Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabuslari bilan davlatimiz mis va



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/27
tarix13.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#129608
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Farrux dis

I bob boʻyicha xulosalar 
1. Ilmiy ishimning 1-bobida yoshlik konining kon geologik tasnifi, konning 
oʻrganilganlik darajasi haqida qisqacha ma‘lumotlar keltirilgan boʻlib, unga koʻra 
«Yoshlik-1» koni maydoni asosan intruziv jinslardan iborat: siyenit-diorit ˗ 71,3%; 
diorit ˗ 21,8% Olmaliq tipidagi granodiorit-porfir ˗ 0,7%. Kondagi qatlamli 
choʻkindi jinslar Devon vulkanik va qumli-karbonat jinslaridan tashkil topgan. 
Quyi Devon ikki gorizont bilan tasvirlangan; a) kvarts porfirlar (
)
b) andezit-datsit porfirlar (
). «Yoshlik-1» konining asosiy ma'danli jinslari 
siyenit-dioritlar (ruda zaxirasining 58%), ozroq darajada dioritlar (35%) va nihoyat 
granodiorit-porfirlar (zaxiralarning taxminan 7%) hisoblanadi. Ruda jismlarini 
lokalizatsiya qilishda boshqa jinslarning roli ahamiyatsiz hisoblanadi. 
«Yoshlik-1» va Qalmoqir konlari yagona ruda birlashmasini - "Katta 
Olmaliq" ni tashkil etadi. Ularning har birida, birinchi qarashda, yoriqlar bilan 
ajralib turadigan joylar mavjud. Ilgari alohida konlar sifatida oʻrganilgan bu 
maydonlar chuqurlikda murakkab shakldagi yagona ruda tanasi shtokverkiga 
birlashadi. Rudalarni boshqaruvchi yoriqlar tizimining rivojlanishi bilan bogʻliq 
holda, «Yoshlik-1» konining maydoni Karabulakskiy, Markaziy va Shimoliy-
Gʻarbiy Balikti (ikkinchisi eng baland) uchastkalariga (bloklarga) boʻlinadi. 
Konning barcha uchastkalari mis-porfirli rudali shtokverk koʻrinishida boʻlib, 
ammo asosiy sulfidli jinslar (kvarts-pirit-molibdenit-xalkopirit) keng tarqalgan. 
Sulfidli rudalardagi ruda minerallarining umumiy miqdori konning barcha 
uchastkalarida deyarli oʻxshash – 2.35 dan 5.25 gacha. Faqat Markaziy 
uchastkaning sharqida, tarkibida xalkopirit kam boʻlgan (0.8-0.9 %) ruda saqlovchi 
dioritlarni intensiv ravishda piritlashi tufayli ruda minerallari miqdori yuqori – 4.2-
7.0 %. 
Eng qadimgi mineral birikmalar - kvarts-seritsit-pirit tarkibli metall 
boʻlmagan qismlar va mis rudali yon qanot shtokverk zonalaridagi mayda tomirlar 
hisoblanadi. 
Kechroq 
birikkan 
mineral 
birikmalar 

kvarts-karbonat-
polissulfidining mineral birikmalari asosiy tarkibli jinslarda kenglikdagi mis rudali 
shtokverklardagi kabi yon qanot shtokverklarida ham uchraydi.


30 
2. Konning oʻrganilganlik darajasini tahlil qiladigan boʻlsak, konni oʻrganish
jarayoni 1927 -1982- yillarni oʻz ichiga olgan boʻlib, bu davrda dastlabki razvedka 
skvajinalari 
burg ilangan. 
Ushbu 
hududda 
konlarning 
mavjudligini 
S.F.Mashkovtsev 1927-yilda taxmin qilgan. 1925-1928-yillardagi qidiruv-syomka 
ishlari toʻgʻrisidagi hisobotida u Olmaliq rudali rayoni ostida konlar mavjudligini 
taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar borligini, ammo ularni aniqlashning geofizik 
metodlarsiz iloji yoʻqligini yozgan. A.V. Korolev (1935-1939-yillarda) ham 
Qalmoqir konidan gʻarbda joylashgan kuchli torflashgan hududda sanoat 
minerallarining mavjud boʻlishi mumkinligi haqida gʻoyani aytadi. Biroq, bu 
bayonotlar oʻz vaqtida yetarli darajada isbotlanmagan. 1963-1964 yillarda 
«Yoshlik-1» uchastkasi hududida mis minerallarini chuqur burgʻilash yoʻli bilan 
dastlabki qidiruv ishlari amalga oshirildi. Dastlabki razvedka ishlarining ikki yillik 
davri natijalari asosida «Yoshlik-1» koni rudalari vaqtinchalik konditsiyalar 
loyihasini tuzish uchun materiallar tayyorlandi (E.R. Butyeva, A.T. Raxubenkov). 
―Olmaliq kon-metallurgiya kombinati‖ AJ ga qarashli «Yoshlik-1» karyeri 2017-
yil 27-iyul kuni Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga 
tashrifida ochish ishlariga ruhsat bergan edilar. Shuningdek Dalnee koni nomini 
«Yoshlik-1» ga oʻzgartirgan edilar[1.1.2]. 

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin