Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG


Lalmikor yerlarning mahsuldorligiga tabiiy omillarning ta’siri



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/62
tarix08.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#126706
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62
Lalmikor yerlarning mahsuldorligiga tabiiy omillarning ta’siri. 
 
 
 
 
 
 


45 
Tabiiy omillar 
- iqlim 
- harorat 
- yog‘in 
- nisbiy 
- namlik 
Tuproq genezisi, 
mexanik tarkibi 
tog‘ jinslari va 
minerallarning yotish 
chuqurligi, 
kimyoviy tarkib 
Texnologik 
sharoit, 
relyef, 
yon bag‘ir 
ekspozitsiyasi, 
skeletlilik 
Ballarda ifodalangan mahsuldorlik 
 
 
 
BAHORIKOR YERLARNI BAHOLASHNING NEGIZLI SHKALASI 
O‘zbekistonda bahorikor yerlar mintaqasi-maydoni dengiz sathidan 300-1300 
m nisbiy balandlikda tog‘oldi tekisliklari, adirliklarda, past tog‘larda tarqalgan. 
Janubiy 
viloyatlarda 
Surxondaryoda 
va 
Qashqadaryoda 
lalmikor 
dehqonchilikni yuqori qismi tog‘larning janubiy yon bag‘irlariga to‘g‘ri keladi va 
1700-1800 m nisbiy balandlikka ko‘tarilgan. 
Bahorikor yerlarning bunday keng tarqalishiga sabab eng avvalo yog‘in-sochin 
miqdori va havo haroratining miqdorlari, relyef xarakteri hisoblanadi. 
Bu maydonda yillik yog‘in miqdori 250-700 mm ni tashkil qiladi. Bu 
miqdorlarni ko‘p qismi (70-80 %) qish va bahor oylarining yanvar-apreliga to‘g‘ri 
keladi. May oyiga kelib bu maydonda yog‘in miqdori keskin kamayadi. YOz 
oylarida, ya’ni iyun-avgustda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, ya’ni nolga tushib qoladi. 
Ayrim yillarda oz miqdorda yog‘ishi kuzatiladi. 
Lalmikor dehqonchilik tarqalgan maydonlarda hosil taqdirini asosiy qismi 
tuproqni suv tartiboti bilan bog‘liq. Bunda yog‘inni yil davomidagi, hatto fasl 
davomidagi taqsimoti katta amaliy ahamiiyat kasb etadi. 
A.A.Rode, N.Ataxonov tomonidan lalmikor yerlarning suv tartiboti terlaydigan 
guruhga kirishi, ya’ni kapillyar naychalar orqali sizot suvi sathidan ko‘tarilgan nam 
bilan atmosfera yog‘inlaridan hosil bo‘lgan va tuproqning ichki qatlamlariga kirib 
borgan namliklar uchrashmaydi, demak bir - birigacha etib kelmaydi degan xulosalar 
olingan. Bu xususiyat adir o‘lkalardagi ko‘pchilik avtomorf tuproqlar uchun xosdir. 
Bahorikor yerlarda tuproq qatlami 70-120 sm ni tashkil qiladi. Tog‘oldi qiya 
tekisliklarida 70 sm gacha bo‘lsa, past tog‘larda 120 sm gacha etadi. 
Tuproqlarni nam zahirasining eng ko‘p miqdori mart oyiga to‘g‘ri keladi. 
Aprelning ikkinchi yarmidan boshlab tuproq qoplamidagi o‘simlik olishi mumkin 
bo‘lgan namlik miqdori keskin kamayadi, may oyiga borib 20-40 sm li qatlamda 
namlikning bu turi batamom yo‘qoladi. 


46 
Iyul oyida tuproqning asosiy qatlamida o‘simlik uchun foydali nam batamom 
tugaydi, ya’ni sarflanib bo‘ladi. Shu bois donli ekinlarni hosil taqdirini aprel-may 
oyidagi yog‘inlar hal qiladi. Bu vaqtda donli ekinlar sutli-pishish davriga kirgan 
bo‘lib, namga talabchan bo‘ladi. Lalmikor dehqonchilik maydonlari ularga 
tushayotgan yillik yog‘inlar miqdoriga ko‘ra A.Rozanov va A.Rode tomonidan 
quyidagicha tasniflangan. 
1. Ta’minlangan yerlar - >500 mm. 
2. Yarim ta’minlangan - 300-500 mm. 
3. Ta’minlanmagan yerlar - <300 mm. 
Demak, O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoning boshqa xududlarida yog‘in 
miqdori bilan ta’minlangan tuproqlarga och jigarrang va to‘q tusli bo‘z tuproqlar 
kiradi. 
Yarim ta’minlangan guruhdagi yerlarga tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan 
maydonlar kiradi. Ta’minlanmagan guruhdagi maydonlarda och tusli bo‘z tuproqlar 
tarqalgan. 
Tuproqlardagi nam zahiralari va tuproq tiplariga asoslangan lalmikor yerlar 
uchun negizli shkala quyidagicha tavsiya etiladi. 
24-jadval. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin