Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG


Lalmikor yerlar uchun negizli shkala



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/62
tarix08.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#126706
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
Lalmikor yerlar uchun negizli shkala. 
№ 
Tuproqlarning genetik guruhlari 
Bonitet ballari 

Och-jigarrang 
100 

To‘q tusli bo‘z 
85 

Tipik bo‘z 
70 

Och tusli bo‘z 
50 
Mintaqaviylik qonuniga asosan tuproqlarning tip va tipchalarini geografik 
tarqalishi aniq bioiqlim sharoitiga muvofiq keladi. 
Demak, tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan maydonlarda xoh u Surxondaryo, xoh 
Farg‘onada bo‘lsin, deyarli bir xildagi iqlimiy ko‘rsatkichlar, o‘simlik turlari va 
boshqalar mavjud bo‘ladi. 
Genetik guruhlar ichidagi ayrim xossalarning farqi onalik jinslar o‘rtasidagi va 
geokimyoviy oqimlar orasidagi farqlardan kelib chiqadi. Shu munosabat bilan 
lalmikor yerlarni ishlab chiqarish qobiliyatini baholash tuproqni asosiy xususiyatlari 
va agronomik muhim xossalariga tayangan holda o‘tkaziladi. 
LALMIKOR YERLAR UCHUN BONITIROVKA
KOEFFITSIYENTLARI 
Lalmikor yerlar uchun ham bonitirovka koeffitsiyentlari sug‘oriladigan yerlar 
kabi hosil bilan tuproq xossasi o‘rtasida korrelyatsiyalanuvchi kattaliklar asosida 
ishlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra lalmikor yerlarning mexanik tarkibi, eroziyalanganlik 
va skeletlilik darajasi, skeletli qatlam chuqurligi, qiya tekislikning qiyalik darajasi va 
ekspozitsiyasi hosil bilan korrelyatsiyalanadi. 
Madaniy o‘simliklarni bahorikor yerlarda va sug‘oriladigan maydonlarda 
o‘sishi va rivojlanishida tuproqning mexanik tarkibi har xil ta’sir ko‘rsatadi. 
Sug‘orma dehqonchilikda tuproqning nam sig‘imi, suv ushlash qobiliyati kabi 


47 
kattaliklarni ahamiyati lalmikor yerlardagicha bo‘lmaydi. Ma’lumki, nam sig‘imi, 
tuproqni suv ushlash qobiliyati o‘simliklarning vegetatsiya davri davomida suv bilan 
uzluksiz ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. 
Sug‘orma dehqonchilikda tuproqning bu xususiyatini ahamiyati lalmikor 
dehqonchilikdagiga nisbatan kam bo‘ladi, sabab sug‘oriladigan dehqonchilikda 
etishmagan nam sun’iy usulda sug‘orish yordamida davriy ravishda to‘ldiriladi. 
Bahorikor yerlarda esa o‘simlikni nam bilan doimiy ravishda ta’minlab turish 
boshqa omillar bilan birga tuproq xossalariga, ayniqsa mexanik tarkibiga ko‘proq 
bog‘liq. 
Og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarning nam sig‘imi nisbatan yuqori bo‘ladi, 
o‘simliklarni engil tuproqlarga nisbatan ko‘proq vaqt davomida suv bilan ta’minlab 
turadi. Shu bois bunday tuproqlarni unumdorligi lalmikorchilik sharoitda nisbatan 
yuqori hisoblanadi. 
Tuproqlarning bu xususiyatlari boshqa mintaqalarda, jumladan Moldova
Rossiya va boshqalarda ham ta’kidlangan bo‘lib, nisbatan yuqori darajada 
baholanadi. 
Lalmikor yerlarni baholashda tuproqlarning onalik jinslari ham e’tiborga 
olinadi. Onalik jinsi va tuproq mexanik tarkibini baholashda e’tiborga olish quyidagi 
jadval asosida olib boriladi. 
25-jadval. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin