44
Respublika qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan lalmikor yerlar 790.4 ming
gektarni tashkil qiladi. Bu maydon viloyatlar ichida bir tekis taqsimlanmaydi.
Bahorikor dehqonchilikni o‘ziga xos xaraktyerlari va qiyinchiliklari mavjud.
Birinchidan taqdiri qisman relyefga, ya’ni yer usti va tuproqni tekis,
notekisligiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan tuproqni sifat bahosiga,
uchinchidan shu
tuproqni namlik sharoitiga, ya’ni yog‘adigan yog‘inni jadalligiga, miqdoriga, vaqtiga,
turiga bog‘liq bo‘ladi. Shu bois lalmikor dehqonchilik olib boriladigan yerlarni
baholashda Tuproq, relyef , iqlim kabi tabiiy kategoriyalar nazarda tutilmog‘i darkor.
Dokuchayev o‘z zamonasida Nijniy-Novgorod Guberniyasining tuproqlarini
baholashda tuproq, relyef, iqlimni asos qilib olgan edi.
Xalq tilida, hatto ayrim ishlarda Yer bilan tuproq tushunchalari aralash
ishlatiladi. Bu uncha to‘g‘ri emas, albatta har birini o‘z o‘rni, joyi bor.
Tuproq - tuproqni vujudga keltiruvchi omillar ta’sirida hosil bo‘lgan
tabiiy
tarixiy tirik tana yoki Vernadskiy iborasiga bilan aytadigan bo‘lsak biokos tana
ekanligi endilikda hammaga ma’lum.
Dehqonchilikda tuproq deb yerning eng ustki unumdor qatlami ekanligi ham
yangilik emas.
Xuddi tuproqqa bo‘lgan qarashlar kabi Yerga ham ikki xil qarash mumkin. Bu
qarashlarni birinchisi,
asosiysi albatta geologlar, geograflar nuqtai nazaridan yerga
berilgan ta’rif deb tushunmoq kerak. Geografik, geologik tadqiqotlarda Yer yuzasi
sferik (sharsimon) deb qabul qilinadi. Shuning uchun
ham geografiyada va Yer
haqidagi boshqa bir qator fanlarda "Yer shari" degan ibora ishlatiladi. Bu nuqtai
nazardan Yer - Yer po‘sti, mantiya, yadro qobiqlarini o‘z ichiga olgan geoid
shakldagi quyosh tizimidagi planeta deb qaraladi.
Dehqonchilik nuqtai nazaridan esa,
Yer deganda uning litosfera, ya’ni Yer
po‘stining eng ustki yupqa qismi kishi ko‘z o‘ngiga keladi. Bu sohada hali yagona
ta’rif yo‘q. Lekin ba’zi tadqiqotlarda Yerga ta’rif berishga urinishlar bor.
Yer - deb, tuproq va uning onalik jinsini bir qismini o‘z ichiga olgan ishlab
chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan Yer po‘stining yupqa eng ustki qatlamiga aytiladi.
Dokuchayev Yer bilan tuproq tushunchalariga to‘xtalib ularni farqlash uchun
tuproq to‘g‘risida so‘z
borganda unumdorlik, Yer to‘g‘risida so‘z borganda ishlab
chiqarish qobiliyati kabi atamalardan foydalanishni tavsiya etgan va foydalangan.
Lalmikor dehqonchilik qilinadigan yerlarda tuproq qatlami har xil qalinlikda,
shu boisdan bo‘lsa kerak bu maydonlarda Yerlar tariqasida baho berish yo‘lga
qo‘yilgan. Qolaversa yerlarning mahsuldorligiga qator omillar ta’sir qiladi. Uni
quyidagicha tasvirlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: