos qilib olgan edi. 
Xalq tilida, hatto ayrim ishlarda Yer bilan tuproq tushunchalari aralash 
ishlatiladi. Bu uncha to‘g‘ri emas, albatta har birini o‘z o‘rni, joyi bor. 
Tuproq - tuproqni vujudga keltiruvchi omillar ta’sirida hosil bo‘lgan tabiiy 
tarixiy tirik tana yoki Vernadskiy iborasiga bilan aytadigan bo‘lsak biokos tana 
ekanligi endilikda hammaga ma’lum. 
Dehqonchilikda tuproq deb yerning eng ustki unumdor qatlami ekanligi ham 
yangilik emas. 
Xuddi tuproqqa bo‘lgan qarashlar kabi Yerga ham ikki xil qarash mumkin. Bu 
qarashlarni birinchisi, asosiysi albatta geologlar, geograflar nuqtai nazaridan yerga 
berilgan ta’rif deb tushunmoq kerak. Geografik, geologik tadqiqotlarda Yer yuzasi 
sferik (sharsimon) deb qabul qilinadi. Shuning uchun ham geografiyada va Yer 
haqidagi boshqa bir qator fanlarda "Yer shari" degan ibora ishlatiladi. Bu nuqtai 
nazardan Yer - Yer po‘sti, mantiya, yadro qobiqlarini o‘z ichiga olgan geoid 
shakldagi quyosh tizimidagi planeta deb qaraladi. 
Dehqonchilik nuqtai nazaridan esa, Yer deganda uning litosfera, ya’ni Yer 
po‘stining eng ustki yupqa qismi kishi ko‘z o‘ngiga keladi. Bu sohada hali yagona 
ta’rif yo‘q. Lekin ba’zi tadqiqotlarda Yerga ta’rif berishga urinishlar bor. 
Yer - deb, tuproq va uning onalik jinsini bir qismini o‘z ichiga olgan ishlab 
chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan Yer po‘stining yupqa eng ustki qatlamiga aytiladi. 
Dokuchayev Yer bilan tuproq tushunchalariga to‘xtalib ularni farqlash uchun 
tuproq to‘g‘risida so‘z borganda unumdorlik, Yer to‘g‘risida so‘z borganda ishlab 
chiqarish qobiliyati kabi atamalardan foydalanishni tavsiya etgan va foydalangan. 
Lalmikor dehqonchilik qilinadigan yerlarda tuproq qatlami har xil qalinlikda, 
shu boisdan bo‘lsa kerak bu maydonlarda Yerlar tariqasida baho berish yo‘lga 
qo‘yilgan. Qolaversa yerlarning mahsuldorligiga qator omillar ta’sir qiladi. Uni 
quyidagicha tasvirlash mumkin. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin